B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

rasmini chizish. 
Qoplovchi to’qimalar o’simlik organlarining tashqi tomondan o’rab turuvchi 
hujayralar guruxidan iborat bo’lib, ular yuzlab sharoitdan mexanikaviy ishqalanish, 
bakteriya va zamburug’larning zararlanishidan saqlaydi, ya’ni ximoya vazifasini 
bajaradi. Qoplovchi to’qimalar kelib chiqishiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. 
Birlamchisi epiderma, ikkinchisi esa po’kat va po’stloq deyiladi. Epiderma bir-
biriga zich joylashgan tirik parenxima hujayralardan iborat bo’lib o’simliklarning 
barcha yosh qismlarini qoplab turadi. Epiderma hujayralarning qiyofasi notekis bo’lib 
to’g’ri burchakli to’rt burchak, besh-oltita va undan ortiq ko’p burchak hamda noto’g’ri 


131 
burchak (egri-bugri) shaklda zich joylashgan. Hujayra tarkibida tsitoplazma, yadro 
bo’lib, po’sti tsellyulozadan tarkib topgan, hujayrasining tashqi po’sti ichki po’stidan 
qalin bo’ladi. 
Epidermis o’simliklarning yashash muhitiga qarab mumsimon-moysimon yod 
kukin bilan qoplangan bo’lib, yaltiroq tashqi qavat hosil qiladi. Qutikula o’zidan havo 
va suvni o’tkazmaydi hamda o’simlikdan suvning bug’lanib ketishini sekinlashtiradi. 
Havo almashishi va suvning bug’lanishi alohida og’izchalar (ustitsalar) orqali ro’y 
beradi; og’izchalar epiderma hujayralari orasiga joylashgan bo’lib, u yumaloq va ochilib 
turadigan ikkita loviyasimon qoplovchi hujayradan iborat; og’izcha ostidagi havo 
bo’shliqqa to’planadi; bo’shliq esa o’simlikdan ichki to’qimalarning hujayralarning 
oralig’iga borib qo’shiladi. Qoplovchi hujayralar po’sti har xil, ya’ni og’izcha 
teshikchalari tomon joylashgan po’sti boshqa qismlariga nisbatan qalinroq tuzilgan. Bu 
hujayralar tarkibida xloroplastlar mavjud bo’lishi bilan epiderma hujayralaridan farq 
qiladi. Qamrovchi hujayralar atrofida o’rnashgan epiderma hujayralari og’izcha yon 
hujayralari deyiladi. Epidermis ustida mayda to’nchalar va barglar bo’lib, ular epidermis 
hujayralarining tashqi muhitga tomon o’sgan o’simtasidir. Ular kutikula kabi suvni 
ortiqcha bug’lanishdan, o’simlikni noqulay sharoitdan saqlaydi. Tuklar har xil shaklli 
bir va bir nechta hujayrali bo’ladi. Ba’zi tuklarning uchi pufakchasimon yumaloq bo’lib, 
zaharli moddalar, efir moylari va boshqa moddalarni saqlaydi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə