B tjmurzaqov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov korxonada kadrlar


 Kadrlar siyosatini rasmiylashtirish usullari



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/85
tarix27.12.2023
ölçüsü144 Kb.
#162759
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85
Korxonada kadrlar siyosati.PDF

2.3. Kadrlar siyosatini rasmiylashtirish usullari
Kadrlar 
siyosatini 
rasmiylashtirish 
bosqichida 
tashkilot 
rahbariyati tomonidan kadrlar siyosatini muhokama qilish va uni 
hujjatli rasmiylashtirish jarayoni davom etmoqda. Zarur hollarda 
rahbariyat turli usullardan foydalangan holda, ekspertlar, nufuzli 
mutaxassislar, yuqori organlar rahbarlarining 
kadrlar siyosati 
to‘g‘risida mehnat jamoasining qarashlarini diagnostika qilish 
to‘g ‘risida fikrini bilishi mumkin.
Kadrlar siyosatining qat’iy loyihasini yakunlashda olingan 
takliflar, tuzatishlar, tanbehlar e’tiborga olinadi. Shundan so‘ng 
tashkilot rahbari uning asosiy yo‘nalishlarini saqlovchi hujjatni 
tasdiqlaydi.
Kadrlar siyosatini shakllantirgan har qanday tashkilotda, savol 
tug‘iladi: uni hujjatlashtiradimi yoki yo‘qmi? Tashkilotning 
hujijatlashtirilgan kadrlar siyosati ustunliklari quyidagilar: aniqlik, 
oshkoralik.
5 Травин B.B., Дягглов B.A. Менеджмент персонала предприятия: Учебно-практ. пособие.-3-е изд.- 
М : Дело.- 2000. - 73 с.
60


Kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat asosida xodimlarning barcha 
toifalari - mutaxassisdan tortib har qanday darajadagi rahbargacha -
ularga nisbatan tashkilot talablariga qarab ish tutishlari, personalga 
nisbatan boshqarishning yuqori darajadagi rahbarlar harakatlarini 
tushunish, shaxsiy amaliy karerani yaratishda o‘z istiqbollarini aniq 
ko‘rishlari 
mumkin. 
Tarkibiy 
bo‘linma 
rahbarlari 
kadrlar 
jarayonlarining umumiy nuqtayi nazariga ega bo‘ladilar, kadr 
siyosatini amalga oshirish uchun yondashuvning birligini ta’minlash, 
personalga bo‘lgan talabni belgilashda harakatlami muvofiqlashtirish 
va hamkorlikka intilish, kadrlarga nisbatan korporativ xulq 
standartlarini ta’minlashga ega boiadilar. Boshqaruvning barcha 
darajalarida kadrlar qarorlari ma’lum kadrlar ustuvorliklarini amalga 
oshirishga yordam beradi. Masalan, tashkilotda boshqaruvning o‘rta 
va quyi darajadagi rahbarlariga ilgari ularga ishonilmagan 
vakolatlarni berish ulaming mas’uliyati va obro‘sini oshirishga 
hamda korporativ madaniyatini mustahkamlashga olib keladi. 
Vakolatlarni kengaytirish ular oldida keyingi rivojlanish vazifasini 
aniq qo‘yadi, chunki tarkibiy bo‘linmalardagi kadrlar siyosatini 
amalga oshirish bo‘yicha ish rahbarlami mehnat va ular bilan 
bo g iiq munosabatlar sohasida o‘z malakalarini oshirishga majbur 
qiladi. Oshkora kadrlar siyosati «tashqi dunyoda» tashkilotning 
ijobiy 
obro‘-e’tiborini 
mustahkamlaydi. 
Kadrlar 
siyosati 
to‘g‘risidagi hujjat asosida personalni moslashtirish, rivojlantirish
o‘qitish mumkin, tashkilotda bitta jamoani tezkor ravishda 
yaratish mumkin.
Tashkilotning hujjatlashtirilgan kadrlar siyosati kamchi- 
liklariga samarasizlik va sekinlik kiradi.
Korxonaning kengayib borishi va bozor kon’ynkturasiga tez 
moslashishi natijasida kadrlar siyosatiga o‘zgartirish kiritishi shart 
bo‘ladi. Shuning uchun kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjatga 
vaqti-vaqti bilan tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish kerak 
bo‘ladi.
Kadrlar siyosatini qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish tashki­
lotda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
61


Kadrlar siyosati tashkilotning tegishli rahbarlari tomonidan 
amalga oshiriladi.
Amalda kadrlar siyosati tashkiliy, iqtisodiy, ma’muriy- 
huquqiy, ijtimoiy-psixologik tadbirlar, rejalar, kadrlar dasturi, 
mavzuli dasturlar (personalni baholash, firmada ta’lim, personal 
mehnat faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish, mu- 
rabbiylik va yosh mutaxassislarni ijtimoiy moslaShuvi, xodimlar 
mehnat sharoitlarini maqbullashtirish va hokazo), me’yor, usul va 
qoidalar, personal-texnologiyalar, xodimlami boshqarishning turli 
usullari va personal monitoringi tizimi orqali amalga oshiriladi.6
Turli darajadagi rahbarlaming, ular tomonidan bo‘ysunuv- 
chilar bilan mehnat munosabatlari jarayonida qo‘llanuvchi 
iqtisodiy, ma’muriy va hokazo vakolatlari 
kadrlar siyosatini 
amalga oshirish vositasi hisoblanadi.
Kadrlar 
siyosatida 
amalga 
oshiriladigan 
tadbirlarning 
samaradorligini aniqlash maqsadida ulaming monitoringini 
amalga oshirish kerak. Ichki va tashqi omillar o‘zgarganda 
tashkilot rahbari tashkilotda inqiroz holatining oldini olish uchun 
tegishli rahbarlar oldiga inqirozga qarshi kadrlar dasturlarini 
ishlab chiqish bo‘yicha vazifani o‘z vaqtida qo‘yishi shart. Ular 
kadrlar siyosatini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatni ta’minlash 
uchun kutilayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
qiyinchiliklar va inqiroz hodisalarini bartaraf etish bo‘yicha chora- 
tadbirlar tizimini o‘z ichiga oluvchi alohida vaziyatli rejalarini 
ishlab chiqishi zarur.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə