Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə17/136
tarix10.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#104896
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   136
10-ona-tili-konspekt

Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. Jiyan, o‘rgilay, girgitton, qoyil, anavi, haligi, baraka topkur, mullaka, churq etmaslik, miyasi g‘ovlab ketdi kabi so‘z va iboralar ishtirokida gaplar tuzing. Bu birliklarning qaysi yosh dagi kishilar nutqida va qanday vaziyatda ishlatilishini ayting.
2-topshiriq. Berilgan gaplardagi so‘z tartibi va so‘zlarning qo‘llanishiga
e’tibor bering. Ularning qaysi uslubga oidligini ayting.
1. Qani, shirchoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‘g‘ ranglar, mazasi boshqacha bo‘ladi. (Said Ahmad) 2. Voy, men o‘lay seni tanimay! (O‘. Umarbekov) 3. Yo‘q, yo‘q, ko‘taring! Tez kasalxonaga boorish kerak buni! – dedi ikkin chisi. (O. Yoqu bov) 4. Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rding mi? – qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi.
(O‘. Umar bekov) 5. Ukang mi bu hali? (Erkin A’zam) Muloqotning turli vaziyatlari hamda turli nutqiy uslublarda nutqning og‘zaki va yozma shakliga aloqadorlik turlichadir. Siz bilasizki, nutqiy uslublarning so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy kabi asosiy turlari mavjud. Ular orasida so‘zlashuv uslubi, asosan, og‘zaki nutq
shaklida namoyon bo‘ladi. Bu uslub ayni shu jihati bilan ham boshqa uslublardan farq qiladi. So‘zlashuv uslubining adabiy so‘zlashuv turi ham, oddiy so‘zlashuv turi ham og‘zaki shaklda voqelanadi. Bunda adabiy so‘zlashuv uslubi kundalik aloqa-aralashuvda yetakchilik qilishini unut maslik lozim.
15-mashq. Berilgan gaplarda so‘zlashuv uslubiga xos til birliklarini toping. Ulardagi salbiy va ijobiy baholarga asoslanib, so‘zlovchi shaxsi haqida mulohaza yuriting.
1. Hoy, Sanobar, o‘zizzi ja bilimdon sanavorasizki... Nima, Qo‘ldoshxo‘ja? Yomon bo‘lsin, deptimi? (Murod Mansur) 2. Ho‘, men o‘qigan hikoyang bor edi-ku, opkel, bosamiz. (Said Ahmad) 3. Hoy bolam, manavini bir simir. Ichginang uzilib ham ketgandir sanginani. Ol, ol, xolang qoqindiq. (Murod Mansur) 4. Sharif akamni Maskovdan olib kelib... shu yerga qo‘ydik (Tohir Malik) 5. E, soching qursin! – derdi opasi. – Qo‘llarim tolib ketdi, sochingni o‘rdirishga odam yollash kerak. (Said Ahmad) 6. Attang, bizning serdsa chatoq-da. (Erkin A’zam) 7. Dadasi, shu chigirtkalargayam odamning rahmi keladi-ya! (Sh. Xolmirzayev) 8. Eb-ey, qiyshiq-ku! – dedi Hasan bobo. (Tog‘ay Murod)

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə