Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
Azizaxon Rasulova

SOHA TILI ASOSLARI 
Til ham og‘zaki, ham yozma nutq shaklida reallashadi, yashaydi, 
nutq madaniyati bu har ikki shaklni ham nazarda tutadi. Tilning bu ikki 
shakli barcha tasviriy tilshunoslik fanlarida o‘rganiladi, shunday ekan, 


21 
o‘zbek tilining sohada qo‘llanishi bu fanlar bilan bevosita 
munosabatdadir. 
To‘g‘rirog‘i, fonetika, orfoepiya, orfografiya, 
leksikologiya, leksikografiya, morfologiya, sintaksis, semantika, 
uslubiyat kabi barcha tasviriy tilshunoslik fanlariga asoslangan holda ish 
ko‘radi. Nutqdagi kommunikativ 
sifatlarning 
yuzaga 
kelish 
mexanizmlarini o‘rganish va baholashda ayni shu fanlarda aniqlangan 
ma’lumotlarga suyaniladi. Nutq madaniyatining birinchi bosqichi 
hisoblanmish nutqning to‘g‘riligi kommunikativ sifati uning adabiy til 
me’yorlariga muvofiqligi bilan belgilanadi. Adabiy til me’yorlarining 
tavsifiy tilshunoslik fanlariga oidligini inobatga olsak, hozirgi o‘zbek 
adabiy tilining, aytaylik, normativ grammatikasi nutq madaniyatining 
asosiy zamini ekanligi ayon bo‘ladi. Tilshunos B.N.Golovin 
ta’kidlaganidek, “nutq madaniyati fan va o‘quv predmeti sifatida til 
haqida normativ grammatikada bayon qilingan ma’lumotlarga suyansa-
da, til materialiga yondashuv nuqtayi nazaridan undan farq qiladi: tilning 
grammatik faktlari nutq madaniyatini, eng avvalo, me’yorlarga tobeligi 
– amal qilinganligi, ikkilanilganligi va buzilganligi bilan qiziqtiradi
1

Grammatik shakl va kategoriyalarning grammatik tabiati emas, 
balki aynan me’yorlashish jihati nutq madaniyati uchun ahamiyatlidir. 
”O‘zbek tilidagi mavjud grammatik shakl va kategoriyalarning adabiy 
me’yorlashganlarini nutq maqsadiga muvofiq tanlash asosida to‘g‘ri 
nutq tuzish nutq madaniyati uchun asosiy jihatdir. Nutq madaniyati 
fonetika va orfoepiya bilan ham chambarchas bog‘liq. Orfoepiya 
tovushlarning talaffuz xususiyatlarini o‘rganadi, adabiy talaffuz 
me’yorlarini belgilab beradi. Nutqning to‘g‘riligini baholashda bu 
me’yorlar ham asos ekan, o‘z-o‘zidan nutq madaniyatining orfoepiya 
bilan bog‘liqligi anglashiladi. Fonetika tilning butun tovush sistemasi, 
uning qonuniyatlari, urg‘u, intonatsiya, ohang, nutqning tovush 
qurilishiga daxldor boshqa ko‘plab masalalarni o‘rganadi. Nutq og‘zaki 
va yozma shaklda mavjud bo‘lsa-da, aslida yozma shakl ham “ichki” 
og‘zaki nutq shaklida tuziladi va idrok etiladi. Tabiiyki, yozma nutqda 
og‘zaki nutqdagi juda ko‘plab fonetik-intonatsion xususiyatlar aks 
1
https://hozir.org/ozbek-tilining-sohada-qollanishi-v3.html 


22 
etmaydi (albatta, punktuatsiya ularning barini aslo ifodalay olmaydi). 
Mashhur ingliz yozuvchisi Bernard Shouning “Nutqda ha deyishning 
ellik usuli va yo‘q deyishning besh yuz usuli bor, ammo buni yozishning 
esa faqat bitta usuli mavjud, xolos” degan gapini tilshunoslar ko‘p 
eslashadi. 
Atoqli o‘zbek adibi Asqad Muxtor ham “qalam so‘zning soyasini 
chizadi” 
deganida 
yozma 
nutq 
imkoniyatining 
anchayin 
chegaralanganligini ta’kidlagan. Og‘zaki nutq qurilishidagi ovozning 
tembr sifatlari, ton, urg‘u, pauza, umuman, prosodik vositalar, nutq 
ohangi kabilar ham kommunikativ, ham estetik ifoda uchun kerakli 
unsurlardir. Olmon tilshunosi Karl Fossler tomoshabinlarni g‘ayrioddiy 
tarzda benihoya mutaassir eta olgan bir aktyor haqida hikoya qilgan, bu 
san’atkor sahnada birdan yuzgacha bo‘lgan sonlarni italyan tilida birin-
ketin shunday prosodiya bilan talaffuz qilar ekanki, uning chiqishi 
tazarru qilayotgan qotilning nutqiday qabul qilinarkan: “Hech kim sonlar 
haqida o‘ylamas, faqat sho‘rlik jinoyatchiga titrab-qaqshab hamdardlik 
bildirardilar. Urg‘u italyancha sonlarga ayricha ma’no bergan edi”, deb 
ta’kidlagan K.Fossler. Albatta, mazkur unsurlarning har birini yozuvda 
to‘la ko‘rsatishning iloji yo‘q. Ohang jumlada sintaktik (grammatik) 
vazifa bajarishi, kommunikativ ifoda uchun xizmat qilishi (masalan, 
Bahor keldi. Bahor keldi? Bahor kel-di! kabi), estetik-emotsional vazifa 
bajarishi, ifodaga emotsionallik, ta’sirchanlik baxsh etishi mumkin 
(masalan, jumla Bor-may-man! tarzida bo‘g‘inlab aytilganda, qat’iylik, 
g‘azab ifodalanadi). Bu kabi holatlar nutq madaniyati uchun benihoya 
ahamiyatli, ularning mohiyati, tabiati va qonuniyatlarini fonetika 
o‘rganadi; bunday fonetik-intonatsion vositalardan nutqning to‘g‘riligi 
va ta’sirchanligini ta’minlashni ko‘zlab foydalanish esa nutq 
madaniyatining vakolatiga kiradi, bu o‘rinda nutq madaniyatining 
fonetika bilan aloqadorligi namoyon bo‘ladi. Tilning lug‘at boyligini 
yetarli darajada bilmasdan turib madaniy nutq tuzish mumkin emas. 
So‘zlarning semantik strukturasi, undagi taraqqiyot, leksik sistemadagi 
so‘zlarning 
bir-biriga 
munosabati 
kabi 
masalalardan 
boxabar 
bo‘lmasdan turib, tilning behad boy so‘z xazinasidan konkret nutq uchun 


23 
eng keraklisini tanlash mushkul. Bu xazinaning hayotini esa 
leksikologiya o‘rganadi. Nutq madaniyati so‘zlarni nutq uchun tanlashda 
ayni shu leksikologiyaning ma’lumotlariga tayanadi. Leksikografiyaning 
nutq madaniyati bilan bog‘liqligi ham isbot talab etmaydi. Zotan, so‘zlar 
va ularning ma’no tavsifi lug‘atlarda jamlangan bo‘lib, kerakli so‘zni 
tanlash, ma’nosini to‘g‘ri tasavvur etish, o‘rnini adashtirmaslik, 
demakki, madaniy nutq tuzishda eng yaxshi va yaqin yordamchi aynan 
xilma-xil lug‘atlardir. Nutq madaniyati va uslubiyat o‘rtasidagi 
munosabat haqida gap ketganda, bu ikki sohaning o‘rganish obyektini 
bir deb qarab, ularning birini ikkinchisi ichiga kiritib yuborish mumkin 
degan fikrdagi tadqiqotchilar ham bor. Haqiqatan ham, nutq madaniyati 
va uslubiyat bir-biri bilan juda zich bog‘liq, biri ikkinchisiga suyanadi, 
ammo o‘z o‘rganish obyektiga ega bo‘lgan alohida-alohida sohalardir. 
O‘zbek tilshunosligida bu masalalar tadqiqi bilan jiddiy 
shug‘ullangan olimlar quyidagicha ta’kidlaydilar: “Nutq madaniyati 
sohasining tekshirish obyekti nutqning aloqaviy sifatlari yig‘indisi va 
tizimini, ularni ta’minlovchi shart-sharoitlar, shu sifatlarning 
takomillashuvi, rivoji yoki qoloqlashishi, pasayishi kabilarni o‘z ichiga 
olsa, uslubiyat sohasining obyekti til va nutq uslublarini o‘rganishdir. 
Modomiki, uslubiyat nutq uslublarini ham o‘rganar ekan, xuddi shu 
holatda nutq madaniyati bilan uning munosabati vujudga keladi. Chunki 
nutq madaniyati haqidagi ta’limot o‘z-o‘zidan til uslublarini batafsil aks 
ettirish, har bir uslubning o‘ziga xos tomonlarga ega ekanligi, 
imkoniyatlarining yoritilishiga ehtiyoj sezadi. Chunki nutqning aloqaviy 
sifatlari, odatda, har bir uslub doirasida o‘zgarishi, biri bir uslubda 
yaxshiroq namoyon bo‘lgani holda, ikkinchisi boshqa bir uslubda 
sustroq namoyon bo‘ladi... 
O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanining obyekti esa yuqorida 
aytilganlarni ma’lum sohalarga tadbiq etishdir. Shuni hisobga olib 
mazkur fanni tilshunoslik va nutq madaniyatisiz o‘rganib bo‘lmaydi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə