Azizaxon Rasulova


-modda.  Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek,  boshqa tillarda olib boriladi.  17-modda



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Azizaxon Rasulova

16-modda. 
Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, 
boshqa tillarda olib boriladi. 
17-modda. 
Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda 
esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi. 
18-modda. 
Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning 
xohishiga ko‘ra — boshqa tilda amalga oshiriladi. 
19-modda. 
Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, 
tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar 
va muassasalar, qo‘shma korxonalarning, shuningdek, milliy madaniyat 


20 
jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari 
matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi. 
20-modda. 
Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda 
og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi 
hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin. 
21-modda. 
Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va 
boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi. 
22-modda. 
Geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi. 
23-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar 
shartnomaning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat 
tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi. 
24-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga 
mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zaro 
muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga 
oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar 
bo‘ladilar. 
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-
y., 12-son, 257-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda; 
2011-y., 41-son, 449-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-
son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə