Axborotnoma muqova (2 soni). cdr



Yüklə 35,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/62
tarix08.04.2023
ölçüsü35,32 Mb.
#104721
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Axborotnomaning 3-soni

“8”
va 
“9”
kodlari. Javob bermaslik holatlaridagi ushbu 
kodlarni tayinlashda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish lozim:
8
kodi PIRLS tadqiqotida qog‘oz shaklida ishtirok etuvchi 
mamlakatlarda foydalanilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, elektron shaklda 
ishtirok etayotgan mamlakatlar uchun ahamiyatga ega emas. Chunki, 
tadqiqotning tashkiliy shaklidan kelib chiqqan holda, “Joriy etilmaydigan” 
deb tasniflangan savollarga berilgan javoblarni ko‘rib chiqilmasligi 
belgilangan. Ushbu koddan (8 kodi) savol xato chop etilgan, sahifa 
tushib qolgan yoki o‘quvchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablar bo‘lgan 
holatlarda foydalaniladi. Masalan, xato chop etilgan baholash daftari 
o‘quvchining savolga noto‘g‘ri javob berishiga olib kelishi mumkin yoki 
biror bir hodisa tufayli o‘quvchi savolga javob bera olmasligi mumkin. 
9
kodi esa PIRLS tadqiqotida jarayonlarning tashkiliy shaklidan 
qat’iy nazar barcha mamlakatlar uchun joriy etiladi. Ushbu koddan (9 
kodi) javob yoziladigan joy butunlay bo‘sh qoldirilgan yoki matnga aloqasi 
bo‘lmagan tasodifiy belgilar qo‘yilgan holatlarda foydalaniladi. Lekin, 
o‘quvchi savolga javob berish uchun ma’lum darajada urinib ko‘rganligiga 
dalil mavjud bo‘lsa, 
9
kodi QO‘LLANILMAYDI.
O‘quvchilarning javoblari kim tomonidan baholanishidan qat’iy nazar 
tizimli baholanishi juda muhimdir. Bu, har bir baholovchi o‘quvchilarning 
javoblarini boshqa baholovchilar kabi baholashi lozim ekanligini 
anglatadi. Baholovchi baholash yo‘riqnomasining har bir tafsilotini doim 
ham ma’qullamasligi mumkin. U umumiy baholash jarayonida sifatni 
eng yuqori darajada ta’minlashi uchun baholash bo‘yicha yo‘riqnomaning 
maxsus jihatlariga tizimli ravishda amal qilishi kerak. Baholovchilar 
o‘quvchining bergan javobini baholash yo‘riqnomasida keltirilgan 
baholash darajasi tavsiflari bo‘yicha ko‘rib chiqishga mas’uldirlar.


99
Ushbu baholash mezonlari Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan 
4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro 
PIRLS tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan 3
-
sonli 
Axborotnomada berilgan matnlar yuzasidan savol va topshiriqlarning 
javoblarini baholashga qaratilgan.
3
-
sonli Axborotnomada 8 ta matn berilgan bo‘lib, ular PIRLS 
tadqiqoti tamoyillariga ko‘ra, o‘quvchilarning matnni o‘qib, axborot 
olish va foydalana olish hamda badiiy tajriba orttirishini baholash 
va rivojlantirishga mo‘ljallangan. 3
-
sonli Axborotnomada matnlar va 
mazkur matnlarga asoslanib, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini 
baholashga mo‘ljallangan savol va topshiriqlar berilgan bo‘lib, ular javobi 
tanlanadigan savollar va javobini yozma bayon qilish lozim bo‘lgan ochiq 
savollardan iborat topshiriqlar guruhini o‘z ichiga olgan. 
Ushbu baholash mezonlari 3-sonli Axborotnomadagi matnlarni o‘qib, 
matn yuzasidan savol va topshiriqlarga o‘quvchilar tomonidan berilgan 
javoblarni tahlil qilishda o‘qituvchilar va ota-onalar uchun qo‘llanma 
vazifasini bajarishga qaratilgan bo‘lib, quyida undan foydalanish bo‘yicha 
asosiy tushuncha va yo‘riqnomalar berilgan. 
Ushbu baholash mezonlaridan foydalanishdan oldin, 3-sonli 
Axborotnomada berilgan matnlarni va ular yuzasidan berilgan savol va 
topshiriqlarni o‘qib chiqish tavsiya etiladi.


100

Yüklə 35,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə