B. M. Boboqulov, A. B. Mirzaxodjayev, S. B. Sharipov «maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi»



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/73
tarix11.10.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#127179
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Dars o‘tish uchun zarur jihozlar: 
-
proyektor, slaydlar, plomaster, kitob, gazeta - jurnallar.
Dars o‘tishda foydalaniladigan ko‘rgazmali qurollar
(slayd, vatman 
qog‗ozga chizilgan bo‗lishi yoki dars davomida doskaga chizish mumkin): 
- ehtiyojlar va resurslar tarkibining tasnifi berilgan sxema; 
- imkoniyat egri chizig‗ini ifodalovchi grafik. 
Tarqatiladigan materiallar:
- ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‗i modeli tasvirlangan grafik 
asosida masalalar, darsda bajariladigan topshiriqlar;
- qaror qabul qilish setkasi. 
Seminar darsida muhokama qilinadigan savollar va ularga ajratilgan 
taxminiy vaqt: 
Tashkiliy qism 5-8 daqiqa. 
Muhokama qilinadigan savollar 
Savollar mazmuni 
Ajratilgan 
vaqt 
1. Ehtiyojlarning mazmuni. Ehtiyojlarning tarkibi. Induvidual, 
guruhiy va umumjamiyat ehtiyojlari.
2. O‗zbekistonda ehtiyojlarning xususiyatlari.
3. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalish qonuni.
4. Resurslarning cheklanganligi. Ishlab chiqarish imkoniyati.
5. Tanlov va muqobil qiymat. Muqobil tanlov va qaror qabul 
qilish.
6. Iqtisodiyotning bosh muammosi.
7. Ehtiyojlarni qondirilish darajasi Darsni yakunlash 
10-12 
10-12 
8-10 
10-12 
10-15 
8-10 
8-10 
5-8 
Darsning qisqacha tafsiloti
1. 
Tashkiliy qism
Talabalar bilan salomalik qilinadi. O‗qituvchi auditoriyada zarur jihozlar 
bor-yo‗qligini ko‗zdan kechirib chiqadi. Davomat tekshiriladi. So‗ngra o‗tgan 
seminar darsida o‗tilgan mavzuini qisqacha takrorlab, yangi mavzuni boshlaydi. 
Darsning qisqacha maqsadi bayon qilinadi: 
O‗tgan seminar darsida biz iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va 
uslubi mavzusini yakunladik. Shu mavzuda biz iqtisodiy g‗oyalarning vujudga 
kelishi, -iqtisodiy nazariyaning fan sifatida shakllanish jarayoni, asosiy iqtisodiy 
maktablarni ko‗rib o‗tdik. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, iqtisodiy 
qonunlar, kategoriyalar, hodisalar va ularni o‗rganishning uslublarini birgalashib 
muhokama qildik. 
Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisodiy fanlarning poydevori ekanligi, 
davlatning iqtisodiy siyosatining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdagi tutgan o‗rni, 
normativ va pozitiv iqtisodiy nazariyaning farqini o‗rgandik. Ijtimoiy-iqtisodiy 


59 
rivojlanish va uning muammolarini aniqlashda iqtisodiyot nazariyasi fanining 
ahamiyatini bilib oldik. 
Bugun biz yangi mavzu: «Iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyojlari» 
mavzusini muhokama qilamiz. 
«Iqtisodiyot nazariyasi fanini o‗rganishni aynan mana shu mavzudan 
boshlashimiz bejiz emas, chunki insonning butun hayoti turli-tuman ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgandir. 
Bugungi mavzuda biz ana shu ehtiyojlarning tarkibi, ularning cheksizligi, 
ehtiyojlarni qondirish uchun zarur ne‘matlarni ishlab chiqarish uchun resurslarni 
cheklanganligi, bundan kelib chiqadigan iqtisodiyotning bosh muammosi, tanlov 
va qaror qabul qilishni zarurati va boshqa masalalarni o‗rganamiz. 
Darsga seminar mashg‗uloti rejasi bo‗yicha tayyorlanib kelish kerak edi. 
Darsga hamma tayyormi? - deya so‗rab, tayyorlanmay kelganlarni sababini 
aniqlaydi. Bugungi mavzu muhokamasini boshlaymiz deb, o‗qituvchi kirish so‗zini 
tugatadi. 

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə