Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 152,13 Kb.
səhifə1/12
tarix22.12.2023
ölçüsü152,13 Kb.
#154147
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
му1111111111111111111111111 (3)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
__________________
O‘quv ishlari bo‘yicha
1-prorektor A. S. Soleyev
2023 yil “____” avgust

Ro’yhatga olindi:______________


2023 yil _______________


JAHON SIVILIZASIYaSI TARIXI
FANI BO‘YICHA
MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI VA ULARNI BAJARISH BO’YICHA
USLUBIY KO’RSATMA


Tuzuvchilar: D.Vafaeva, R. Xoliqulov, Sh.Xasanova,

Kafedra mudiri: prof. D.B.Vafaeva _________________


Samarqand – 2023


Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim o’quv jarayonining muhim ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, u talabalarda mustaqil bilim olish, mavzuni erkin tahlil qilish, tegishli masala bo’yicha o'z fikriga ega bo’lish, ilmiy tadqiq etish, erkin fikrlash, muammoli masalalar yuzasida xulosa va takliflar ishlab chiqa olish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishga oid zarur bilim va ko’nikmalar shakllanishida katta ahamiyatga ega. Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Talabaning mustaqil ishi aniq bir fandan o‘quv rejasida va fan dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ta’lim olishdan ko‘zlangan maqad talabalar bo’lajak mutaxassislik profili bo’yicha tadqiqiy faoliyat, ijodkorlik, mustaqillik, tashkilotchilik, mas’uliyatlilik ko’nikmalarini shakllantirish orqali fundamental bilim, professional malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishga erishishdir.
Oliy ta’lim muassasalarining o’quv jarayonida mustaqil ta’limning ikki turi mavjud: auditoriya darslaridagi va auditoriya darslaridan tashqaridagi mustaqil ta’lim.
Auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim talaba tomonidan o’qituvchining topshirig‘iga binoan uning bevosita ko’magisiz auditoriya darslaridan xoli paytda amalga oshiriladigan ta’lim. Odatda u asosan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- Ma’ruza konspektlar mazmunini o’zlashtirish va uni lektor tavsiya etgan o’quv manbalar negizida shakllantirish (axborot ta’lim resurslari, elektron adabiyotlar).
- Referat, konspekt yozish;
- Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;
- Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni chuqur tadqiq etish
- Keys tuzish
- Esse yozish
- SWOT –taxlil kilish
- Umumlashtiruvchi jadvallar tuzish: Toifalash va Konseptual jadvali
- Klaster
- Taqdimot
-Test tuzish va boshqalar.
Ushbu uslubiy kursatmada talaba mustakil ishlashi uchun topshiriklar keltirilgan, ularga sharx berilgan va olib borish koidalari keltirilgan. Xar bir topshirikga misol keltirilgan.
«Uzbekistonning eng yangi tarixi fanidan» talaba keltirilgan mavzulardan xar bir kismidan bittasini tanlaydi va kursatilgan topshiriklarni bajaradi.
Mustaqil ish uch qismdan iborat. Har bir qism mavzular va ularni bajarish uchun vazifalarni o'z ichiga oladi.
Har bir o'qituvchi topshiriq turini tanlaydi va talabaga taklif qiladi

Yüklə 152,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə