99
Ushbu baholash mezonlari Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha
xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan
4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro
PIRLS tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan 3
-
sonli
Axborotnomada berilgan matnlar yuzasidan savol va topshiriqlarning
javoblarini baholashga qaratilgan.
3
-
sonli Axborotnomada 8 ta matn berilgan bo‘lib,
ular PIRLS
tadqiqoti tamoyillariga ko‘ra, o‘quvchilarning matnni o‘qib, axborot
olish va foydalana olish hamda badiiy tajriba orttirishini baholash
va rivojlantirishga mo‘ljallangan. 3
-
sonli Axborotnomada matnlar va
mazkur
matnlarga asoslanib, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini
baholashga mo‘ljallangan savol va topshiriqlar berilgan bo‘lib, ular javobi
tanlanadigan savollar va javobini yozma bayon qilish lozim bo‘lgan
ochiq
savollardan iborat topshiriqlar guruhini o‘z ichiga olgan.
Ushbu baholash mezonlari 3-sonli Axborotnomadagi matnlarni o‘qib,
matn yuzasidan savol va topshiriqlarga o‘quvchilar tomonidan berilgan
javoblarni tahlil qilishda o‘qituvchilar va ota-onalar uchun qo‘llanma
vazifasini bajarishga qaratilgan bo‘lib, quyida undan foydalanish bo‘yicha
asosiy tushuncha va yo‘riqnomalar berilgan.
Ushbu baholash mezonlaridan foydalanishdan oldin, 3-sonli
Axborotnomada berilgan matnlarni va ular yuzasidan berilgan savol va
topshiriqlarni o‘qib chiqish tavsiya etiladi.