Axborotnoma muqova (2 soni). cdr



Yüklə 35,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/62
tarix08.04.2023
ölçüsü35,32 Mb.
#104721
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
Axborotnomaning 3-soni

bitta yoqqan
va 
bitta
yoqmagan
jihatini ifodalovchi biror mulohaza 
keltiring va javobingizni asoslang. 
Sizga 
yoqqan
jihati va nima uchun:
1
Sizga 
yoqmagan
jihati va nima uchun:
1


93
PIRLS xalqaro tadqiqotining qamrov doirasida keltirib o‘tilganidek, 
ushbu tadqiqotda to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining turli xil matnlarni 
o‘qish va o‘qigan matnlarining ma’nosini tushunish qobiliyatini baholash 
imkonini beradi.
O‘qish o‘quvchilar tomonidan, asosan, maktabda yoki maktabdan 
tashqarida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lib, bunda o‘qish 
savodxonligini baholash ikkita maqsadga qaratiladi: 
 1. Badiiy tajriba orttirish 
2. Axborotni olish va undan foydalanish 


94
Baholashda qo‘llaniladigan o‘quv materiallari ushbu maqsadlarga 
asoslangan holda tanlab olingan. Odatda, baholash uchun tanlab olingan 
har bir matn ikkita maqsaddan biri uchun o‘qiladigan matn turini 
ifodalaydi. 
Baholashda matnni tushunishga mo‘ljallangan har bir savol ushbu 
to‘rtta tushunish jayonlarini aniqlash va baholashga qaratiladi.
Barcha mamlakatlar elektron baholashga o‘tishga tayyor emasliklari 
sababli PIRLS 2021 ikki xil, ya’ni raqamli va qog‘oz shaklda o‘tkaziladi. 
Shuningdek, raqamli PIRLS simulyatsiya qilingan internet muhitida 
ma’lumotni onlayn o‘qishni baholaydigan elektron PIRLS (ePIRLS)ni 
o‘z ichiga oladi. Dunyo mamlakatlari baholashda qatnashadigan barcha 
o‘quvchilar uchun raqamli PIRLS yoki qog‘oz shaklidagi PIRLS ni 
qo‘llashni o‘zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tanlaydi. 
Shuningdek, tadqiqotda ilk marotaba qatnashayotgan davlatlar uchun 
xalqaro pudratchi tashkilotlar tomonidan qog‘oz shaklini tanlash tavsiya 
etiladi.
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda PIRLS tadqiqotini 
o‘tkazishning qog‘oz shakli tanlangan. Baholash jarayonlarining tashki
-
liy shaklidan qat’iy nazar, har bir o‘quvchi matn (yoki elektron PIRLSda 
veb sahifa) va savollar to‘plamidan iborat bo‘lgan ikkita bo‘lim yoki qismni 
bajarishi belgilangan. Har bir qismni bajarish uchun o‘quvchilarga 40 
daqiqa vaqt beriladi. Bunda ular berilgan matnni o‘qishlari va matnni 
tushunishga qaratilgan savollarga javob berishlari lozim bo‘ladi.
Baholash jarayonlarining tashkiliy shaklidan qat’iy nazar, PIRLS 
2021 natijalarini shakllantirishda bitta shkaladan foydalaniladi. Bunda 
raqamli va qog‘oz shaklidagi tadqiqotlarda o‘quvchilar savollarga qaysi 
shaklda javob berishlaridan qat’iy nazar, savollarning mazmuni va ularni 
baholash mezonlari deyarli bir xil bo‘ladi (ba’zi bir raqamli xususiyatlar 
bundan mustasno). 
O‘quvchilarning matnlarni tushunishini baholash uchun PIRLS 
tadqiqotida turli xil savol formatlari qo‘llaniladi. Birinchi turi – javob 
varianti tanlanadigan yopiq savollar, bunda o‘quvchilarga savolga eng 


95
yaxshi javob bo‘lishi mumkin bo‘lgan javobni tanlash uchun to‘rtta 
variant beriladi. To‘rtta variantli har bir savolda bitta to‘g‘ri javob bo‘ladi. 
Bu turdagi savolga berilgan to‘g‘ri javob 1 ball bilan baholanadi. 
Baholashda qo‘llaniladigan formatning boshqa turi – bu o‘quvchining 
savolga o‘zi javob berishi talab etiladigan ochiq savollardir. Ushbu 
savol formati yordamida o‘quvchilar bir nechta variantlardan birini 
tanlash o‘rniga, savol(lar)ga javob(lar)ni o‘zlari yozishlari kerak bo‘ladi. 
Ba’zi hollarda o‘quvchilar savollarga javob berish uchun tanlovni 
amalga oshiradilar (masalan, “Ha” yoki “Yo‘q”), so‘ngra ushbu tanlov 
uchun matndan dalillarni keltirgan holda izoh yozadilar. Bu turdagi 
savollarga berilgan javoblarga muayyan ball belgilash aniq mezonlarga 
asoslangan ko‘rsatmalar yordamida, maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilgan 
baholovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
PIRLS tadqiqotida yana 
ikkita
savol turidan foydalanadi, bular
:
1. O‘quvchilar tomonidan savolga bir nechta to‘g‘ri javob tanlanadigan 
savollar (odatda bu turdagi savollarda “tegishli bo‘lgan barcha javoblarni 
belgilang” iborasi qo‘llaniladi);
2. O‘quvchilar matnda tasvirlangan yoki hikoya qilingan voqealarni 
matnga asoslangan holda to‘g‘ri ketma-ketlikda belgilashlari lozim 
bo‘lgan savollar.

Yüklə 35,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə