Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 152,13 Kb.
səhifə6/12
tarix22.12.2023
ölçüsü152,13 Kb.
#154147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
му1111111111111111111111111 (3)

«Tofifalash jadval»ga misol

Fukarolik jamiyat strukturasi

Siyosiy partiyalar

Nodavlat notijorat tashkilotlar

Mustakil OAV

  1. XDP -1991

  2. Milliy tiklanish -1995

  3. Adolat -1995

  4. UzLiDeP -2003

  5. Ekologik partiya-2020

  1. Jamgarmalar

  2. Markazlar

  3. Jamiyatlar

  4. Assotsiatsiyalar

  5. Federatsiyalar va x.k




  1. Blogerlar

  2. Elektron gazeta va jurnallar

  3. Bosma mustakil gazetalar

  4. TV va Radio

  5. Ijtimoiy tarmoklar

KONSEPTUAL JADVAL grafigi
KONSEPTUAL JADVAL - O‘rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashni ta’minlaydi.
Tizimli fikrlash, ma’lu-motlarni tuzilmaga kelti-rish, tizimlashtirish ko‘nik-malarini rivojlantiradi.
-Uzunlik bo‘yicha taqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi;
- Yotig‘i bo‘yicha taqqoslanish bo‘yicha olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi.
«Konseptual jadval» ga misol
“Siyosiy soxadagi isloxotlar” mavzusidagi konseptual jadval:

Xokimiyatlar



Tavsiflar, toifalar, ajralib turadigan belgilar va hakozo

Vazifalari

Tuzilma

Jamiyatdagi roli

Konunchilik xokimiyati

Konun chikaradi va muxokama kiladi

Oliy majlis

Milliy manfaatlardan kelib chikkan xolda konun chikarish

Ijro etuvchi xokimiyat

Konunlarni ijro etadi

Vazirlar maxkamasi va xokimiyatlar

Axolini manfaatlarini inobatga olgan xolda farovon yashashaga sharoit yaratish

Sud xokimiyati

Fuqarolarning manfaatlarini himoya kilish

Sudlar

Adolatli xukmlar chikarish


3. KEYS yechish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Keys – (ang. sase – to’plam, aniq vaziyat) nazariy bilimlarni amaliy vaziyatlarni yechish jarayonida qo’llaniladigan ta’lim vositasi. Keys yechish ta’lim faoliyatining samarali interfaol, imitatsion ulullaridan biri bo‘lib, ta’lim jarayoniga o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida kirib keldi. U talabalarning olgan bilimlarini real voqealar misolida amalda qo‘llash imkonini beradi. Shuningdek, keys-metod plyuralizm g‘oyalaridan kelib chiqqan holda, talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, initsiativa ko‘rsatish ko‘nikmalarini rag‘batlantiradi, olayotgan ta’lim yo‘nalishining jozibadorligini oshirib, motivatsiya beradi, ularning ijodiy-amaliy faoliyatini shakllantirishga yordam beradi.
Keysni bajarishda talaba quyidagilarni amalga oshirishi zarur:
● Maslani yechish uchun qo’shimcha ma’lumotlar, ularning manbalarini aniqlash;
● Vaziyatning kelib chiqish sabablari va sub’ektlari yuzasidan prognozlar bayon qilish;
● Muammoga keng nuqtai-nazar bilan, tizimli va vaziyatdan kelib chiqib yondashish mahoratini namoyish etish;
● muammo yechimiga qaratilgan harakat dasturini ishlab chiqish (mavjud dalillarni tahlil etib, ularni axborotga aylantirish; muammoni belgilash; maqsadni aniqlash va tasdiqlash; imkon bo’lgan alternativlarni ilgari surish; variantlarni baholash va ulardan birini tanlash.)
Talabalar taqdim etilgan keysning tarkibidan qat’iy nazar quyidagilarni bajarishi lozim:
●keysni tahlil qilish: nima va nimaga bunday bulayotganini aniqlash, nima oqibatlarga olib kelishini tahmin qilish;
● vaziyatni tushuntirish;
● oldin belgilangan chora-tadbirlarni baholash;
● kelajakda mumkin bo’lgan xarakatlarni muhokama qilish va ularning samarasini tahmin qilish.
Talabalar keyslar ustida ishlaganda quyidagi qobiliyatlarini namoyon etishlari zarur:
● muammoli vaziyatga jalb etilgan shaxslarni aniqlash, ular o’rtasidagi farqlarni, ziddiyatlarni inobatga olish mahorati;
● holatni turgan doirasidan kengroq kontekstda tushunish: u qanday boshqa muammolar bilan bog‘liq, atrofda nimalar o’zgarayapti va u vaziyatga qanday ta’sir qiladi;
● mavjud qanday ma’lumot vaziyatni oydinlashtirishini va u qay darajada ishonchli bo’lishini aniqlay bilish;
● holat haqidagi tasavvurlarni sinchiklab muhokama qilish (sub’ektiv tasavvur muammoni noto’g‘ri qabul qilishga va uni ijobiy tomonga o’zgartirishda to’siqlar yuzaga kelishiga olib keladi);
● noaniqlik va qarama-qarshilikda ishlay olish, chunki aksariyat hollarda to’liq ma’lumot bo’lmaydi.
● muammoli vaziyatni asl mohiyatini shunday aniqlash kerakki, unda talaba hodisani haqiqatda sodir bo’layotgandek his eta olishi (asosiy muammolar, vaziyatni keltirib chiqargan faktorlar, sababalari, uning ehtimoli bo’lgan oqibatlari);
● muammoni yechishga qaratilgan zarur harakatlarni ishlab chiqa olish;
● tanlangan xarakat yo’nalishining maqbulligiga ishontira olish.
Keysni yechish metodikasi:
1. Masalani tushunish: keys mazmunan qaysi mavzuga tegishli, undan qanday natija kutilmoqda (baholash, tavsiya berish, muammoni hal etish), prezentatsiyaning qanday formasi talab etiladi, uning bajarilish muddati va talablari va h.k.)
2. Keysni ko’rib chiqish (keys bajaralishiga oid birlamchi ma’lumotlar olingandan so’ng, keysda berilgan situatsiyani «his etish» lozim): ishning mazmunini unda ko’rsatilgan ma’lumotlar va asosiy g‘oyasini tushungan holda ko’rib chiqish, tekstni to’liq
o’qib, yuzaga kelgan savollarni, yangi g‘oyalarni, kursning mos kelgan konsepsiyasini yozish).
3. Vaziyatni tasvirlash: ishning ayrim jihatlarini muhim va boshqalarini juz’iy deb baholash, ishning yechimiga yordam beradigan barcha momentlarni aniqlash, muammoga to’g‘ridan-to’g‘ri aloqasi bo’lmagan faktorlarni ko’rib chiqish (ular hal etuvchi rol o’ynashi mumkin), hodisaning qachon, qaerda bo’lgani yoki bo’lmagani, undan manfaatdor tomonlar, vaziyatni hal etishga to’sqin bo’layotgan sabablar va h. k.)
4. Diagnostika bosqichi (ushbu bosqich eng ko’p diqqatni talab etadi): o’tilgan mavzularni yodga olib, keys uchun foydali bo’lgan nazariy bilmlarni aniqlash, vaziyatni kelib chiqish sharoitini o’rganish, keysni sinchiklab o’rganib, diagnostik prognoz uchun zarur bo’lgan daliliy ma’lumotlarni aniqalash va h.k.).
5. Keys formulirovkasi: muammoning keyingi muhokamasida ahamiyatli bo’lgan ma’lumotlarni yozib olish, ma’lumotlarni muhimlik darajasi bo’yicha saralab olish va h.k.).
6. Masalani yechish mezonlarini aniqlash:
7. Alternativlar yaratish: muammoni yechish xarakat yo’lini kreativ metodlar asosida, imkon boricha ko’proq variantlar keltirgan holda ishlab chiqish.
8. Masalani yechimining barcha variantlarini baholab, ulardan eng maqbulini tanlash.
9. Xulosa prezentatsiyasi: unda keysning yechimi va tanlangan yechimning ishonchli dalillari bo’lishi zarur. Keysning xulosasi yozma yoki og‘zaki, individual yoki gruppavoy bo’lishi mumkin.
Keysni baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
• Masalaning mazmuni mavzuga doirligi;
• Masalaning yechimi to‘g‘riligi;
• Analitik va ijodiy yondashuvni o‘zida ifoda etishi.

Yüklə 152,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə