Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni


- jadval Aholi soniga qarab darajalangan eng yirik davlatlar



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə14/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

3.1- jadval Aholi soniga qarab darajalangan eng yirik davlatlar
1950 yil 1996 yil 2050 yil
Aholi Aholi
Aholi soni
Mamlakatlar soni mln. Mamlakatlar soni mln. a«3 Mamlakatlar mln. kishi kishi kishi
  1. Xitoy 555 1 Xitoy 1232 l Hindiston 1533


  2. Hindiston 358 2 Hindiston 945 2 Xitoy 1517


  3. AQSh 158 3 AQSh 269 3 Pokiston 357


  4. Rossiya 102 4 Indoneziya 200 4 AQSh 348 5 Yaponiya 84 5 Braziliya 161 _5 Nigeriya 339 6 Indoneziya 80 6 Rossiya 148 6 Indoneziya 318 7 Germaniya 68 7 Pokiston 140 7 Braziliya 243 8 Braziliya 54 8 Yaponiya 125 8 Bangladesh 218


  1. Buyuk Britaniya 51 9 Bangladesh 120 9 Efiopiya 213


  2. Italiya 47 10 Nigeriya 115 10 Eron 170


Manba: BMT Kotibiyati iqtisodiy va ijtimoiy axborot hamda siyosatni tahlil qilish Boshqarmasining Nufus bolimi.


33
2050 yilga borib Italiya, Yaponiya, Rossiya kabi mamlakatlar aholisi qisqaradi, Buyuk Britaniya aholisi hozirgi darajada qoladi. Mali, Saudiya Arabistoni va Nigeriyada shu davr ichida aholi soni 3 baravar, Misr va Keniyada 2 baravar oshadi. BMT mutahassislari rivojlangan mamlakatlaming aholisi urnuman 2050 yilga borib 1,8 mlrd kishidan 1,16 mlrd kishigacha qisqaradi, rivojlanayotgan mamlakatlaming aholisi esa 4,57 mlrd kishidan 8,2 mlrd kishigacha ko‘payadi deb hisoblamoqdalar.

Aholining keksayishi muammosi. Barcha zamonaviy demograflk jarayonlar orasida aholi keksayishi jarayonijo‘nroq o‘lchanadigan, taxminlarqilinishi qulayroq va aslida, o‘z oqibatlariga ko‘ra xavfliroq bo'lgan jarayondir. Shunday bo‘lsa-da, u eng kam tadqiq qilingan jarayonlardan bin ekanligicha qolmoqda. Demograflaming fikricha, mamlakat aholisi undagi yoshi qaytgan shaxslar ulushi 7—8 %dan oshgan taqdirda keksaygan hisoblanadi. G‘arbdagi iqtisodiy rivojlangan davlatiaming ko‘pchiligida 65 yoshli va undan kattaroq yoshdagilami, ba’zi mamlakatlarda esa 60 yoshdan oshganlami yoshi qaytganlar toifasiga kiritish qabul qilingan.
Aholining keksayishi Fransiyada XVIII asming oxirlarida boshlanib, keyinchalik asta-sekin barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqalgan. Lekin awallari hech qachon yoshi keksaygan odamlaming ulushi hozirgidek tez va koiamdor oshmagan. 2000 yilda yoshi qaytgan kishilar ulushi Germaniyada 15,0 %, Angliyada 16 %, Fransiyada 15 %, AQShda 13 %, Yaponiyada 13 % ni tashkil etdi.
Aholi keksayishining sababi ikki xildir. Bir tomondan, bu —tug’ilish kamayishi bo‘lib, buning oqibatida bolalar va yoshlar ulushi qisqaradi. fkkinchi
tomondan, bu — umr uzunligining oshishi.
Aholining keksayishi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birinchidan, yoshi keksa odamlar ulushining oshishi o‘z navbatida aholining iqtisodiy faolligi pasayishiga olib keladi. Odamning yoshi qanchalik katta bo‘lsa, mahsuldorligi shunchalik past bo‘ladi, deb hisoblanadi.
Ikkinchidan, aholining keksayishi iqtisodiyotda yoshlar ulushi kamayishini anglatadi, bu esa, ayrim tadqiqotchilaming fikricha, ish bilan band aholi kasb- malaka va tarmoq tarkibining o‘zgarish jarayoni va, binobarin, iqtisodiyot samaradorligi oshishini sekinlashtiradi. Iqtisodiy samaradorlik oshishining sekinlashishi aholi harakatchanligining pasayishi bilan ham bog’liq bo‘lishi mumkin.
Uchinchidan, pensiya fondlari zimmasiga pensiyalar to‘lash xarajatlarining benihoya og’ir yuki tushadi, zero, pensionerlar ulushi ko‘payishi bilan bir yo‘la pensiya fondlariga mablag’ to‘lab boradigan ishga qobiliyatli aholi salmog’i qisqaradi.
To‘rtinchidan, nochor qariyalarga yordam ko‘rsatishi lozim bo'lgan davlat ijtimoiy xizmatlariga ish ko‘payadi. Qariyalarni parvarish qilish uchun to‘lov kabi muammolar ko‘payadi.
Beshinchidan, yoshi keksaygan kishilarga tibbiy xizmatlar ko'rsatish uchun qtt‘shimcha mablag’ sarflash, gerontologik muassasalar tarmog’ini kengaytirish va butun sog’liqni saqlash tizimini sifatli tarzda qayta qurishni talab qiladi.
34
Oltinchidan, hali ishlashni istaydigan «yosh qariyalar»ni ish bilan ta’miniash lozim. Bu oson vazifa emas, chunki, ma’lumki, pensiya yoshiga yetmaganlarga ham ish o‘rinlari yetishmaydi. Yoshi qaytganlarda faol hayotiy pozitsiyani saqlab qolish, ularni ijtimoiy hayotga jalb etish, yolg’izlikka qarshi kurash ham g’oyat muhimdir.

Yettinchidan, aholining keksayishi moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasining tuzilmasiga ta’sir etadi. Axir yoshi qaytganlarning talab- ehtiyojlariga muvofiq ravishda tovarlar va xizmatlar assortimentini o‘zgartirishga to'g’ri keladi. Ba’zi texnologik operatsiyalarni ham o'zgartirish, mashina va uskunalarni xodimlarning yosh xususiyatlariga moslashtirish kerak bo‘ladi.


«Qariyalarning ko‘payishi» asta-sekin butun dunyoni qamrab, ko‘plab muammolarni yuzaga keltirmoqda. Insoniyat mazkur tendensiya tufayli kelib chiqadigan vazifaiarning muhimligini tushunib yetishi darkor. Ko'pchilik mamlakatlar yoshi keksa odamlarning munosib hayot kechirishini ta’miniash
uchun hozirdayoq ko‘p ishlarni amalga oshirmoqdalar. Lekin keng qamrovli davlat siyosatining ishlab chiqilishi bu muammoni hal qiladi degan umiddamiz.(21)

Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə