23
ko‘pincha uni “Kitob ul-masolik fi-ma’rifat ul-mamolik” (Mamlakatlarni bilishda
masofalar kitobi) deb yuritishadi.
Jayhoniy o‘z asarlarida O‘rta Osiyo,
Hindiston, Xitoy, Sarandib (Seylon),
Eron qazilma boyliklari, shuningdek shu mamlakatlarning tabiiy resurslari haqida
mukammal ma’lumotlar keltirgan. Uning,
ayniqsa Sarandib, Hindiston, O‘rta
Osiyo, Xitoy o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqidagi to‘plangan materiallari
qimmatga sazovordir. Jayhoniyning yozishicha Hindiston qirg‘oqlarida
shunday
o‘ziga xos o‘simliklar o‘sadiki, ular boshqa yerlarda uchramaydi.
Jayhoniy asarlarida O‘rta Osiyo va Xuroson o‘lkasida yashovchi xalqlar,
geografik chegaralar, ularni ijtimoiy va ma’muriy
faoliyati, hunarmandchiligi,
tabiiy resurslari mahalliy xalqlar foydalanadigan mahalliy dorivor o‘simlik va
hayvonlardan olinadigan dorivorlar va ularning tibbiyotdagi roli haqida batafsil
ma’lumotlar berilgan.
Jayhoniy ayrim daraxtlarning ma’lum vaqtlarda o‘zidan
suyuqlik ajratib
chiqarish xususiyatlarini va bunday xususiyat ularning shakli o‘zgargandan keyin
ham uzoq vaqt saqlanib qolishini, shuningdek baland tog‘li o‘lkalarda havo
(kislorod) siyrak bo‘lishi tufayli yashash qiyinlashishi kabi hodisalarni ham keng
sharhlaydi.
Farobiy
olim, shoir, tabib, sozanda va bastakor, filosof, adabiyotchi sifatida
tanildi. O‘sha vaqtlarda ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar majmuasi hisoblangan
“Hindiston dorilari va dorivor o‘simliklari”, ”Nabotiya dehqonchiligi haqida” kabi
kitoblar bir qancha tillarga tarjima etilgan edi.
Farobiyning tabiatshunoslikka doir “Inson a’zolari haqida risola”, “Hayvon
a’zolari to‘g‘risida so‘z”, “Aristotel bilan Galen o‘rtasidagi munosabat” kabi
asarlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular inson va hayvon organlari,
ularning
funksiyasi, bir-biriga o‘xshash xossalari va tafovuti kabi masalalar yoritilgan, tirik
organizmlar anatomiyasi, fiziologiyasi va psixologiyasi fanlariga mos bo‘lgan
olam-shumul asarlardir.
24
Tabiatshunoslik ikki xil tanlashni tan oladi – bu inson qo‘li va faoliyati bilan
yuzaga keltirilgan tanlash va tabiatning o‘zi yaratgan va yaratadigan tanlash.
Farobiy o‘z asarlarida sun’iy (inson yordamida) turlarning vujudga kelishini va
tabiiy (inson aralashuvisiz) o‘simlik va hayvon turlarini vujudga
kelishini dunyoda
birinchi bo‘lib ta’riflaydi va biologiyaning fundamental asosi bo‘lgan mazkur
masalani ilk bor ilmiy asoslab beradi. Bu esa evolutsion ta’limot asoschisi ingliz
olimi CH.R. Darvingacha hali ming yil avval yaratilganligini ko‘rsatadi. Shunday
qilib, Farobiyning tabiiy-ilmiy asarlari anatomiya,
fiziologiya, tibbiyot va
biologiyada tabiiy evolutsiya qonunlarini asoslashda ilmiy-nazariy zamin bo‘lib
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: