Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi



Yüklə 5,95 Mb.
tarix01.02.2023
ölçüsü5,95 Mb.
#99932
14-mavzu

RASM SOHASINI BELGILASH, KESIB OLISH VA RANG BERISH USULLARI

14-dars

Adobe Photoshop dasturida rasmlar bilan ishlashning ko‘p imkoniyatlari mavjud. Masalan, rasm sohasini belgilash, belgilangan rasm sohasini kesib olish, kesib olingan sohani boshqa tasvirga joylashtirish, bir nechta rasmni bitta tasvirga birlashtirish, tasvirlarga turli effektlarni qo‘llash (tasvirlar rangini o‘zgartirish), ularga turli ishlovlar berish va hokazo.

RASMNI XOTIRADAN YUKLASH


Rasm yuklash uchun “File” menyusidan “Open” tugmachasini tanlash yoki “Ctrl+O” tezkor tugmachasidan foydalanish mumkin.
U yerda ochilgan oynadan ixtiyoriy rasm tanlanadi. Shuningdek, sichqonchaning chap tugmachasini ishchi sohada ikki marta tez bosish orqali ham rasmlar joylashgan oynani chaqirish mumkin.
Ochilgan oynadan kerakli rasm tanlanib, “Открыть” tugmachasi bosiladi.
Yana bir usulida sichqonchaning chap tugmachasi bilan rasm tanlanadi va uni Photoshop dasturi ishchi sohasiga olib kelib, sichqonchaning tugmachasi qo‘yib yuboriladi.

RASMNI QISMINI BELGILASH


Adobe Photoshop dasturida rasm sohasini belgilashni turli usullar orqali amalga oshirish mumkin.
1-usul.“Rectangular Marquee Tool” uskunasi yordamida obyektni to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida belgilash va belgilangan soha ustida sichqonchaning chap tugmachasini bosib, qo‘yib yubormasdan surish orqali kesib olish mumkin.
2-usul.“Elliptical Marquee Tool” uskunasi yordamida obyektni aylana yoki ellips shaklida kesib olish mumkin. Obyektni doira shaklida belgilash uchun “Shift” tugmachasini bosib turgan holda chizish kerak.

RASMNI QISMINI BELGILASH


3-usul.“Lassо Tool” uskunasi yordamida chegaralarini chizib chiqish orqali obyektni belgilash va kesib olish mumkin. Natijada, quyidagi ko‘rinishda tasvir hosil bo‘ladi:
Photoshop dasturida ko‘pgina uskunalarni oson tanlashga imkoniyat berish maqsadida ularga klaviaturadagi turli harflar bog‘lab qo‘yilgan va shu harflarni Shift tugmasi bilan birga bosilganda uskuna faollashadi.
To`rtburchakli belgilash va elliptik belgilash 1 ta uskunada joylashgan bo‘lib, Shift+M kombinatsiyasi bilan faollashadi.
Lassao uskunasi esa Shift +L.

RASMNI SAQLASH


Tayyorlangan rasmni PNG formatda saqlash uchun “File” menyusidan “Save As…” (Shift+Ctrl+S) bandi tanlanadi. Bu yerda rasmni qanday nom va formatda saqlash so‘raladi:
1) “Тип файла” bandida PNG format turi tanlanadi;
2) “Сохранить” tugmachasi bosiladi.
4-usul.“Polygonal Lassо Tool” uskunasi yordamida obyekt chegaralarini to‘g‘ri chiziq orqali chizib belgilash va kesib olish mumkin.
5-usul.“Magnetic Lasso Tool” uskunasi yordamida obyekt chegaralarini uskunaning o‘zi magnit ko‘rinishida chizib belgilashi orqali kesib olish mumkin.

TASVIRLARGA RANG BERISH USULLARI


Adobe Photoshop dasturida tasvir ranglari bilan ishlash uchun uskunalar paneliga ham murojaat qilish mumkin.
Bu tugmacha bir nechta amalni bajaradi. Ustki qismda turgan to‘rtburchak oyna „Set Foreground Color“ deb nomlanib, asosiy, ya’ni tasvir rangini belgilaydi.
Orqadan joy olgan ikkinchi oyna, ya’ni „Set Background Color“ rasm orqa foni rangini belgilaydi.
Rasm rangini tanlash uchun „Set Foreground Color“ oynasi rang ko‘rsatkichini bir marta bosib, rasmdagi oyna hosil qilinadi.
Bu oynada kerakli rang kursor ko‘rsatkichi bilan tanlanib, „OK“ tugmachasi bosiladi.

O‘zingizni sinab ko‘ring


Yüklə 5,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə