Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Azizaxon Rasulova

ko‘prik, 
kirish, o‘tish, chiqish
kabi so‘zlar gimnastikada ana shunday 
terminlardan hisoblanadi. Ko‘pincha terminlar so‘zlarning, masalan, 
past-baland
(bruslar), 
balandga-uzoqqa
(sakrash) singari o‘zaro 
birikishidan ham yasaladi.
Osilish, tayanish, tebranish, o‘tirish
va shu kabi ayrim so‘zlar 
termin sifatida qo‘llaniladi. Statik holatlarni bildiradigan terminlar, 
masalan, 
tayanish, bilaklarga tayanish, qo‘ltiqlarga tayanish
kuraklarda turish, kallada turish, qo‘llarda turish
kabilarda tayanch 
1
Саримсоков Х. Инглиз ва ўзбек тилларида спорт терминларининг чоғиштирма тадқиқи. 
Филол.фанл.б. фалсафа докт (PhD) дисс. Автореф. Тошкент – 2020


41 
sharti hisobga olinadi, 
osilish, burchakli osilish, bukilib osilish, egilib 
osilish
singarilarda esa gavda holati (uning bo‘g‘inlarini bir-biriga 
nisbatan qanday turishini) hisobga olib yasaladi.
Tebranish mashqlarining terminlari muayyan harakatlantiruvchi 
faoliyat xususiyatlarini hisobga olib yasaladi. Masalan, 
bilaklarga 
tayanib turib oldinga siltanib ko‘tarish, qaddini rostlab siltanib 
ko‘tarilish, oyoqni juftlab yoki bitta oyoqda ko‘tarilish 
va hokazo.
Sakrash
va 
sakrab tushish
terminlari sport gimnastikasida 
gavdaning havodagi holatiga qarab belgilanadi, masalan, 
oyoqlarni 
yig‘ib 
sakrash, 
oyoqlarni kerib sakrash, to‘ntarilish

badiiy 
gimnastikada gavda bilan oyoqlar holatiga qarab belgilanadi: 
yopiq 
sakrash, ochiq sakrash, odimlab sakrash, sapchish, tayanib dumbaloq 
oshish, tashlanib sakrash, siltanib sakrash, chir aylanib sakrash
va 
hokazolar.
Sport sohasining terminologik tizimi yuzasidan o‘tkazilgan 
tadqiqotlar tahlili natijasida shuni aytish mumkinki, soha terminlaridan 
tashqari, termin-neologizm (terminologik neologizm)lar ham mavjud 
bo‘lishi tabiiy. Binobarin, ingliz tilida ma’lum bir sport sohasiga oid 
termin o‘zbek tili iste’molida ilk marta qo‘llanilsa yoki qo‘llanilish 
ehtimoli yuqori bo‘lsa, bu jarayon, albatta, termin neologizm bilan 
bog‘liq hodisa hisoblanadi. Bunday terminlar qay darajada ommabop 
bo‘lishi ular mavjud bo‘lgan sohaning rivoji bilan chambarchas bog‘liq, 
sportga oid leksik birliklarni nominatsiya tamoyillariga ko‘ra, quyidagi 
shaklda tasniflash va guruhlashtirish samarali hisoblanadi:
1.
 
Sport sohasida narsa yoki obyektni ifodalovchi birliklar: 
belbog‘, 
kartochka, hushtak, lappak, yadro, chana.
2.
Sport sohasida “shaxs” yoxud “ishtirokchi”ni ifodalovchi 
birliklar: 
hakam, himoyachi, xokkeychi, muxlis, sekundant, murabbiy

3.
 
Sport sohasida “harakat”ni ifodalovchi birliklar: 
tepmoq, 
to‘smoq, hujum qilmoq, egmoq, olqishlamoq, tanaffus qilmoq.
4.
 
Sport sohasida “o‘rin-joy”ni ifodalovchi birliklar: 
maydon, kort, 
qarorgoh (lager), stadion, velotrek, suv havzasi (basseyn).


42 
5.
Sport sohasida sport o‘yinlarini ifodalovchi birliklar: 
kurash, 
boks, yugurish, suzish, qilichbozlik, tog‘ chang‘isi, dengiz poygasi

6.
Sport sohasida aralash turdagi birliklar: 
muzsaroy, sport vaqti
sport gigiyenasi, VAR (video assistant refere) tizimi.
Yuqoridagilar 
asosida 
aytish 
mumkinki, 
yurtimizda 
sport 
terminlarining shakllanishi kecha yoki bugun yuz bergan emas, balki 
VIII-IX asrlardan oldin ham ular umumiste’mol leksemalari sifatida 
qo‘llanilgan
1
.
Shuningdek, o‘zbek tilidagi 
kurash, yonbosh
kabi sport terminlari 
bir qator xorijiy tillarga o‘zlashgani va faol qo‘llanilayotganligi 
tilimizning sport sohasi bo‘yicha jahonda ham o‘z nufuziga ega 
bo‘layotganligidan dalolat beradi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə