B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )


Mustaxkamlash uchun savollar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

 
Mustaxkamlash uchun savollar 
1.
Mikroskop qanday qismlardan iborat? 
2.
Okulyar va ob’ektivning qanday xillari bor? 
3.
Mikroskop ishga qanday tayyorlanadi? 
4.
Kandensor qanday vazifani bajaradi? 
5.
Qoplag’ich oyna nima uchun kerak? 
6.
 
Preparat tayyorlash tartibini aytib bering.
 
2.3. Hosil qiluvchi to’qima – meristema 
 
Kerakli asbob va materiallar: 
mikroskop, tayyor mikropreparat, lupa, mayda 
asboblar, skalpel, suv, xlorgidrat, metilen ko’ki, elodeya o’simligining o’suv konusi. 
 
 Umumiy tushuncha 
Meristema bo’linish yo’li bilan yangi hujayralar hosil qiladigan to’qima bo’lib, 
ular doimo bo’linish xususiyatiga ega. Bo’linish xususiyatini doimiy saqlaydigan 
hujayralar boshlang’ich hujayralar deb ataladi. Dastlabki hujayralarning bo’linishi 
natijasida meristema hosil bo’ladi. Meristema o’simlik tolasining ko’p qismida 
uchraydi. O’simlik tanasida bir necha xil meristema bo’ladi. 
Uchki (apikal) meristema, odatda, o’simliklar poya va ildizning uchki qismlarida 
joylashgan bo’lib, ularni uchidan bo’yiga o’sishini ta’minlaydi, ba’zan birinchi 
(boshlang’ich) meristema deb ham ataladi. Yon meristemalar – laterial meristemalar 
o’simlikning yon organlarida parallel joylashgan bo’lib, organlarning eniga o’sishini 
ta’minlaydi yoki ikkilamchi meristema – kambiy deb ham ataladi. Oraliq, interkalyar va 
travmatik meristema o’simlik tanasining jarohatlangan yerida boshqa meristema yoki 
to’qimalardan hosil bo’ladi va jarohatlangan joyini tiklaydi. 
Meristema hujayralarining shakli, tuzilishi, joylashishi va bajaradigan vazifasi ham 
bir-biriga o’xshash. Ularning shakli izodiametrik, tomonlari bir-biriga teng, hujayra 
oraliqlari yo’q, hujayralar yupqa po’st bilan o’ralgan, hujayra ichida quyuq tsitoplazma 
va o’rtada bitta katta yadro joylashgan; xloroplastin rangsiz. Meristema hujayralari 
doimiy bo’linib turadi. Hosil bo’lgan hujayralarning hammasi yoki ko’pchiligi asta-
sekin doimiy to’qimalarga aylanib, hosil qilish-meristematik xususiyatini saqlaydi. 
O’sish konusida joylashgan apikal meristemadan hosil bo’lgan barcha to’qimalar 
birlamchi to’qimalar deb ataladi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə