B tjmurzaqov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov korxonada kadrlar


Zaxira bilan bilan ishlashni tashkil etish



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/85
tarix27.12.2023
ölçüsü144 Kb.
#162759
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Korxonada kadrlar siyosati.PDF

2. Zaxira bilan bilan ishlashni tashkil etish
2.1. Zaxiradagi kadrlar bilan ishlash, uning sifat tarkibi va 
foydalanish samaradorligiga shaxsiy javobgarlikni korxona 
rahbari o‘z zimmasiga oladi.
Zaxira bilan ishlashni tashkil etish rahbar o‘rinbosarlaridan 
biriga topshiriladi.
2.2. 0 ‘z kasbiy darajasi, ishchanligi va shaxsiy fazilatlari bilan 
rahbarlik lavozimlarini egallashga qodir nomzodlami tanlash bo‘yicha 
ishni korxonadagi rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish bo'yicha 
tadbirlami tanlov komissiyasi olib boradi. Tanlov komissiyasini 
tuzish, ishlash va hay’at tarkibi korxona rahbarining qarori bilan 
belgilanadi. Tanlov komissiyasining tarkibiga korxonadagi rahbar 
xodimlar va yuqori malakali mutaxassislar kiradi. Tanlov 
komissiyasining soni besh kishidan kam bo'lmasligi lozim. 
Komissiyaning a ’zolari qabul qilinuvchi qaroming xolisonaligi va 
axborotni sir tutish uchun javobgar. Tanlov komissiyasi raisi 
kadrlar bilan ishlashni tashkil etish uchun korxona rahbarining 
o ‘rinbosari etib tayinlanadi, raisning o‘rinbosari esa korxona 
kadrlar xizmatining rahbari bo‘ lishi shart. Tanlov komissiyasi 
yig'ilishilarning davriyligi zaxirani yangilash zaruriyatini hisobga 
olib, 
kadrlar xizmati rahbarining taklifiga binoan belgilanadi. 
Tanlov komissiyasining yig‘ilishlari tarkibdagi a’zolardan uchdan 
ikki qismi hozir bo‘lganida o‘tkaziladi.
Tanlov komissiyasi faoliyatining tashkiliy-texnik jihatlari 
kadrlar xizmati hisobidan amalga oshiriladi.
2.3. Kadrlar xizmati korxonadagi personalga tezkor rahbarlik 
qiladi va zaxira bilan bevosita doimiy ishlaydi, Shu jumladan:
zaxirani 
shakllantirish 
bo‘yicha 
barcha 
joriy 
ishni 
rejalashtiradi va tashkil etadi;
rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha tanlov 
komissiyasining ishini tashkillashtiradi;
zaxiradagilarni 
ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatdan chiqarish
Shuningdek yangi lavozimga taklif qilish to‘g‘risida takliflarni 
kiritadi,
44


zaxira bilan ishlash bo‘yicha tadbirlar rejasining bajarilishini 
nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
zaxiraga olingan shaxslarning mehnat faoliyati natijalarini 
tahlil qilib boradi va baholaydi;
zaxiradagi shaxslami o‘qitish, qayta tayyorlash, malakasini 
oshirish, stajyorlikni tashkil qilish va hokazo professional 
rivojlanish shakllari, tashkiliy tadbirlarni amalga oshiradi;
zaxira bilan ishlash bo‘yicha korxonaning barcha bo‘linmalar 
rahbarlari kadrlar xizmatiga tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatadi;
zaxirada 
bo‘lgan 
shaxslami 
tayyorlash jarayonini 
va 
natijalarini aks ettiruvchi hujjatlami yuritish, rasmiylashtirish
hisobga olishni amalga oshiradi, tegishli ma’lumotlar bazasini 
shakllantiradi va olib boradi;
zaxira bilan ishlash tashkiliy 
samaradorligini oshirishga 
qaratilgan ijtimoiy, ruhiy va boshqa tadqiqotlami tashkil etadi 
hamda ulaming o‘tkazilishida bevosita ishtirok etadi;
zaxira bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar 
kiritadi;
zamr hollarda direktoming zaxira 
ro‘yxatiga 
kiritish 
to‘g‘risidagi qarorini xodimlarga ma’lum qiladi;
zaxira bilan ishlash bo‘yicha boshqa rahbarlik qiluvchi 
hujjatlarda ko‘zda tutilgan boshqa vakolatlami amalga oshiradi.
2.4.Korxona tarkibiy bo‘linmasining rahbari: 
kadrlar zaxirasiga boMajak nomzodlarni tanlab olishda 
bevosita ishtirok etadi;
o‘z bo'linmasida zaxira bilan ishlashni tashkil etish va uning 
tayyorgarligiga javob beradi;
zaxiradagilarni 
kasbiy 
rivojlantirish 
(mustaqil 
o ‘qish) 
bo'yicha shaxsiy rejalami tuzishda ishtirok etadi;
tarkibiy bo‘linmada zaxiradagilaming stajyorlik faoliyatini 
tashkil etib, nazorat qilib boradi.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə