B. M. Boboqulov, A. B. Mirzaxodjayev, S. B. Sharipov «maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi»


O‘quv qo‘llanma Samarqand davlat universiteti Ilmiy kengashda ko‘rib



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/73
tarix11.10.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#127179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
O‘quv qo‘llanma Samarqand davlat universiteti Ilmiy kengashda ko‘rib 
chiqilgan va chop etishga tavsiya etilgan. 
 
Ma’sul muharrir:
i.f.d. prof. 
Nasimov D.
A. 
Taqrizchilar:
i.f.n. dots. 
Bozorov B.U. 
i.f.n. dots. 
Xoliqova L.N. 
PhD. 
Sharifov Sh.S. 
O‘quv qo‘llanma SamDU Kengashining 2021 yil 30 noyabrdagi (5-sonli 
bayonnoma) yig‘ilishi qarori bilan chop etishga tavsiya etilgan.
 
 
ISBN 978-9943-7045-4-1 
 
 
 
© Samarqand davlat universiteti, 2021 



KIRISH 
 
O‗zbekiston Respublikasining «2030 – yilgacha ta‘limni rivojlantirish 
konsepsiyasi» va «Ta‘lim to‗g‗risida»gi (23.09.2020й) qonunni hayotga tadbiq 
etish - davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu dasturiy 
hujjatlarda kadrlarning mamlakatimizni iqtisodiy ravnaq topishini ta‘minlashda hal 
qiluvchi rol o‗ynashi hisobga olingan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, 
mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilishning qonun-qoidalariga amal qilgan 
holda turli yo‗nalishlar bo‗yicha pedagoglar tayyorlashga kirishildi. Shu jumladan, 
professional iqtisodchi pedagoglar tayyorlash ham qo‗yilgan vazifani amalga 
oshirishning muhim bo‗g‗ini hisoblanadi. Jamiyatning taraqqiyot darajasi, 
davrimizning axborot asriga aylanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlar shuni 
ko‗rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday holatda 
ham to‗g‗ri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassis qilib 
tayyorlash uchun faqat an‘anaviy uslublarga tayanib dars o‗tish yetarli emas. Bu 
esa ta‘lim tizimida jahon tajribasidan keng foydalanishni talab etadi. Shu talabdan 
kelib chiqib, kasb ta‘limining bakalavriat yo‗nalishi bo‗yicha ta‘lim olayotgan 
talabalarga mutaxassislik fani sifatida «Iqtisodiy fanlarni o‗qitish uslubiyati darsi 
2008-yilda qabul qilingan yangi TS bo‗yicha esa «Kasb ta‘limi metodikasi» 
o‗qitiladigan bo‗ldi. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va bu sohadagi 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilim olishga, iqtisodiyot sir-asrorlarini 
o‗rganishga bo‗lgan harakatni, fanni chuqur o‗rganishga bo‗lgan talablarni ham 
kuchaytirdi. Bu esa, o‗z navbatida, iqtisodiy qonunlarni yaxshi biladigan, turli 
vaziyatlarni taqqoslash, iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida samarali 
xo‗jalik yuritish uchun muqobil variantlarni to‗g‗ri tanlash va qaror qabul qilish 
malakasiga ega bo‗lgan iqtisodchilar tayyorlashnigina emas, balki ularni 
o‗qitadigan iqtisodchi-pedagoglar tayyorlashni ham talab qiladi. Iqtisodchilar 
tayyorlashdagi 
mutaxassislik 
fanlarni 
o‗qitadigan 
iqtisodchi-pedagoglar 
tayyorlashda iqtisodiy fanlar yetakchi o‗rin tutadi. Shu sababli, bu sohadagi kasb 
ta‘limi bakalavriat yo‗nalishi talabalari uchun maxsus mutaxassislik fanlari bu - 
iqtisodiy fanlar bo‗lgani tufayli iqtisodiy fanlarni o‗qitish metodikasi o‗rganiladi. 
Iqtisodchi-pedagoglar uchun kasb ta‘limi metodikasi - bu iqtisodiy 
fanlardan dars o‗tishni o‗rganish metodikasi bo‗lib, iqtisodiy fanlarni talabalarning 
chuqur o‗rganishlari uchun fanning va mavzuning maqsadidan kelib chiqqan holda 
qanday vosita va metodlarni tanlash va dars jarayonida qo‗llash yo‗llarini 
o‗rganish, bo‗lg‗usi iqtisodchi-pedagoglar ongiga yetkazishni ko‗zda tutadi. 
Iqtisodiy fanlarni yoshlarga o‗rgatish uchun o‗qituvchining o‗zi bu fanlarni 
yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo‗llay olishi talab etiladi. 
Shu bilan birga, pedagogika, psixologiya, maxsus fanlarni o‗qitish metodikasi, 
pedagogik texnologiya va boshqa fanlarni ham chuqur bilishi zarur bo‗ladi. 
Kadrlar tayyorlashdagi asosiy maqsad zarur bilimlarni o‗zlashtirish bilan 
birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash 
va qaror qabul qilish ko‗nikmasini hosil qilishdir. 
Ma‘lumki, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlar o‗z navbatida ishchi 
kuchiga ham alohida talablar qo‗yadi. Ya‘ni ishchilar malakali, mahoratli, 



talabning o‗zgarishiga moslashuvchan, o‗z malakasini oshirishga intiluvchan 
bo‗lishi talab etiladi. Ishchi kuchiga bo‗lgan talablarni talabalar chuqur idrok 
etishlari, mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarashlarni taqqoslash, tahlil qilishni
oqilona xulosa chiqarishni o‗rganishlari lozim. Jahon Pedagogikasida diqqat-
e‘tibor talabalarda ana shu xislatlarni hosil qilish va tarbiyalashga qaratilgan. 
Tajriba talabalarda aynan ana shu xislatlar, ko‗nikmalarni hosil qilishda dars 
berishning interaktiv metodlarini qo‗llash ijobiy natija berishini ko‗rsatdi. Bu 
uslublar dars o‗tishni dialog tarzida amalga oshirishga, ayniqsa, talabalarni darsga 
faol qatnashishlarini ta‘minlashga qaratilgan. 

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə