B tjmurzaqov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov korxonada kadrlar


Tajribadan misol. Birinchi voqea



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/85
tarix27.12.2023
ölçüsü144 Kb.
#162759
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
Korxonada kadrlar siyosati.PDF

Tajribadan misol. Birinchi voqea
39


Turli boshqaruv darajalarida yuqori lavozimlarga da’vogar 
bo‘lishi uchun xodimlar qanday fazilatlarga ega bo‘lishlari lozim?
Zaxira qanday shakllanishi kerak, uni shakllashtirishning 
asosiy bosqichlari nimalardan iborat?
Zaxiradagi shaxs qanday huquqlarga ega bo'lishi kerak?
Zaxiradagilaming 
rejalashtirilgan 
lavozimini 
egallashga 
tayyorgarlik darajasini qanday aniqlash mumkin?
Zaxirani tayyorlashning asosiy shakllari qanday?
Nomzod xodim zaxira tarkibida qancha vaqtgacha bo'lishi 
mumkin?
Rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash kim nazorat qiladi?
Rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash tartibi va izchilligini 
qaysi hujjatlarda belgilash kerak? Ular kerakmi o‘zi?
Bundan keyin, korxonaning kadrlar bo‘limi rahbar kadrlar 
zaxirasiga bag‘ishlangan kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat bilan 
tanishib, muhokamaga tayyorlandi. Uni quyida keltiramiz.
“Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish” kadrlar siyosatining 
ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Zaxirani shakllantirishning asosiy 
maqsadi boshqaruv ishlari uchun va shu asosda korxonani boshqa- 
rishning izchilligi, uzluksizligi, samaradorligini belgilash, Shuning- 
dek, uning barqaror rivojlanishi uchun tayyorlangan xodimlar 
guruhini shakllantirishdan iborat. Rahbar kadrlar zaxirasi o‘z 
professional, ishchanlik va shaxsiy fazilatlari bilan eng yuqon darajali 
bo‘sh rahbarlik lavozimlarini egallashga qodir, maxsus shakllangan 
va tayyorlangan xodimlar guruhidir.
Zaxirani tuzish maqsadi quyidagilardan iborat: xodimni yangi 
lavozimga moslashtirish muddatini ixchamlashtirish; korxona 
xodimlari orasida sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish; avlodlar 
o‘rtasida ziddiyatning asta-sekin o'zgarishi, buning natijasida 
korxonadagi 
ishlab chiqarish texnologiyalari va madaniyatni 
saqlash imkoni bo‘ladi. Korxonaning strategiyasi ichki kadrlar 
hisobiga rahbar kadrlar zaxirasini tayyorlashga qaratilgan.
Korxonaning rahbari zaxira bilan ishlash uchun shaxsiy 
javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, zaxira bilan ishlashni tashkil 
etish rahbarning o‘rinbosarlaridan biriga topshiriladi.
40


Aniq lavozim yoki ba’zi lavozim guruhlariga zaxirani 
shakllantirish manbalarini korxona rahbari (uning o'rinbosarlari), 
tarkibiy bo‘linma boshliqlari, Shu jumladan, kadrlar xizmati 
boshlig‘i belgilaydi. Korxonadagi zaxira mutaxassis va rahbarlar 
sonidan, shuningdek boshqa korxonalardagi boshqaruv xodim- 
larining quyi, o‘rta va yuqori bo‘g ‘in lavozimlari hisobidan 
shakllanadi.
Xodimlaming lavozim o ‘sishi istiqbollariga qarab zaxira 
tezkor va strategik mo‘ljallarga 
boMinishi mumkin. Tezkor 
zaxirada rivojlanish salohiyati kamroq bo‘lgan va lavozim o ‘sishi 
cheklangan xodimlar shakllantiriladi. Strategik mo‘ljalga 
esa 
istiqbolda rivojlanish salohiyatiga ega bo‘lgan zaxiradagi 
xodimlar kiradi.
Zaxira 
tarkibi, 
rejalashtirilgan 
lavozimni 
egallashga 
tayyorgarlik darajasiga ko'ra, shartli ravishda uch turga boMinishi 
mumkin: tayyor mutaxassis, istiqbolli mutaxassis va maxsus 
lavozimlar uchun mutaxassis. Kadrlar xizmati zaxiradagilaming 
keyingi ta’lim tizimini ishlab chiqadi.
Korxonada zaxiradagilardan doimiy rivojlanishga qaratilgan 
yuqori darajali manfaatini saqlab qolish uchun muayyan choralar 
ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
Xodimlar faol zaxira tarkibidan, odatda,chiqarilmaydi, balki 
muayyan lavozimga faol zaxira bo‘lish muddati ishchan, 
maqsadga muvofiqligi, unga kiritilgan shaxslarni mansab 
pog‘onalaridan ko‘tarish va ma’lum yoshga erishish istiqbollari 
bilan belgilanadi.
Zaxiradan qat’iy chiqarish harakatlari 
uchun asoslar 
quyidagicha:
-zaxirada bo‘lgan shaxsni intizomiy, ma’muriy va axloqiy 
javobgarlikka tortish;
-attestatsiya komissiyasining xodim egallab turgan lavozimiga 
mos emasligi to ‘g‘risidagi xulosasi;
-egallab turgan lavozim bo‘yicha ishining qoniqarsiz 
natijalari;
-ishdan bo‘shatish, mansabli (xizmat) ishga o‘tish va zaxirada 
qolish imkonini bermaydigan boshqa holatlar.
41


Xodimni 
zaxira 
tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror 
korxona rahbari yoki uning oliy kollegial organi - ishlab chiqarish 
va texnologik kengash, kengash, pedagogik kengash va h.k. 
(ko‘pchilik ovozi bilan) tomonidan qabul qilinadi.
Zaxira bilan ishlashni nazorat qilish doimiy ravishda amalga 
oshiriladi va korxonaning kollegial organi yig‘ilishida korxona 
rahbarining o'rinbosan, kadrlar xizmati rahbari, tarkibiy b o iin - 
malar rahbarlari tomonidan tayyorlangan hisobotlarni tinglash 
yoki zaxira bilan ishlash to‘g ‘risidagi analitik xatlar shaklida har 
yili jamoaga e’lon qilib boriladi».
Korxonaning kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjatda rahbar 
kadrlar zahirasini shakllantirish to‘g‘risida bo'limiga asosan 
kadrlar xizmati zaxira bilan ishlash to‘g ‘risida alohida nizomni 
tayyorlaydi.
(Hujjatdan parchalar keltiramiz.)
T ASDIQL A YMAN 
Korxona direktori
Imzo_______
Sana

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə