B. M. Boboqulov, A. B. Mirzaxodjayev, S. B. Sharipov «maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi»



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/73
tarix11.10.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#127179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
 
2.3. 
O‗qituvchi darsni rejalashtirar ekan, albatta, uni qanday metod asosida 
o‗tkazish haqida bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan 
metodni qo‗llab o‗tkazaversa bo‗ladi, lekin amalda buning iloji yo‗q. Bunga qator 
obyektiv va subyektiv sabablar, mavjud sharoit salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Psixologiya, pedagogika bo‗yicha o‗quv va ilmiy adabiyotlarda dars o‗tish 
metodini tanlashga ta‘sir qiluvchi juda ko‗p omillar ko‗rsatiladi
«Методика 
преподавания 
экономических 
дисциплин» 
kitobi 
mualliflarining fikricha ta‘lim metodini tanlash yoki aniqlashning oltita umumiy 
shart - sharoitlarini ajratib ko‗rsatish mumkin. 
Bular:
1. O‗qitishning qonuniyatlari va tamoyillari.
2. Fanning mazmuni va o‗rganish metodi, jumladan, uning predmeti va 
mavzulari.
3. O‗qitishning maqsadi va vazifalari.
4. Talabalarning o‗quv imkoniyatlari (yoshi, tayyorgarlik darajasi, 
guruhning xususiyatlari). 
5. Tashqi sharoitlar (geografik, ishlab chiqarish, atrof - muhit). 
6. O‗qituvchilarning imkoniyatlari.
Turli - tuman omillarning dars o‗tish metodini tanlashdagi o‗rinlarini 
iyerarxik tarzda joylashtiradigan bo‗lsak, ko‗pchilik psixologlar va pedagog 
olimlarning fikricha, birinchi o‗rinda ta‘limning maqsadi turadi. Aynan dars o‗tish 
maqsadida biz nimaga erishishimiz lozimligi ifodalanadi, erishishimiz zarur 
bo‗lgan natija belgilanadi. Ikkinchi o‗rinda ta‘limning motivatsiya darajasi turadi.


24 
Motivatsiya - bu biologik jihatdan insonning irsiy va to‗plangan tajribasi 
asosida induvidual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo‗naltirilgan, 
undaydigan tuyg‗u. Insonni o‗qishga o‗rganishga ham ana shu tuyg‗u undaydi. 
Subyektiv nuqtai nazardan esa motivatsiya birinchi o‗rinda turadi. O‗qituvchi dars 
o‗tish metodini tanlar ekan, albatta, o‗quvchi, talabalardagi motivatsiya darajasiga 
e‘tibor berish kerak.
XV – XVI asrlarda mashhur olimlar bilishning asosiy qonuniyatlariga 
faqat o‗qitishning emas, balki axloqiy tarbiyalashning ham yetakchi asosi sifatlda 
qaraganlar. 
Ijtimoiy - pedagogik qonuniyatlar quyidagilarda ifodalanadi:
• ta‘lim jarayoni jamiyat taraqqiyotini aks ettiradi;
• ta‘lim va tarbiya jarayoni hamda o‗quvchi - talabalar tafakkurini 
rivojlanishi bir - biri bilan uzviy bog‗langan;
• o‗qitish va o‗rganish jarayonlari yaxlit ta‘lim jarayoni, muayyan ta‘lim 
mazmuni bilan bir-birini taqozo etadi va ikki tomonlama qonuniy aloqani tashkil 
etadi;
• o‗quvchi, talabani biron - bir faoliyatga o‗rgatish uni shu faoliyatga 
maqsadga muvofiq jalb etish orqali amalga oshiriladi;
• o‗qitish maqsadi va o‗quv yurti ta‘lim mazmuni, o‗qitish metodlari va 
shakllari o‗rtasidagi qonuniy bog‗liqlik;
•o‗quv jarayoni o‗quvchi - talaba maqsadining o‗qituvchi maqsadiga 
muvofiq bo‗lishi tufayli amalga oshadi. Bunda o‗qituvchi faoliyati o‗zlashtirishi 
lozim bo‗lgan mazmuniga mos bo‗lishi shart;
• ta‘lim mazmunini o‗zlashtirish sur‘ati va puxtaligi, o‗qituvchi tomonida 
amalga oshirilishi lozim bo‗lgan o‗quv faoliyatiga, o‗quvchi, talabalarni bilishga 
bo‗lgan qiziqishini ta‘minlash;
• ularning har tomonlama rivojlanishi, kamol topishi uchun o‗zlashtirishi 
mumkin bo‗lgan o‗quv jarayoniga qay darajada jalb qilinishi;
• o‗zlashtirilgan o‗quv materiali mazmunining puxtaligini ta‘minlashda 
mavzuni to‗liq yoki qisman takrorlash.
O‗quv jarayonida talabalar bilim qonuniyatlaridan qanday foydalanishlari 
didaktik prinsiplarga amal qilish bilan bog‗liqdir.
Albatta, dars o‗tish metodlarini tanlayotganimizda fanni o‗rganishga 
qo‗yilgan talablar va fanning mazmuniga alohida ahamiyat berish lozim. 
Bir fanni o‗zlashtirishda yaxshi natija bergan metod boshqa fanga 
talabalarni chuqur o‗zlashtirishlari uchun yaxshi yordam bermasligi mumkin. 
Shuning uchun ham dars o‗tish metodlarini tanlaganda, albatta, fanning 
xususiyatlariga alohida diqqat qaratish lozim. 
Fanni o‗rganishda o‗quv materialining murakkabligi va miqdori ham 
muhim rol o‗ynaydi. Demak - dars o‗tish metodini tanlashda fanning bu jihatlarini 
ham hisobga olish lozim. Masalan, oliy o‗quv yurtlarida iqtisodiyot nazariyasi, 
akademik lisey, kasb-hunar kollejlarida iqtisodiyot asoslari fanini o‗rganishda 
abstrakt tafakkur nihoyatda katta rol o‗ynaydi. Buxgalteriya hisobi, tahlil, soliq va 
boshqa shu kabi fanlarda amaliy metodlar fanni o‗rganishga katta yordam beradi. 
Demak, metodlarni muvofiq ravishda tanlash lozim.


25 
Dars o‗tishda qanday metodni tanlash o‗rganilayotgan fanga, uning 
xususiyatlariga, o‗rganiladigan mavzularga bog‗liq. Masalan, statistika fanida 
iqtisodiy ko‗rsatkichlarni hisoblash asosiy rol o‗ynasa, buxgalteriya hisobi fanida 
esa hujjatlashtirishga asosiy diqqat qaratiladi. Bir mavzuning mazmuni 
munozarada chuqur o‗zlashtirilsa, ikkinchisiniki, masala - mashq yechishda 
ko‗proq tushunarli bo‗ladi. 
Dars jarayonini qanday metod asosida tashkil etishda o‗quvchi - 
talabalarning o‗rtacha bilim darajasi ham muhim rol o‗ynaydi. Guruhda 
talabalarning bilim darajasi yuqori bo‗lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga 
undaydigan metodlarni qo‗llash zarur. Bu ularni yanada ko‗proq o‗qishga, 
izlanishga olib keladi.
Bilim darajasi past bo‗lsa, ularga fanning mazmunini o‗zlashtirishga 
yordam beruvchi metodlarni tanlagan ma‘qul. Dars o‗tish qiyin bo‗lgan guruh 
talabalarning bilim darajasi bir-biridan keskin farq qiladigan guruhdir.
Shuning uchun bunday guruhlarda bilimdonlar boshqalarga yordam 
berishiga erishishga, fanni o‗zlashtirishga ko‗maklashadigan metodlarni ko‗proq 
tanlashga to‗g‗ri keladi. O‗qituvchi dars metodini tanlar ekan talabalarning faolligi, 
qiziqishini ham hisobga olishi zarur. Talabalarning qiziqishi past guruhlarda 
ularning faolligini oshiruvchi, fanni o‗rganishga qiziqish uyg‗otuvchi metodlarni 
qo‗llash zarur. Bunda modellashtiruvchi o‗yin turli qiziqarli mashqlar, konkurslar 
o‗tkazish, talabalarga induvidual topshiriqlar berish, aytaylik, biron iqtisodiy 
ko‗rsatkichlarni o‗zgarishidan qanday xulosa chiqishi borasidagi fikrlashlar bilan 
kechadi.
Talabalarning faolligi yuqori guruhlarda ularni o‗z ustida mustaqil 
ishlashlarini ta‘minlovchi, erishgan darajada qotib qolmay, yanada ko‗proq 
bilishga undovchi metodlarni qo‗llash muhim. Dars o‗tish metodining ustun 
darajada bajaradigan funksiyalari. Ta‘lim berish ko‗zda tutilsa bir xil, olingan 
bilimni nazorat , qilish lozim bo‗lsa boshqa xil metod qollash zarur. Shuningdek, 
olinadigan bilim, malakaning zaruriy manbalariga ko‗ra metod tanlash muhim 
ahamiyatga ega.
Dars o‗tish metodini tanlashda ta‘lim berish muddatini ham hisobga olish 
zarur. Ma‘lumki, vaqt inson uchun eng cheklangan resurs. Shuning uchun 
talabalarni doimo vaqtdan unumli foydalanishga o‗rgatish zarur. Fanni o‗rganishga 
umumiy qancha vaqt berilgani, shulardan mavzularga qancha vaqt ajratilganiga 
qarab, dars o‗tish zarur. 
Shubhasiz, dars o‗tish metodlarini tanlashda moddiy-texnik baza, 
o‗qitishning tashkiliy shart - sharoitlari ham muhim o‗rin tutadi. Shuning uchun 
o‗qituvchi har bir mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, maqsadga erishish 
uchun o‗rganilishi zarur bo‗lgan asosiy savollarga ko‗proq vaqt ajratishi, shunga 
muvofiq dars o‗tish metodini tanlash va uni o‗tkazishni rejalashtirishi zarur.
Dars o‗tish metodini tanlashga ta‘sir etadigan yana bir omil darsning shakli 
va tarkibidir. Albatta, nazariy darsda tanlangan metodni, amaliy darsda ham 
qo‗llash kutilgan natijani bermaydi. O‗qitish metodini tanlashda guruhdagi 
talabalar soni ham katta rol o‗ynaydi. Kichik guruhlarda muvaffaqiyat bilan 
qo‗llanilgan metodlar katta guruhlarda kutilgan natijani bermasligi mumkin yoki 


26 
umuman qo‗llash qiyin bo‗ladi.
Dars jarayonida qo‗llaniladigan metodni tanlashda o‗qituvchi bilan 
talabalar o‗rtasida o‗quv jarayonida shakllanadigan munosabatlarda o‗zaro 
hamkorlikka diqqat qaratilsa, boshqalarida avtoritarlik ustun. Dars o‗tish metodini 
tanlashda eng muhim omil bu o‗qituvchining darsga tayyorgarligi darajasidir. 
Chunki qaysi metodni qo‗llash, qanday qilib dars o‗tish, darsning mazmuni 
talabalar ongiga yetkazish o‗qituvchiga, uning bilimi, salohiyati, kasbiy 
ko‗nikmasi, mahoratiga bog‗liq.
Yuzaki qaraganda dars o‗tish metodini tanlash murakkab emas. Ularni 
qanday qo‗llash uchun o‗qituvchida tajriba bor. Ulardan birortasini tanlasa bo‗ldi, 
deya fikr yuritamiz. Lekin ko‗rib o‗tganimizdek, dars jarayonini tashkil etishga 
ko‗plab omillar ta‘sir qiladi.
Bundan tashqari real jarayonga kutilmagan holatlar, sabablar ta‘sir qilishi 
mumkinki, uni avvaldan ko‗rib, hisobga olib bo‗lmaydi. Dars o‗tishda samarali 
metodlarni qo‗llash deganda, mavjud turli - tuman metodlarni orasidan qabul 
qilingan mezonlar bo‗yicha mavjud sharoitda eng yuqori natijaga erishiladigan 
metodlarni qo‗llash tushuniladi. Ular har bir fan, mavzu, savol, guruh uchun turli-
tuman bo‗lishi mumkin.
Dars o‗tish metodlarini tanlashda yangi mavzuni, materialni o‗rganilishi, 
uni mustahkamlash, mavzuni umumlashtirish va dars jarayoni bosqichlari ham 
katta rol o‗ynaydi.
Mavzuni o‗rganish uchun metod tanlashda kompyuterdan foydalanish katta 
imkoniyatlarga ega. Dars o‗tish metodini tanlashning asosi algoritmlar bo‗lib, 
o‗qituvchi belgilangan mezonlar orqali mavzu, uzviy savolni o‗rganish uchun 
kompyuter yordamida optimal metodlarni tanlaydi. Hozirgi paytda 60 dan ortiq 
metodlarni 35 ta shartlar asosida tanlaydigan «Metod» dasturlari bo‗lib, ular 
so‗zsiz o‗qituvchiga dars o‗tish metodini tanlashda katta yordam beradi.
2.4.
Taraqqiyot tufayli hayotimizga kompyuter, internetning kirib kelishi, 
o‗qish, o‗rganishning muhim metodi sifatida masofadan o‗qitishni shakllanishiga, 
rivojlanib borishiga olib keldi. Yoshlarning chuqur bilim, malaka, ko‗nikmaga ega 
bo‗lishga ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‗lgan yuqori malakali professor-
o‗qituvchilar bilan ta‘minlangan bilim maskanlarining markazda va yirik 
shaharlarda joylashgani masofadan o‗qitish tadbirlarining vujudga kelishiga turtki 
berdi.
Hayotda shunday kategoriyadagi kishilar borki, ular o‗z bilimlarini 
oshirishga, tinmay izlanishga ehtiyoj sezadilar. Lekin uni amalga oshirish uchun 
an‘anaviy ta‘lim tizimi xizmatlaridan foydalanishga imkoniyatlari yo‗q. Ular 
uchun eng qulay o‗z xizmat vazifalarini bajargan holda malakalarini oshirishdir. 
Bunday ehtiyojni masofadan o‗qitish yordamida qondirish mumkin.
Masofadan o‗qitishni qulayligi shundaki, undan barcha aholi qatlamlari 
foydalanishi mumkin. Masofadan (distansion) o‗qitish talabani mustaqil bilim 
olishga asoslangan ta‘lim jarayonini yangicha tashkil etishdir. Ta‘lim olish 
jarayoni, muhiti shu bilan xarakterlanadiki, bilim olayotganlar o‗qituvchidan vaqt 
va masofa jihatidan ajralgan holda, uzoqda, lekin telekommunikatsiya vositalari 


27 
yordamida dialog olib borish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.
Masofadan o‗qitish o‗quv materialini xatlar, topshiriqlar yoki audiovizual 
vositalar orqali mustaqil o‗rganishdir.
Masofadan o‗qitish o‗ziga xos qator afzalliklarga ega bo‗lib, ular 
quyidagilardir:
1. Saboq olayotganlar an‘anaviy o‗qishga o‗xshab ma‘ruza, seminar 
darslarga muntazam qatnashmaydilar. Ular o‗rganayotgan fanini, kursini 
o‗zlashtirishi uchun, mutaxassislik bo‗yicha zarur bilimlarni olishga qancha vaqt 
zarur bo‗lsa, shuncha o‗qiydi.
2. O‗qish jarayonini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, kasbiy faoliyat 
bilan birgalikda olib borish mumkin. 
3. Respublikamizning eng chekka hududlarida yashayotganlar ham 
yurtimiz va chet ellik eng taniqli professor-o‗qituvchi olimlardan saboq olish, 
jahonning mashhur kutubxonalari fondidagi noyob asarlar bilan tanishish imkoniga 
ega bo‗ladilar. Undan tashqari o‗qitish har ikki tomon uchun qulay vaqtda, 
sur‘atda, kelishilgan holda olib borilishi mumkin.
4. Masofadan o‗qitish keng qo‗llanilgan mamlakatlar tajribasi, hisob-
kitoblari shuni ko‗rsatadiki, an‘anaviy ta‘lim tizimiga qaraganda bu 10-50 foiz 
arzonga tushadi.
Xarajatlarni pasaytirishga o‗quv xonalari, texnik vositalardan samarali 
foydalanish, o‗quv materiallarini konsentrasiyasi va unifikasiyasi orqali erishiladi. 
Shubhasiz, ana shu afzalliklarni hisobga olgan holda respublikamizda ham keyingi 
paytlarda masofadan o‗qitishni yo‗lga qo‗yishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Lekin 
masofadan o‗qitishni respublikamiz miqyosida joriy etish biz xohlaganimizdek 
tezda amalga oshirilishi qiyin. Sababi, qator muammolar mavjudki, ularni yechmay 
turib, qo‗yilgan maqsadga erishib bo‗lmaydi. eng avvalo, masofadan o‗qitishni 
tashkil etish uchun muvofiq ravishda infratuzilmani yaratishni talab qiladi. Zarur 
miqdorda dasturlar bilan kompyuterlarga ega bo‗lib, ularni umumiy tarmoqqa 
ulashini tashkil etish kerak. Masofadan o‗qitish yangi informasion texnologiya, 
kompyuter, audio, videotexnika, telekommunikatsiya vositalari tizimini talab 
qiladi, uni shakllantirib, xizmat ko‗rsatishni yo‗lga qo‗yish lozim.
Virtual axborotdan foydalanmoqchi bo‗lganlar uchun kutubxona fondlari 
kompakt disklar, muvofiq ravishda kataloglar bilan ta‘minlash, ularni umumiy 
tarmoqqa birlashtirish zarur. O‗quv adabiyotlarining elektron variantlarini 
kompleks tarzda tayyorlanishiga ahamiyat berish zarur. Fanlar, kurslar bo‗yicha 
ta‘lim mazmuni davlat ta‘lim standartlari talablariga mos o‗quv komplekslarini 
yaratish lozim. Bu holda darsliklar, qo‗llanmalar o‗rganilayotgan fan bo‗yicha 
masala, mashq, testlar, glossariy, o‗z-o‗zini tekshirish uchun savol-javoblar
ko‗rgazmali qurollar hozirlanishi, o‗quv metodik to‗plamlarning elektron 
variantlari yaratilishiga ahamiyat berish zarur. 
Iqtisodiy fanlarni o‗rganish ancha murakkab bo‗lib, o‗rganuvchidan kuchli 
iroda va sabr toqat, tinimsiz izlanishni, o‗z ustida ishlashni talab qiladi. 
Ma‘lumotlar, dalillar o‗zgarishi qanday natijaga olib kelishi, ular asosida to‗g‗ri 
xulosa chiqarishni bilish iqtisodiy fanlarning asosiy maqsadlaridan biri 
hisoblanadi.


28 
Iqtisodiy yo‗nalish bo‗yicha bilim olayotgan yoshlar uchun, ayniqsa, 
iqtisodiy fanlarni, avvalo, iqtisodiyot nazariyasini chuqur o‗rganish muhim 
ahamiyatga ega. Iqtisodiyot nazariyasi, boshqa iqtisodiy fanlarni masofadan 
o‗qitish uchun zarur elektron o‗quv darsliklari, qo‗llanma, uslubiy adabiyotlar 
tayyorlaganda buni albatta hisobga olish zarur. Lekin hali ana shu talablarga javob 
beradigan o‗quv, uslubiy adabiyotlar yaratilganicha yo‗q. Ularni yaratish 
mashaqqatli mehnatni, vaqtni talab qiladi.
Bundan tashqari, masofadan o‗qitish o‗qishni xohlaganlardan o‗z ustida 
tinimsiz ishlash, o‗z vaqtini to‗g‗ri tashkil etish, ma‘lum darajada boshlang‗ich 
bilim va ko‗nikmaga ega bo‗lishni talab qiladi. Bunga, albatta, katta miqdordagi 
mablag‗, vaqt, mehnat zarur.
Qo‗yilgan maqsadni qisqa muddatda amalga oshirish uchun esa talabalarga 
dastlabki bilim beruvchi, o‗quv adabiyotlari kompleksini tayyorlovchi professor-
o‗qituvchilardan boshlab, masofadan o‗qitishni tashkil qilishga mas‘ul yuqori 
boshqaruv bo‗g‗in vakillarigacha o‗z ishlariga mas‘uliyat bilan yondashishlari 
talab qilinadi. Bu yerda yana bir narsani unutmaslik kerakki, talaba bilan 
o‗qituvchi o‗rtasidagi jonli muloqotni o‗z o‗rni bor, uni hech narsa bosa olmaydi. 
Masofadan o‗qitish texnologiyasi ko‗p miqdordagi talabalarga mo‗ljallangan. 
Agarda ularning soni kam bo‗lsa, sarf-xarajatlarni oshib ketishiga olib keladi. 

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə