Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi operatsion tizimlar



Yüklə 401,5 Kb.
səhifə3/7
tarix11.09.2023
ölçüsü401,5 Kb.
#121649
1   2   3   4   5   6   7
OPWERATSION TIZIM Mustaqil

Mustaqil ta’lim tushunchasi


Mustaqil ta’lim oʻquv jarayonining muhim ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, u talabalarda mustaqil bilim olish, mavzuni erkin tahlil qilish, tegishli masala boʻyicha oʻz fikriga ega boʻlish, ilmiy tadqiq etish, erkin fikrlash, muammoli masalalar yuzasida xulosa va takliflar ishlab chiqa olish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishga oid zarur bilim va koʻnikmalar shakllanishida katta ahamiyatga ega. Talabaning mustaqil ishi oʻquv rejasida muayyan fanni oʻzlashtirish uchun belgilangan oʻquv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Talabaning mustaqil ishi aniq bir fandan oʻquv rejasida va fan dasturida belgilangan bilim, koʻnikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan oʻqituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida oʻzlashtirilishiga yoʻnaltirilgan tizimli faoliyatdir. «Mustaqil ta’lim» atamasi amaliyotda keng qoʻllanilsa-da, biroq ushbu tushunchaga turli tadqiqotchilar turli xil ta’rif beradilar va xanuzgacha ilmiy pedagogik adabiyotlarda ushbu tushunchaning yagona ta’rifi mavjud emas. Bu esa mazkur tushunchaning keng qamrovli ekanligidan darak beradi. Ammo ilmiy adabiyotlarda keltirilgan barcha ta’riflar mohiyatan yagona mazmunga borib taqaladi: mustaqil ta’lim - talabaning muayyan fan doirasida professor-oʻqituvchining bevosita koʻmagisiz mustaqil ravishda bilim olishga qaratilgan tizimli faoliyatidir. U talabadan aqliy va amaliy faoliyatni, diqqatni bir joyga jamlashni talab etadi. Uning natijasi esa nafaqat talabaning bilim darajasini, balki uning mahoratini, iste’dodini xam namoyon etadi. U talabaning oʻzini-oʻzi boshqarish, oʻzini-oʻzi faollashtirish, oʻzini-oʻzi tashkillashtirish, oʻzini-oʻzi nazorat qilish kabi psixologik determinantlarini rivojlantiradi.
Demak, mustaqil ta’lim - talabaning tegishli fan yuzasidan oʻqituvchining topshirig‘i va uslubiy rahbarligi asosida, ammo uning bevosita koʻmagisiz bajaradigan oʻquv, oʻquv-tadqiqot, ilmiy tadqiqot ishlari hisoblanadi.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi oʻqituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan oʻquv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek, mustaqil ta’lim olishdan koʻzlangan maqad talabalar boʻlajak mutaxassislik profili boʻyicha tadqiqiy faoliyat, ijodkorlik, mustaqillik, tashkilotchilik, mas’uliyatlilik koʻnikmalarini shakllantirish orqali fundamental bilim, professional malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishga erishishdir. Shuningdek, talaba mustaqil ishini bajarishidan asosiy maqsad - kafedra professor oʻqituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabaning semestr davomida fanlarni uzluksiz oʻrganishini tashkil etish, olingan bilim, koʻnikmalarni chuqur oʻrganib mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik koʻrish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish va qabul qilishni shakllantirish hamda shu tariqa yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar yetishib chiqishiga erishishdan iborat.
Mustaqil ta’limning vazifalari:

  • talabalarning egallayotgan nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash;

  • nazariy tayyorgarlikni kuchaytirish va kengaytirish;

  • maxsus adabiyotlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy tadqiqot manbalaridan foydalanish koʻnikmasini rivojlanitirish;

  • yangi bilimlarni egallashga boʻlgan intilish, ijodiy tashabbuskorlik, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashkilotchilik koʻnikmalarini rivojlanitirish;

  • mustaqil fikrlash, oʻz shaxsiy rivojlanishi ustida ishlash, oʻz imkoniyatlarini namoyon eta olish va amalga oshira olish koʻnikmalarini rivojlantirish;

  • tadqiq etish mahoratini shakllantirish;

  • mustaqil ta’lim jarayonidan toʻplangan material va bilimlarni amaliyotga, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga, oraliq va yakuniy nazorat imtihonlarida tatbiq etish koʻnikmasini rivojlantirish.

Mustaqil ta’limning funksiyasi:

  • rivojlantiruvchi (talabani aqliy mehnat faoliyatini oshirish, ijodkorlik faoliyatini kengaytirish, intellektual salohiyatini boyitish);

  • informatsion-ta’limiy (talaba uchun auditoriya mashg‘ulotlarining mustaqil ta’lim bilan hamohang tarzda olib borish orqali oʻquv faoliyatining samaradorligini oshirish);

  • yoʻnaltiruvchi-rag‘batlantiruvchi (oʻquv faoliyatining motivatsiya va stimul berishi);

  • tarbiyaviy (mutaxassislik, fuqarolik professional sifatlarini shaklllantirish va rivojlantirish;

  • tadqiqiy (professional-ijodiy fikrlashning yuqoriroq darajaga koʻtarilishi).

Mustaqil ta’limning asosini quyidagi prinsiplar tashkil etadi:

  • ijodiy faoliyat;

  • maqsadli rejalashtirish;

  • shaxsiy-mustaqil yondoshuv.

Mustaqil ta’lim - har bir talaba uchun oʻquv jarayonining majburiy muhim tarikibiy qismi boʻlib, uning hajmi oʻquv dasturida belgilab beriladi. Talabalarning mustaqil ta’lim olishi samarali natija berishi uchun u bir qator talablarga javob berishi kerak:

  1. Auditoriya darslari va mustaqil ta’lim muvozanatini toʻg‘ri taqsimlash va ularni oʻzaro uyg‘unlikda olib borish.

  2. Talabaning auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini uslubiy jihatdan toʻg‘ri tashkil etish.

  3. Talabani zarur oʻquv va uslubiy materiallar bilan ta’minlash.

Mustaqil ta’lim ustidan nazorat olib borish va mutaqil ishni ijobiy bajargan taqdirda talabani rag‘batlantirish choralarni koʻrish.

Yüklə 401,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə