B. M. Boboqulov, A. B. Mirzaxodjayev, S. B. Sharipov «maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi»



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/73
tarix11.10.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#127179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 I BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA DARS O‘TISH 
METODIKASI 
REJA 
1.1. Pedagogik texnologiya va unga turli jihatdan yondashish 
1.2. Ta’lim texnologiyasida dars o‘tish metodlarining tutgan o‘rni 
1.3. Ta’lim tizimiga yondashuvlar va dars o‘tish metodlari 
 
1.1.
Hozir mamlakatlar o‗rtasidagi iqtisodiy raqobat - fan, texnika va 
texnologiya sohasidagi raqobatga aylandi. Demak, raqobat intellektual mohiyat 
kasb etib, ta‘lim sohasidagi raqobatga aylanmoqda desak xato bo‗lmaydi. 
Bozor iqtisodiyoti, unga doimo noaniqlik yo‗ldosh bo‗lishi mutaxassis 
kadrlar tayyorlashga ham yangicha talablar qo‗yadi. Undan tashqari bugungi kunda 
bilimning daromad manbai va ijtimoiy himoya sifatidagi rolining ortishi ham uni 
aniq pragmatik ma‘no kasb etishiga olib keladi. Shuning uchun ham 
respublikamizda ta‘lim tizimini isloh qilishga alohida diqqat qaratildi.
Biroq respublikamizda ta‘lim tizimini isloh qilishga, raqobatbardosh 
kadrlar tayyorlashni ta‘minlashga doir o‗tkazilayotgan islohotlar avvalgi ta‘lim 
tizimining ijobiy tomonlaridan tamomila voz kechish degani emas. Barcha sohada, 
jumladan, ta‘lim tizimida ham avvalgi erishilgan ilmiy potensialga tayanish, 
ma‘naviy merosni amaliyotga tadbiq etish, ijobiy jihatlaridan foydalanish zarur. 
Asosiy maqsad - zamonaviy talab darajasida yoshlarimizni tayyorlash, ijodiy 
fikrlay oladigan malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Bu esa, o‗z navbatida, ta‘lim 
jarayoniga boshqacha nazar bilan qarashni talab etadi. Mamlakatimizda ta‘lim 
tizimida qator kamchilliklar mavjud bo‗lib, u o‗z navbatida zamon talablariga mos 
juftli raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga to‗sqinlik qila boshladi. Ularni Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturining kamchiliklar va muammolar qismida ko‗rsatib 
o‗tilgan.
Ushbu dasturiy hujjatda mamlakatimizda uzluksiz ta‘lim-tarbiya tizimini 
tashkil qilish muammolari hal qilinmagani, amaldagi ta‘lim tizimi zamonaviy 
taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi, 
mutaxassislar tayyorlash, ta‘lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo‗layotgan islohot, 
yangilash jarayonlari, bozor talablari bilan bog‗lanmagani, mavjud umumta‘lim va 
kasb-hunar dasturlari o‗rtasida uzviylik, vorisiylikning yo‗qligi sababli, tayanch va 
o‗rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo‗naltirilganlik va mehnat faoliyati 
ko‗nikmalari shakllantirilmagani, o‗quv jarayoni bilim darajasi o‗rtacha bo‗lgan 
o‗quvchilarga mo‗ljallangan bo‗lib, ta‘limning iqtidorli yoshlar bilan yakka 
tartibdagi o‗quv dasturlari bo‗yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi 
foydalanilmagani ta‘kidlangan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida: «Maktablarda va boshqa o‗quv 
yurtlarida ta‘lim jarayonining o‗zidagi va o‗qitish metodidagi har xil kamchiliklar 
oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli 
muhit shunga olib keladiki, o‗quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolyapti, 
oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yo‗q», - deyiladi. 
Ana shu kamchiliklarni hisobga olgan holda Milliy dasturni amalga 
oshirishning birinchi bosqichidayoq pedagog va ilmiy pedagogik kadrlar 



tayyorlash hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan 
darajada tashkil etish masalasi qo‗yilgan.
Ikkinchi bosqichda esa ta‘lim muassasalarini moddiy-texnika va axborot 
olish bazasini mustahkamlashni davom ettirish bilan birga o‗quv-tarbiya jarayonini 
yuqori sifatli o‗quv adabiyotlari va ilg‗or Pedagogik texnologiyalar bilan 
ta‘minlanishi amalga oshirilishi va keyingi bosqichda ham davom ettirilishi ko‗zda 
tutilgan edi. 
Ma‘lumki, sobiq Ittifoqda 1917-yil ta‘lim tizimi tubdan isloh qilinib, 
bolalarning millati, jinsi, ijtimoiy va moddiy ahvolidan qat‘iy nazar tekin bilim 
olish imkoni yaratilib, 1936-yilga kelib yoppasiga savodxonlik tiklangan edi. 
Shuning uchun ham fan-texnikada, ayniqsa, atom, kosmik tadqiqot sohalarida katta 
yutuqlarga erishildi. Yerning birinchi sun‘iy yo‗ldoshi uchirildi, kosmosga birinchi 
inson parvoz qildi.
AQSH, Yaponiya va boshqa mamlakatlar buning sirini kirishib, oxir - 
oqibat o‗z mamlakatlarida ta‘lim tizimini isloh qilishga kirishdilar. Sobiq Ittifoqda 
keyinchalik ta‘lim tizimidagi ma‘muriy avtoritar boshqaruv, qattiq partiyaviy 
diktatura va boshqa qator kamchiliklar ta‘lim tizimini ham turg‗unlikka olib keldi 
va peshqadamlik boy berildi. Fan - texnika taraqqiyoti ta‘lim tizimida ham tub 
o‗zgarishlarni zaruriyatga aylantirdi. Natijada, Pedagogikada ham yangi oqim - 
ta‘lim texnologiyasi, o‗qitishning interaktiv metodlari ishlab chiqilib, dars 
jarayonida foydalanishga katta ahamiyat berila boshlandi.
Mamlakatimizda bir tomondan, qator sabablarga ko‗ra ta‘lim sohasida 
yo‗qotilgan ilgarigi mavqeini tiklash, ikkinchi tomondan, rivojlangan mamlakatlar 
qatoridan o‗rin olish uchun ta‘lim samaradorligini oshirish, buning uchun esa 
chora-tadbirlar belgilash zarur edi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan ana shu zaruriyatga alohida 
diqqat qaratila boshlandi. Aynan ana shu zaruriyat tufayli Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi ishlab chiqildi va uni amalda qo‗llash taklifi kiritildi. 
Ta‘lim jarayonini jahon tajribalari asosida tashkil qilish, o‗quvchi-
talabalarni 
mustaqil 
fikrlashga 
o‗rgatishga ahamiyat berila boshlandi. 
Respublikamizda ham ta‘lim jarayonini yangi Pedagogik texnologiyalar asosida 
tashkil etishga e‘tibor berish boshlandi. Pedagogik texnologiya deganda nimani 
tushunishimiz kerak degan savolga javob berish uchun avvalo texnologiya 
so‗zining ma‘nosini bilib olishimiz kerak. 
«Texnologiya» - yunoncha techne va logos so‗zlaridan olingan bo‗lib, 
mahorat, san‘at va so‗z, ta‘limot ma‘nosini anglatadi. Odatda, texnologiya ishlab 
chiqarishga nisbatan qo‗llanilgan. Texnologiya deganda mahsulot ishlab chiqarish 
uchun xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlarga ishlov berish yoki qayta ishlash 
yo‗llari, usullari tushunilgan. Fan-texnika taraqqiyoti tufayli texnologiya ham 
takomillashib borgan. 
Patent, litsenziyalar sotiladigan va sotib olinadigan bo‗lgach, texnologiya 
deganda tayyor mahsulot olish uchun xomashyo, materiallarga ishlov berish 
usullari, bajaradigan ishlarning ketma-ketligi va qanday tarzda bajarilishi haqidagi 
hujjat ham tushuniladigan bo‗ladi. Masalan, sanoatda ishlab chiqariladigan 
mahsulot, aytaylik, detalni loyihalaganda qanday materialdan tayyorlanadi, shakli 



qanday bo‗ladi, buning uchun standart belgilari, chizmalar va ulardagi 
o‗lchamlarni aniqlash va boshqa talablar aks ettiriladi. Loyihada aks ettirilgan 
xomashyo va unga ishlov berish operatsiyalari og‗ishmay bajarilsa belgilangan 
standartdagi mahsulot tayyorlanadi, ya‘ni mahsulot sifati yuqori darajada 
kafolatlanadi.
Taraqqiyot «Texnologiya»ni fan sifatida ham o‗rganishni obyektiv zarur 
qilib qo‗ydi. U fan sifatida fizik, kimyo, mexanik va boshqa qonuniyatlarni 
aniqlash orqali mahsulot ishlab chiqarishning samarali usullarini o‗rganish, 
yangiliklarni topish va tajribada sinashni o‗rganadi.
XX asrda fizika, kimyo, energetika, biologiya, matematika, informatika va 
boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan texnologiyalar texnologik inqilobni 
keltirib chiqardi. Fan-texnika taraqqiyoti yaratilgan texnika va texnologiyalarni 
tushunadigan ularni ishlata oladigan, ko‗rsatilgan texnologiya bo‗yicha mahsulot 
yarata oladigan kadrlar tayyorlashni ham obyektiv zarur qilib qo‗ydi. Mutaxassis 
kadrlarning qay darajada bilim olishi, ko‗nikma-mahoratiga ega bo‗lishi ta‘lim 
muassasalarida ta‘lim-tarbiya jarayonini ko‗p jihatdan qanday tashkil etilishiga 
bog‗liq. Shuning uchun ham ko‗plab pedagoglar o‗quvchi talabalarga nimani 
o‗qitish, o‗rgatish kerak, qanday o‗qitish, o‗rgatish kerak? degan savol qo‗yib, 
unga javob topish uchun tinimsiz izlanishlar olib boradilar. Pedagog olimlar va 
amaliyotchilar ishlab chiqarish texnologiyasini nazarda tutgan holda o‗quv 
jarayonini ham «texnologiyalashtirishga», ya‘ni o‗qitishni natijasini kafolatlangan 
o‗ziga xos texnologik jarayonga aylantirishga urinadilar. Natijada Pedagogikada 
yangi yo‗nalish - Pedagogik texnologiya, xususan, O‗qitish va tarbiyalash 
texnologiyasi paydo bo‗ldi. 
Pedagogik texnologiya - bu ta‘lim samaradorligini oshirish uchun 
qo‗llaniladigan hamda Pedagogika nazariyasi va amaliyotining barcha sohalari 
bilan o‗zaro bog‗liq bo‗lgan o‗qitish shakllari, metodlari, vositalari, unga 
yondashuvlar, tizimlar, konsepsiyalar, tendensiyalar, g‗oyalarning fanlararo o‗zaro 
birikib yagona majmua tarzida ifodalanishini bildiradi. 
Pedagogik texnologiya deyarli yarim asr davomida tadrijiy ravishda 
rivojlandi va hozirgi darajaga yetdi. Bu davrda o‗qitish «og‗zaki audiovizual 
dasturlash - multimedia gipermedia» ketma-ketligi bo‗lib almashindi.
Pedagogik texnologiyaning e‘tirof etish davrini to‗rt bosqichga bo‗lish 
mumkin.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə