B tjmurzaqov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov korxonada kadrlar


Zaxiradagilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/85
tarix27.12.2023
ölçüsü144 Kb.
#162759
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85
Korxonada kadrlar siyosati.PDF

7. Zaxiradagilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash
7.2. Ekspertlar, shu jumladan, tanlov komissiyasi a’zolari 
ham, korxona kadrlar reestriga kiruvchi har bir lavozim guruh- 
laridagi xodim uni muvaffaqiyatli bajarish uchun ega boMishi 
kerak bo‘lgan (kasbiy, ishchan, shaxsiy) fazilatlarning majmuini 
ishlab chiqadilar. Tanlov komissiyasi a’zolari nomzodlarning 
ushbu fazilatlarga ega boiishi nuqtayi nazaridan zaxira tarkibiga 
kiruvchi har bir nomzodni baholaydi.
7.3. Ishbilarmon lavozim o‘sishining istiqbollariga qarab 
zaxira tezkor va strategik yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Tezkor 
zaxiraga rivojlanish salohiyati kamroq bo‘lgan va lavozim 
ko‘tarilishida cheklangan, strategikka esa katta rivojlanish 
salohiyatiga ega zaxiradagilar kiradi. Bu zaxirani tayyorlash 
mablag‘lami samarali taqsimlash imkonini beradi.
7.4. Zaxira tarkibi, rejalashtirilgan lavozimni egallashga 
tayyorgarlik darajasiga qarab, shartli ravishda uch turga bo‘linishi 
mumkin:
- tayyor;
- istiqbolli;
- maxsus.
Bunga asosan shakllangan zaxira tarkibi turli guruhlarga 
bo‘linadi. Kadrlar xizmati zaxiradagilaming keyingi ta’lim bos- 
qichlarini ishlab chiqadi.
•Tayyor zaxira - hozirgi paytda rahbarlik lavozimini egallashi 
mumkin bo‘lgan xodimlar va ularga buning uchun maxsus 
qo‘shimcha tayyorgarlik talab qilinmaydi.
•Istiqbolli 
zaxira - oliy o‘quv yurtlarining istiqboli bor 
talabalari, 31 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar. Bu maxsus 
tayyorgarlikdan 
so‘ng rejalashtirilgan rahbarlik 
lavozimini 
egallashi mumkin bo‘lgan xodimlar guruhi. Oliy o‘quv yurtlari 
talabalari orasidan istiqbolli zaxira tarkibiga nomzodlarni 
ko‘rsatish oliy o‘quv yurtlarining rahbariyati tomonidan amalga
50


oshiriladi, 31 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar esa 
korxonaning tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan tavsiya 
qilinadi.
Istiqbolli zaxira bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyati turli 
jamoat tashkilotlarini 
ishga jalb qilish, 
tahliliy ishlarni 
tayyorlashda ishtirok etish, turli treninglarda ishtirok etish orqali 
kelajak rahbarning fazilatlarini rivojlantirishdan iborat.
• 
Maxsus zaxira - boshqaruv faoliyatida o‘z qobiliyatlarini 
namoyish etgan va ishida eng yaxshi natijalarga erishgan, har 
qanday vaziyatda vakant rahbarlik lavozimiga tayyor bo‘lgan 
nomzodlardir.
Zaxiradagilami 
muayyan zaxira turiga kiritish to ‘g‘risida 
qarorni tanlov komissiyasi qabul qiladi.
7.5. Zaxiraga tayyorlashning asosiy shakllari quyidagilardan 
iborat:
ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim (tayyorlash, qayta tayyor­
lash, malaka oshirish);
individual rivojlanish rejalari bo'yicha mustaqil ta’lim (mus- 
taqil o‘qish); 
seminarlar; 
stajyorlik.
Zaxira bilan ishlash tizimi da tayyorgarlikning boshqa shakllari 
ham qo‘llanishi mumkin:
korxona rahbariyatining majlislari, seminarian, kengashlari, 
komissiyalari ishida ishtirok etishga jalb qilish;
dolzarb muammolar bo‘yicha tahliliy sharhlami tayyorlash; 
rahbarlik lavozimini vaqtincha almashtirish; 
almashtirishga rejalashtirilgan rahbarlik lavozimi ixtisosi 
bo‘yicha mustaqil tayyorgarlik.
7.6. Zaxiradagilami rejalashtirilgan lavozimlariga jadallash- 
tirilgan ta’lim va ko‘tarilishining muhim elementi rotatsiya 
bo‘lishi mumkin. Rotatsiya xodimni gorizontal ravishda axloqiy 
va moddiy qo‘shimcha sabablar bilan bitta mansabli darajadagi 
lavozimga tayinlashdir.
Rotatsiya qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Xodim 
tomonidan boshqa bo‘linmalarning ishini tasaw ur etishi, korxona
51


faoliyatining ishlab chiqarish davri va o ‘zini boshqa sohada sinab 
ko‘rish imkoniyati, yangi bilim va ko‘nikmalar, Shu jumladan, 
boshqaruv bilimlarini olish rotatsiyaning ustunliklaridir.
Muvaffaqiyatli rotatsiya shartlari - ixtiyoriylik, bo‘sh o‘rinlar 
mavjudligi, almashtiriluvchi va yangi bo‘ysunuvchilaming ham 
bevosita rahbari sifatida rotatsiyaga tayyorlanishdir.
7.7. Zaxiradagilami 
tayyorlashning muhim shakli turli 
davriylik bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan “zaxiradagilar kuni” 
boiishi mumkin. Uning mohiyati - zaxiradagilar kun davomida 
amaliyotda bilimlami qanday qo‘llashni bilishni o‘rganadilar. 
Zaxira tarkibiga kiritilgan xodimlar rahbar, uning lavozimida 
zaxiradagilardan foydalanishi shart bo‘lib, lavozim vazifalari, 
huquqlari va mas’uliyatini bir kunga o ‘z zimmalariga oladilar. 
Ikkinchisi rejalashtrilgan lavozimda ishni tashkil etish bo‘yicha 
barcha kerakli chora-tadbirlami bajaradi, Shuningdek barcha 
qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’ul bo‘ladilar. Zaxiradagi 
xodimni kurator nazorat qiladi - uning tayyorgarlik darajasi, 
amaliy tashkiliy va boshqa qobiliyat hamda ko‘nikmalarini 
tartibga soladilar. Zaxiradagilar kuni tugagach, zaxiradagi 
bevosita rahbar bilan birgalikda tarkibiy bo‘linmaning ishlab 
chiqarish faoliyatini tahlil qiladi. Tahlil jarayonida zaxiradagi 
xodimning ijobiy va salbiy natijalari aniqlanadi, kelgusida ulami 
to‘g‘irlash va yo‘l qo'ymaslik maqsadida xatolarga e’tibor 
qaratiladi. Tanlov komissiyasi yig‘ilishida bo‘linma rahbarlari 
“zaxirachi kuni”ning o‘tkazilishi haqida hisobot beradilar, 
zaxiradagilaming kasbiy faoliyati natijalarini ko‘rib chiqadilar, 
ularning keyinchalik kasbiy o‘sishi bo‘yicha takliflar kiritadilar.
7.8. Istiqbolli zaxirada bo'lganlaming professional tayyor- 
garligi tadbirlari bevosita va yuqori turuvchi rahbar, Shuningdek
korxonaning kadrlar xizmati rahbari ishtirokida maxsus ishlab 
chiqiluvchi individual rivojlanish rejalariga muvofiq o‘tkaziladi.
• 
Individual rivojlanish rejasi zaxirada bo‘lish butun davri 
mobaynida amal qiladi va zaxiradagilami eng yuqori darajadagi 
lavozimlami egallashga tayyorlashni rejalashtirish, o ‘z-o‘zini 
nazorat qilish va xodimning lavozim o‘sishini tuzishda qo‘llashga 
mo‘ljallangan. Agar zaxiradagi shaxs tavsiya qilingan muayyan
52



lavozimga bosh nomzod sifatida ko‘rsatilsa, uning 
individual 
rivojlanish dasturi zaxiradagi kadr shaxsiy ishining bir qismi 
hisoblanadi va vaqti-vaqti bilan faollashtiriladi. Individual 
rivojlanish rejasi zaxiradagilaming kelgusi lavozimlar maqsad va 
vazifalariga bog‘liq rejalar mazmuni, o‘qish shakllarini o ‘z ichiga 
oladi.
U quyidagi vazifalarga ega:
- stajyorlikka;
- rotatsiyaga;
- malakani oshirishga;
- boshqaruvga tayyorgarlikka;
- tahliliy hujjatlami, tashkilotning ham umuman olganda va 
lavozimni almashishga rejalashtirilgan vakolatlar doirasiga kiruv- 
chilar ham faoliyatiga daxldor qarorlar loyihasini tayyorlashda 
ishtirok etish;
- ish joyidagi murabbiy bilan loyihaviy ta’lim;
- mustaqil ta’lim, kelgusi lavozimi amalga oshirilganda 
foydalanishi mumkin bo‘lgan belgilangan yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or 
tajribani o'rganish.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə