Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi operatsion tizimlar



Yüklə 401,5 Kb.
səhifə2/7
tarix11.09.2023
ölçüsü401,5 Kb.
#121649
1   2   3   4   5   6   7
OPWERATSION TIZIM Mustaqil

KIRISH


Bugungi davrda axborot va yangi texnologiyalarning kuchli oqimi kun sayin ortib bormoqda. Shu asnoda insoniyatning ilmlilik darajasi ham oʻsib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga koʻra, insoniyat jamg‘arib borayotgan bilimlar koʻlami har 6-7 yilda ikki barobarga koʻpaymoqda. Ammo boshqa bir tomondan olib qaraydigan boʻlsak, bunday keskin oʻsish mutaxassislarning olgan bilimlari «eskirishi»ga olib keladi. Ekspertlarning tahliliga qaraganda, har yili 15-20% bilimlar amortizatsiyasini kuzatish mumkin. Mana shunday faktorlar ta’lim sistemasini zamon bilan hamnafas olib borish, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda insonning butun umrini qamrab oluvchi uzluksiz ta’limni joriy etish g‘oyasini ilgari suradi. Hozirda ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan ta’limning yangi, zamonaviy konsepsiyasi yurtimizda azaldan targ‘ib qilingan «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» degan purma’no qoidani oʻzida mujassam etadi desak mubolag‘a boʻlmaydi. Kredit-modul tizimida esa talabalarning har biri oʻzining qobiliyati va qiziqishidan kelib chiqib individual yoʻnaltirilgan ta’lim olish va bunda barcha bilan teng imkoniyatlarga ega boʻlishi nazarda tutiladi.
Talabalarning mustaqil ta’lim jarayonini toʻg‘ri tashkil etish kredit-modul tizimida zamonaviy ta’lim jarayonining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Zero, A.Mamfold ta’kidlaganidek «Odamlarga keraksiz bilimlarni bergandan koʻra, ularga samarali bilim olishlarida koʻmaklashish zarur». Bugungi kun ta’lim tendensiyasi ham talabani oʻqitish emas, balki talaba oʻqishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish g‘oyasini ilgari surmoqda. Ya’ni, zamonaviy ta’limdagi an’anaviy «ta’lim berish» paradigmasining oʻrnini yangi «ta’lim olish» paradigmasi egallab bormoqda. Bunda talaba oʻqitilayotgan bilimning passiv iste’molchisi emas, balki u olingan bilimlar asosida fanga doir har qanday masalada oʻz pozitsiyasiga ega, muammoni tahlil eta oladigan, muammoga tanqidiy yondosha oladigan va uning yechimlarini izlay oladigan bilimning aktiv ijodkoriga aylanadi. Darhaqiqat, insonning miyasi shunday tuzilganki, u istamagan va kerakmas deb hisoblagan axborotni tezda unutish yoki qabul qilmaslik hususiyatiga ega. Shu sababli, talabalarning qimmatli vaqtini behuda sarflamasdanularning oʻz tashabbuslari asosida qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda mutaxassisliklari doirasida oʻqib- izlanishlari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan modernizatsiya ishlarining bir yoʻnalishi sifatida ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etishning kredit-modul tizimini joriy etish bilan bog‘liq. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi farmoni bilan belgilangan «Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga koʻra mamlakatadagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi «Ta’lim toʻg‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻg‘risida»gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻg‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg‘risida»gi va 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida»gi qarorlari, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish toʻg‘risida”gi 233-son va 2020 yil 10 apreldagi “Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonini masofaviy ta’lim orqali samarali davom ettirish hamda 2019/2020 oʻquv yilini yakunlash toʻg‘risida”gi 257-sonli buyruq mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirishga zamin yaratadi. Shuningdek, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Talaba va magistrantlarning mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha yoʻriqnoma”si, “Bitiruv malakaviy ish boʻyicha yoʻriqnoma”si, “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining pedagogik amaliyoti toʻg‘risidagi yoʻriqnoma”si, “Kurs ishi yozish boʻyicha yoʻriqnoma”si kabi yoʻriqnomalari Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida mustaqil ta’lim faoliyatini toʻg‘ri tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu tub oʻzgarishlardan asosiy maqsad – jamiyat uchun foydali, kun sayin rivojlanayotgan mehnat bozorida raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni yetishtirib berishdir.
Mazkur konsepsiyaga erishishning ustuvor yoʻnalishlaridan eng muhimlar qatorida professional ta’limning uzluksizligi, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim tizimining investitsion jozibadorligini ta’minlash, sifatli ta’lim barchani birdek qamrab oladigan darajaga olib chiqishdan iboratdir.



Yüklə 401,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə