45
o‘tirish, oyoqlarni quchoqlab o‘tirish, tovonlarda yoki o‘ng tovonda,
o‘tirish, sonda o‘tirish va boshqalar.
Cho‘qqayish –
shug‘ullanuvchining oyoqlari bukilgan holat,
yarim cho‘qqayish, do‘ngsimon cho‘qqayish, do‘ngsimon
yarim
cho‘qqayish, ortga engashib yarim cho‘qqayish, engashib yarim
cho‘qqayish va bu «suzuvchi starti» deb ham yuritiladi, o‘ng yoki chap
oyoqda yarim cho‘qqayish, o‘ng yoki chap oyoqda cho‘qqayish va
boshqalar.
Ko‘tarilish
– osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanishdan
yuqoriroq tayanishga o‘tish (harakat boshni oldinga qaratgan holda
bajariladi). Ko‘tarilishning quyidagi turlari bor:
galma-gal kuchanib
ko‘tarilish, kuchanib ko‘tarilish, bir oyoqni silkitib to‘ntarilib ko‘tarilish,
siltanib to‘ntarilib ko‘tarilish, kuchanib to‘ntarilib ko‘tarilish, o‘ng
(chap) oyoqda ko‘tarilish, ikkala oyoqda ko‘tarilish, gavdani rostlab
ko‘tarilish va hokazo.
Aylanish
– gimnastikachining tayanishdan boshlanib, snaryad
(turnik, yog‘och va hokazo) o‘qi atrofida aylanma harakatlanishi.
Aylanishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni
kerib tayanishdan oldinga
(orqaga) aylanish, tayanishdan oldinga yoki orqaga aylanish,
katta
aylanish.
Xulosa qilib aytish mumkinki, sport XXI asrning muhim ijtimoiy
hodisasi, universal tabiatga ega bo‘lgan
ijtimoiy-madaniy hodisa
hisoblanadi. Bugungi kunda sportga turli ilmiy sohalar mutaxassislari
katta ahamiyat qaratmoqdalar. Turli sport turlarining o‘ziga xos tiliga
bag‘ishlangan lingvistik tadqiqotlar muhim ahamiyatga egadir
1
.
Dostları ilə paylaş: