Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni


Inson salohiyati taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichlari



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə16/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

3.4. Inson salohiyati taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichlari
Inson resurslari taraqqiyoti iqtisodiy jihatdan rivojlanib borishi uni aniqlash va o'lchash uslubiyatining ham rivojlanib borishiga ta’sir ko'rsatdi. BMTning Rio-de-Janeyrodagi konferensiyasi atrof-muhitni muhofaza qilishga bag’ishlandi.
Unda mo'tadil rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyada, hozirgi avlod vakillarining ehtiyoji kelgusi avlod ehtiyojlari hisobiga qondirilishiga yoi qo‘yilmasligi kerak, deb ta’kidlab o‘tildi.
Mafkura tubdan o‘zgarishi natijasida inson resurslarining sifat ko‘rsatkichlari ham o‘zgarib bordi. O'tgan asming 50-60-yillariga kelib «hayot sifati» tushunchasi iqtisodiy atama sifatida yuzaga chiqdi. Dastlab bu ko'rsatkich faqatgina YaMM miqdori, ya’ni YaMMning aholi jon boshiga qancha miqdorda to‘g’ri kelishi bilan belgilana boshlandi. Keyinchalik esa bunda inson va uning rivojlanishi bilan bog’liq boigan barcha ko‘rsatkichlar inobatga olinadigan bo'ldi. 80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib esa, «Inson salohiyati taraqqiyoti indeksi» (ISTI)
tushunchasi shaklllandi, bu ko‘rsatkichni nafaqat moddiy ne’matlarning iste’moli, balki insonlar rivojlanishining barcha imkoniyatlari, ya’ni ta’lim
tizimi va sog’liqni saqlash ko‘rsatkichlari orqali hisob-kitob qilish yo‘lga qo‘yildi.
1990 yildan boshlab esa, ISTI BMT safidagi barcha davlatlar orasida nashr etila boshladi. 0 ‘zbekistonda ilk bor 1999 yildan ISTI 3 tilda muntazam yillik hisobot shaklida nashr etilmoqda. Ushbu hisobotida ISTI 3 ta ko'rsatkich asosida, o‘rtacha arifmetik ko'rsatkichlarning yig’indisi shaklida aniqlanadi.
Umumiy holda ushbu ko'rsatkichlarning formula shakli quyidagicha:


Df - Dmin
I - — --------------------------

Dmax - Dmin

Bu yerda I - ushbu tur indeksi; Df — ko‘rsatkichning xaqiqatdagi qiymati; Dmin - ko‘rsatkichning minimum qilib olingan qiymati; Dmax - ko‘rsatkichning maksimum qilib olingan qiymati12.




Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə