Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni


‘zbekistonda demografik jarayonlarning o‘ziga xosligi



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə19/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

3.5. 0 ‘zbekistonda demografik jarayonlarning o‘ziga xosligi
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida M DH mamlakatlari aholisi soni ancha kamaygan Belorus, Rossiya, Ukraina va Qozog’iston kabi mamlakatlaridan farqli o‘Iaroq, 0 ‘zbekistonda aholi soni ma’lum darajada oshib bormoqda.
1897 yilda hozirgi O'zbekiston hududida atigi 3,9 million kishi yashar edi, ya’ni o‘tgan 100 yildan sal ko‘proq vaqt mobaynida bu yerda aholi 6,3 baravar (2000 yilga kelib 24,6 million kishigacha) ko'paydi. 3.2-jadvaldan ko‘rinib turganidek, XX asrda O'zbekiston aholisining soni bir tekis oshgani yo‘q. Uning dastlabki ikki hissa ko'payishi salkam 60 yil davomida ro‘y berdi, keyingi ikki hissa ko‘payishi esa 20 yil ichida amalga oshdi. Respublika aholisi 2001 yilning oxiriga kelib 1980 yilga nisbatan 1,6 baravar ko‘payishi kutilgan edi, aholining uchinchi marotaba ikki hissa ko‘payishi esa uning yuzaga kelgan ko‘payish sur’ati saqlangan taqdirda XXI asr ikkinchi o‘n yilligining oxirida ro‘y berishi kutilmoqda.
Aholi ko'payishi bilan bir yo‘la uning zichligi ham ancha oshmoqda: 1940 yilda har bir kvadrat kilometrga 14,6 kishi to‘g’ri kelgan bo'lsa, 2000 yilda« 54,1 kishi to ‘g’ri keldi (zichlik 3,7 baravar oshgan). Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekistonning 14 ta hududiy bo'linmasidan 10 tasi, shu jumladan, Toshkent shahri aholi zich bo‘lgan hududiy boiinmalar jumlasiga kiradi, vaholanki, ular 0 ‘zbekiston hududining atigi choragini, aholi uncha zich bo‘lmagan to‘rtta viloyat esa respublika hududining qolgan to'rtdan uch qismini egallagan. Aholi nihoyatda zich bo‘lgan mintaqalarga butun aholining, mehnat resurslari, iqtisodiy faol va ish bilan band aholi, tug’ilgan bolalar va aholi tabiiy ko‘payishining beshdan to‘rt qismi, yalpi ichki mahsulotning 74 %i, investitsiyalarning 79 %i va iste’mol xarajatlarining 88 %i to'g’ri kelmoqda.
Aholining ko‘payib ketishi uni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suv, ish o‘rinlari bilan ta’minlashdagi qiyinchiliklar, shuningdek, ekologik oqibatlar
va kasallik ko‘payishini keltirib chiqaradi. Ayni chog’da 0 ‘zbekistonning aholi nihoyatda zich bo‘lgan mintaqalarida ishlab chiqaruvchi kuchlari eng yuqori
darajada rivojlangan va yashashni ta’minlash shart-sharoitlari qulay bo‘lgan
13 BMT iinnr тарацциётдастури. Ипсонтарацциётитуррисидамаъруза. «Узбекистон», 2005.
41
hududiy bo'linmalar bor, shu sababli aholining ko‘payib ketishi ularda ishsizlik darajasiga mayinroq ta’sir etdi. Aholi nihoyatda zich bo‘lgan mintaqalar hissasiga respublika mehnat resurslarining 81 %i to‘g’ri kelayotgan bo‘lsa, ishsizlar ular umumiy sonining atigi 55 %i miqdoriga to'g’ri kelmoqda. Umuman, 0 ‘zbekiston bo‘yicha rasmiy ishsizlik darajasi 0,5 %ni tashkil etayotgan boisa, aholi nihoyatda zich boigan mintaqalarda 0,3 %ni tashkil etmoqda.(27)


3.2-jadval

Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə