B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Nazorat savollari? 
1. Abiotik omil deganda nimani tushunasiz? 
2. Biotik omil deganda nimani tushunasiz? 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6-MA’RUZA 
Mavzu: Baliqlar oziqlanishi. Suv havzalari va hovuzlardagi baliqlar ozuqa bazasi va 
ozuqa zahirasi. Baliqlarning oziqlanish xususiyati bo‘yicha tiplari 
Reja:
1.Baliqlar oziqlanishi. Suv havzalaridagi baliqlar ozuqa bazasi va ozuqa zahirasi.
2. Yemning ozuqaviy koeffitsiyenti. Suv havzalaridagi, hovuzlardagi ozuqa zanjiri.
3. Baliqlarning oziqlanish xususiyati bo‘yicha tiplari.
 
 
Tayanch iboralar:
ikra, sut, bonitirovka, nobud bo’lishi, dinamikasi, chavoq, inkubatsiya, 
intinsiv, sadok, ekstinsiv, bentos, plankton, tip, sinf, turkum, oila, avlod, tur, filogeniya, xorda 
fitoplankton, ekotizim, biokatalizator, primiks, malki
 
Hovuz baliqchiligida baliqlarni oziqlantirish uchun 3 xil ozi- qalardan foydalaniladi: 
1.
Tabiiy oziqalar. 
2.
Qo‘shimcha oziqalar. 
3.
Me’yorlashtirilgan (balanslashtirilgan) oziqalar. 
Tabiiy oziqalar (hovuzning tabiiy oziqa zaxirasi) — hovuzlarda tabiiy yo‘l bilan 
rivojlanadigan, o‘sadigan o‘simliklar, hovuz- lardagi planktonlar, suvda o‘sadigan o‘simliklar, 
qisqichbaqasi- monlar, bakteriyalar, detritlar, bentoslar, yuqori tabaqadagi o‘sim- liklar, 
hasharotlar, suv hayvonlari va baliqlar kiradi. Tabiiy oziqa zaxirasining rivojlanish darajasi 
suvning sifatiga bog‘liq. Baliq- chilar turlicha usullarni qo‘llab: ohaklash, organik va noorganik 
moddalar orqali o‘g‘itlash kabi yo‘llar bilan suv sifatini yaxshilashga erishadi. To‘g‘ri 
o‘g‘itlangan suv havzalari o‘zida barcha biogen moddalar, mikroelemetlarni saqlaydi hamda 
ruxsat etiladigan chegarada oziqa zaxirasining yetarli darajada rivojlanishiga imkoniyat beruvchi 
maqbul (optimal) gidrokimyoviy sharoitlarga ega bo‘ladi. 
Hovuzlar yoki suv havzalarida tabiiy yo‘l bilan rivojlanadigan turlarga plankton, suv 


o‘simliklari, bakteriyalar, detritlar, bentos, yuqori suv o‘simliklari, suv jonivorlari, shu jumladan, 
baliqlar kiradi. 
Iste’mol qilingan oziqalar karp baliqlarining oziqa hazm qilish a’zolariga suvning harorati 2 
°C bo‘lgandan 8—10 soat, 22 °C bo‘lganda 6—9 soat, 26 °C bo‘lganda esa 4—7 soat orali- 
g‘ida parchalanib hazm bo‘lishi aniqlangan. Shundan kelib chiqib suvning harorati nisbatan 
yuqori bo‘lgan yozning issiq oylarida, kunduz kunlari baliqlarning kunlik oziqalarni bir necha 
bo‘lakka (3—6 bo‘lakka) bo‘lib berish maqsadga muvofiq. 
Oziqalarni bir necha bo‘lakka bo‘lib berish uning iste’mol qilinadigan miqdorini oshirishga 
va foydalanmay qolgan qismi- ning kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu bir marta oziqlantirilgan- 
dagiga nisbatan baliqlarning o‘sish darajasini sezilarli ravishda tezlashtiradi. 
Bir marta oziqlantirish qabul qilingan xo‘jaliklarda bu ishni ertalab baliqlarning ishtahasi 
yuqori bo‘lganda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Oziqalarning iste’mol qilinishini avvaldan 
o‘rgangan holda har kuni hovuzlarning bir xil joyiga tarqatish maqsadga muvofiq. 
Baliqlarni oziqlantirishda turli xildagi qayiq oziqa tarqatgich uskunalardan (SKR-3A, KRZ-
1, AKU-1, AK-2, DRK) foy- dalaniladi. Avtokormushkalarda berishning samaradorligi yax- 
shidir. Zog‘orabaliq ham o‘simliklar, ham hayvonot dunyosidan olinadigan oziqalarni iste’mol 
qiluvchi baliqlar guruhiga mansub bo‘lib, tabiiy oziqa sifatida suvda o‘suvchi va yashovchi zoo 
va fitoplanktonlar bilan oziqlanadi hamda yumshoq suv o‘tlarini yaxshi iste’mol qiladi. 
Zog‘orabaliq uchun tayyorlangan aralash oziqalarning tar- kibini tashkil qiluvchi alohida 
oziqalarning tavsifi 2-jadvalda- gidek bo‘lishi o‘rganilgan. 
Shu yilgi zog‘orabaliq uchun mo‘ljallangan aralash omixta oziqalarning tarkibida xom 
proteinning miqdori 30 % dan, yog‘ 4 %, kalsiy 1,2 % dan, fosfor 1,0 % dan kam. Kletchatka 
esa 
9
% dan ko‘p bo‘lmasligi, katta yoshdagilarinikida xom protein 
25
% dan, yog‘ 2,5 % dan, kalsiy 0,7 % dan, fosfor 0,8 % dan kam, kletchatka esa 10 % dan 
ko‘p bo‘lmasligi lozim. 
Jadvalda tavsifi berilgan oziqalardan zog‘orabaliqlarga be- rish uchun aralash omixta oziqa 
tayyorlanganda uning tarkibi qo‘yiladigan talablar jadvalda keltirilgan chegaralar bo‘lishi maq- 
sadga muvofiq. Zog‘orabaliqlarga beriladigan aralash oziqaning namunaviy tarkibi 2-jadvalda 
berilgan. 
Zog‘orabaliqqa beriladigan omuxta oziqalarning granula va briket holida bo‘lishi maqsadga 
muvofiq bo‘lib, ularning suvda tezda parchalanib ketmaganligi tufayli tarqatiladigan dastlabki 
1—2 soat mobaynida tarkibidagi to‘yimli moddalarning yo‘qoti- lishi 5—10 % dan oshmaydi. 
Granula shaklida beriladigan oziqalarning diametri shu yilgi baliqlar uchun 1—3 mm, 
uzunligi 3—5 mm. Ikki yoshlilari uchun diametri 3—6 mm. Uzunligi 10—15 mm. Briket 
shaklidagilar- ning kattaligi 2 x 5x9,5 sm bo‘lishi maqsadga muvofiq. 
Zog‘orabaliqlar 1 kg qo‘shimcha vazn uchun 2,5—4 kg omixta oziqalar sarflangan holda shu 
yilgilarining oziqani qoplashi un- dan katta yoshdagilariga nisbatan 30—40 % samaradorlidir. 
Oziqalar deb baliqlarning turli to‘yimli va mineral moddalarga bo‘lgan talabini qondiradigan, 
ularning sog‘lig‘i hamda mahsuloti sifatiga ta’sir qilmaydigan 
moddalarga aytiladi. Oziqa hayvonlar- ning, jumladan, baliqlarning mahsuldorligini (go‘sht) 
oshirishida, urchitish xususiyatini saqlashda, ularning salomatligini ta’min- lashda katta o‘rin 
tutadi. Baliqlarni oziqlantirishning samarador- ligi juda ko‘p omillarga: ekologik sharoit, 
oziqlantirish texnikasi va oziqalarning to‘yimligiga bog‘liq. 
Kunlik ratsion bilan baliqlarni boqishda, kelib chiqishiga, ularning o‘sish va rivojlanishiga 
suvning harorati kuchli ta’sir qiladi. 
Issiq suvda o‘sadigan karp baliqlariga suvning harorati 14— 27 °C oralig‘ida har kuni bir 


necha (3—6) marta iloji boricha yorug‘da oziqa berish kerak. 
Oziqa me’yori deb, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parran- dalarining bir kecha-kunduzdagi 
to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabiga aytiladi. Oziqa me’yori hayvonning turi, yoshi, jinsi, tirik 
vazni, mahsuldorligi va fiziologik holatiga qarab aniqlanadi. Uning to‘g‘ri aniqlanishi 
hayvonlarning mahsuldorligi va salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. Oziqa ratsioni deb hayvon yoki 
parrandaga bir kecha-kunduzda beriladigan oziqalar yig‘indisiga aytiladi. 
Ratsion me’yor asosida har bir muayyan sharoitda hayvonning turi, yoshi, jinsi, tirik vazni, 
mahsuldorligi va fiziologik holatiga qarab tuziladi. Har bir hayvon ratsioniga shunday oziqalar 
kiritilishi kerakki, u hayvonning tabiatiga mos bo‘lsin. 
O‘zbekiston sharoitida zog‘orabaliq, oq amur, do‘ngpesha- nali baliqlarni oziqlantirishda 
asosiy oziqalar bo‘lib kungaboqar, makkajo‘xori doni, soya, bug‘doy, arpa, suli, bug‘doy 
kepagi, oziqa achitqisi, baliq uni, go‘sht uni, go‘sht-suyak uni, qon uni va ko‘p oziqalar 
hisoblanadi. 
Baliqlar uchun tabiiy oziqa bazasi 
Hovuzdagi tabiiy oziqa bazasi o‘simlik va hayvon organizm- lari kompleksini o‘z ichiga 
oladi. 
Tabiiy oziqa bazasi o‘lchamlari bilan farq qilib, mikroskopik o‘lchamdan yirik 
o‘lchamlargacha bo‘ladi. 
Har bir organizmlarning turli xillari baliqlar uchun oziqa hisoblanadi. 
Har qanday boshqa suv havzasidek sun’iy hovuz ham, eko- logiya qonunlariga ko‘ra 
rivojlanib boradigan suv ekotizimidir. Baliqshunos ekologiya asoslarini bilishi kerak, negaki 
baliq yetishtirishning muvaffaqiyatli kechishi ularga bog‘liq. 
Hovuzning oziqa zaxiralarini o‘simliklar, bakteriyalar, suv jonivorlari, erigan organik 
moddalar, detrit suv qatlami hamda suv tubidagi cho‘kma qatlamlari tarkibidagi mayda mineral 
par- chalar bilan aralashgan bakteriyalar, to‘yingan mavjudot qol- diqlaridan iborat qatlam, 
mayda umurtqasizlar hamda baliq li- chinkalarining oziqlanishi uchun ahamiyatlidir. 
Baliqlar hovuzning tabiiy oziqa bazasi — baliqlar tomonidan iste’mol qilinishi mumkin 
bo‘lgan qismi hisobiga o‘stiriladi. 
Hovuzdagi yuqori suv o‘simliklari, shuningdek, baliqshunos mutaxassis tomonidan hovuzga 
kiritilgan o‘simliklar oq amur balig‘i uchun muhim oziqa hisoblanadi. Suv qatlamida erkin suzib 
yuradigan mayda o‘simlik organizmlari mikroskopik yashil suv o‘tlari, fitoplanktonni tashkil 
etadi. Bu oq do‘ngpeshana balig‘i hamda zooplankton organizmlari (suv qatlamida yashab 
baliqlar oziqasi bo‘ladigan tirik mavjudotlar) uchun oziqadir. 
Bakteriyalar va mikroskopik suv o‘tlari bilan oziqlanib sekin harakatlanuvchi va o‘lchamlari 
kichik bo‘lgan kolovratkalar zoo- plankton suv qatlamida erkin suzib yuradigan tirik 
mavjudotlar- ning muhim guruhi hisoblanadi. 
Kolovratkalar lichinkalarni o‘stirish davrida katta ahamiyatga ega. 
Zooplanktonning muhim guruhlariga, shuningdek, bir hu- jayrali qisqichbaqasimonlar ham 
mansubdir. Ular bir yozgi baliqchalarni o‘stirishda va ayniqsa, bir yashar baliqlarda o‘ta muhim 
ahamiyat kasb etadi. Zooplanktonning iste’molchisi chipor do‘ngpeshana balig‘idir. 
Zooplankton mavjudotlari orasida yirtqich sikloplar bor. Ularning yoshlari baliqlar 
tomonidan yaxshi iste’mol qilinadi. Biroq yetuk sikloplar baliq lichinkalari va yosh baliqchalar 
uchun o‘ta xavfli kushandadir. 
Suvning tubidagi cho‘kma qatlamda yashaydigan bentos organizmlariga mansub turli 
hasharotlarning (chivin va boshqa- lar) lichinka va g‘umbaklari qimmatli oziqa hisoblanadi. Zo- 
g‘orabaliq har narsani yeyaveradigan baliq bo‘lsa-da, ammo ben- tosni xush ko‘radi. 
Hovuzlarning suv o‘simliklari zich joylarida qo‘ng‘izlar, ni- nachilar va shunga o‘xshash 
hasharotlarning katta baliqlar uchun oziqa sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan, ammo mayda 
ba- liqchalar uchun kushanda lichinkalari yashaydi. Lichinka uvuldi- riqni ochib chiqqandan 


so‘ng tashqi oziqalar bilan oziqlanmaydi, rivojlanishi uchun qorin qismidagi suyuqlikni 
ishlatadi. Juda qisqa muddatdan so‘ng, qorin qismidagi suyuqlikni ishlatishdan kelib chiqqan 
holda lichinkalar tashqi oziqalar bilan faol oziqlanishni boshlaydilar. Lichinkalar eng kichik 
plankton organizmlar — mik- roskopik suvo‘tlar va kolovratkalar bilan oziqlanadi. 
Tana o‘lchamlarining ortib borishi bilan birga ularning jag‘ apparatlari ham kattalashib 
boradi. Baliqchalar o‘sgani sari yi- rikroq zooplankton organizmlari bilan oziqlanishga o‘tadi. 
Hovuzga baliq o‘tkazishni kechiktirib bo‘lmaydi, chunki hovuzdagi dafniya yoki sikloplar o‘sib 
zog‘orabaliqlarning lichinkalari uchun oziqa bo‘lmay qoladi va oqibatda baliqchalar ham yaxshi 
o‘smay qoladi. 
Lichinka dastlabki 5 kun mobaynida kolovratkalar bilan, 6— 
10
kunlarda mayda shoxdormo‘ylovlilar va kopepodlar bilan, so‘ng yirik shoxdormo‘ylovlilar 
va konepodlar, xironomidalar kabi turli hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanadi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə