Axborotnoma muqova (2 soni). cdr



Yüklə 35,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/62
tarix08.04.2023
ölçüsü35,32 Mb.
#104721
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Axborotnomaning 3-soni

Fazoga sayr 
Selli Rayd ilk marotaba fazoga chiqqan 
ayollardan hisoblanadi. Uni fazo kemasidan 
tashqarida ishlash uchun skafandr kiyishi 
haqida yozganlarini oʻqing


85
Fazo kemasi ichidagi himoyalanish doirasidan chiqishda 
fazogirlar maxsus skafandr kiyishlari kerak. Har qanday fazo sathiga 
ikki fazogir birgalikda tashqariga chiqadi, chunki noma’lum muhitda 
ishlashda hamroh bilan chiqish osonroq va xavfsizroqdir. Tashqariga 
chiqmoqchi bo‘lganlar bir necha soat oldin kiyinishni boshlaydilar. 
Ikkita skafandr bir tomonidan asosiy xonani yopadigan, boshqa 
tomonidan esa fazoga ochiladigan, kichik bo‘lmadan iborat havo 
shlyuziga olib boriladi.


86
Birinchi, fazogirlar
egiluvchan naychalar
mahkamlangan rezinadan 
yasalgan, uzun ichki kiyimga 
o‘xshash maxsus kiyimni
kiyadilar. Fazogirlarni
sovutish uchun ushbu
naychalar orqali suv
yuboriladi, chunki tana
harorati skafandrdan
tashqariga chiqib keta
olmaydi.
Fazogirlar havo shlyuzi 
ichida suzadi va skafandrning 
yuqori qismiga joylashadi.
Skafandrning yuqori qismi 
egiluvchan qo‘llarga ega qattiq 
qobiqdan iborat. Bo‘yin qis-
mida joylashgan, dubulg‘aga 
ulangan metal halqaga
fazogirning boshi joylashadi
va uning qo‘llari esa qo‘lqoplar 
mahkamlanadigan ikki me- 
tal halqalar ichiga kiritiladi. 
Skafandrning bu qismi Yerda 
juda og‘ir. U fazogirni kislorod 
zahirasi, suv, sovutkichlar, 
sovutkichlarni harakatlan- 
tiruvchi batareyalar va ular-
ni fazodagi sayr paytida tirik 
saqlashi uchun havo nasoslari 
bilan ta’minlaydi.
Keyin, fazogirlar
skafandrning pastki yarmini 
tortib oladilar. Pastki qism 
bitta bo‘lakda: katta, qattiq 
etik, tashqi tomondan
izolyatsiya qilingan shimlarga 
biriktirilgan. Yerda fazogirlar 
bu shim bilan burilish uchun 
polda yotishlari kerak bo‘lar 
edi. Fazoda esa ular havoda 
muallaq turib suzib yurgan-
cha kiyim ichida bemalol 
harakatlanishi mumkin.
Skafandrni kiyish
Tananing yuqori
qismi uchun 
qattiq kiyim
Sovutish kiyimi
Nazorat va kuzatuv
paneli
Tiriklikni
ta’minlovchi qism
Tananing 
pastki qismi 
uchun kiyim


87
Fazogirlar juftligi maxsus 
kiyimda ekanligida, ulardan 
biri (fazo kemasi ichida qolgani) 
kostyumning qismlarini bir-biriga 
bog‘lab qo‘yishga yordam beradi. 
Dubulg‘alarni kiyishdan avval, 
fazogirlar bir-birlari va boshqa 
ekipaj a’zolari bilan gaplashish-
lari uchun old qismdagi quloqchin 
va mikrofonlar ichiga joylashtiril-
gan radiosi bor maxsus kaskani 
kiyishadi.
Nihoyat, fazogirlar dubulg‘a 
va katta, noqulay maxsus 
qo‘lqoplarni kiyishga tayyor. Ular 
kaskalarni to‘g‘irlaydi va so‘nggi 
marta burunlarini qashib oladi-
lar. Ular fazoga sayr tugamagun-
cha bu narsalarni qayta bajara
olmaydilar.
Qo‘lqop
Dubulg‘a
Mikrofonli
bosh kiyim
Yordam bergan fazogir havo shlyuzini tark etadi va lyukni 
yopadi. O‘zlarining qo‘pol kiyimlari bilan ikkala fazogir kichik havo 
shlyuzi ichini deyarli egallab oladi. Skafandr ichidagi havo sekinlik 
bilan tashqariga so‘rilib chiqquncha fazogirlar bir necha daqiqa 
shlyuz ichida kutib turadi. Bosim o‘lchagichning ichkaridagi havo 
to‘liq so‘rib chiqarilganini ko‘rsatishini kutib turadi va quloqlari 
bitayotganini his qiladi. 


88
Nihoyat lyuk eshigini ochib, ochiq fazoga chiqishlari mumkin.
Ular havo shlyuzidan chiqib ketishdan oldin, maxsus kiyimlarni bir-
biriga mahkamlash uchun ingichka simli ilgakdan foydalanadilar. Bu
simli ilgaklar ularni fazo kemasidan uzoqlashib ketmasliklariga yordam 
beradi.
Fazo qo‘ynida
Fazo qo‘ynida suzar ekan, 
fazogirlar tirik sun’iy yo‘ldoshga 
aylanadi. Ular yer kurrasini aylanadi! 
Ularga bir muddat fazo kemasi kerak 
bo‘lmaydi, chunki ularning maxsus 
kiyimlari havo va batareyaning 
quvvatiga ega bo‘lib, ularni taxminan 
yetti soat davomida tirik saqlashi 
mumkin. Hatto har bir shlem ichida 
oziq
-
ovqat tayog‘i va suv sumkasi bor. 
Ular fazo kemasining yuk tashish 
bo‘lmasiga boradilar, bu yerda fazoda 
sayr qilish uchun kerakli bo‘lgan 
uskunalar katta uskunalar qutisida saqlanadi. Ular kerakli uskunalarni 
olib, ularni bel yoki tirsak sohalariga bog‘lab qo‘yadilar.
Skafandrda ishlash oson emas. Fazogirning barmoqlari, qo‘llari va
butun qo‘l qismi toliqadi, chunki har bir amalga oshiriladigan harakat 
kiyim ichkarisidan uning qismiga qarshi itarish harakatini talab etadi.
Fazoda bir necha vaqt bo‘lgandan so‘ng fazo kemasi ichida qolgan 
boshqa ekipaj oldiga qaytish vaqti bo‘lganida, fazogirlar havo shlyuzi 
ichkarisiga kiradi. Ular charchagan bo‘lishlariga qaramasdan, tashqi 
shlyuz eshigini yopishdan avval Yer va osmonga so‘nggi marta nazar 
tashlaydi.


89

Yüklə 35,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə