B. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ boshqaruv о 'zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus tu ’lint vazirligi tomonidan 5Л342211 — «Korporativ hoshqaruv»


Kommunikatsiya, qaror qabul qilish va samaradorlik



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/103
tarix20.10.2023
ölçüsü4,47 Mb.
#128551
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

13.4. Kommunikatsiya, qaror qabul qilish va samaradorlik.
13.1. Samaradorlikka kompleks yondashuv
Unumdorlik ko‘rsatkichi b o ‘yicha boshqaruv — bu samarali 
boshqaruv deganidir. Barqaror yuqori unumdorlikni ta’minlash barcha 
boshqaruv vazifalari va biriktiruvchi jarayon kommunikatsiya, qaror 
qabul qilish va peshqadamlikni ta’minlashga taalluqlidir.
Korporatsiyaga o‘zaro bir-biriga bog‘liq unsurlardan iborat tizim 
nuqtai nazaridan qarash zarur, tashkilot unsurlari hamda tashkilotning 
tashqi muhit bilan bir-biriga juda bog‘liqligi tufayli muammolar oson 
va tez hal etiladi. Boshqa tashkiliy muammolar kabi kelajakda 
unumdorlikni oshirish muammosi ham kompleks yondashuvni talab 
qiladi. Unumdorlikka ham tashqi muhitning, ham tizim o‘zgarish 
jarayonining turli omillari ta’sir etadi. Bu omillar bir-biriga ta’sir etishi 
sababli, unumdorlikni oshirishning o!zgarmas (yagona) yo‘li mavjud 
bo‘lmaydi. Unumdorlikni oshirishga qaratilgan ko‘plab urinishlar 
korxonalar rahbarlari o‘z harakatlari natijasini ko‘ra bilmaganliklari 
sababli muvaffakiyatsizlikka uchraydi. 0 ‘z korporatsiyasi unumdorligiga 
baho berishda eng ko‘p yo‘l qo'yiladigan xato sifatga e’tibor bermay 
faqat ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatmalarini hisobga olishdir.
So‘nggi yillarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan korporatsiyalar 
tajribasi sifat xarajatlar majmuining muhim unsuri ekanligini namoyon 
qilmoqda. Yuqori sifat sotish mumkin bo'lgan mahsulot hajmining 
ortishi, xaridorlar tomonidan qaytariladigan mahsulot miqdori va 
kafolatli ta’mirlash hajmining qisqarishi hisobiga xarajatlar kamayishiga 
olib keladi. Natijada kompaniya o‘z raqobatbardoshligini oshirish imko- 
niyatini kengaytirishga sarflash uchun qo‘shimcha mablag‘ga ega 
bo'ladi. Yuqori sifat sotuv hajmini oshiradi, ishlab chiqarish koMamini 
kengaytirishga, foydani ko‘paytirishga imkon yaratadi. Butlovchi 
qismlarning sifatli boMmasligi butun mahsulot sifatiga ta’sir ko'rsatadi. 
Korporatsiyalar o ‘zaro bog‘liq bo ‘lgani sababli biror bir asosiy
9 -
T-31-11
129


mahsulotning sifatsiz bo'lishi ko‘pchilik tarmoqlarda unumdorlik 
pasayishiga olib keladi. Davlat apparatidagi past unumdorlik soliqlaming 
katta bo‘lishiga, natijada iqtisodiyot samaradorligini oshirishga sarf 
qilinishi mumkin bo‘lgan mablag'lar qisqarishiga olib keladi.
Atrof-muhit ifloslanishi darajasini kamaytirish, ish joyi sanitariya 
holatini yaxshilash va кофога1з1уа ishchilari sog‘lig‘mi himoya qilish 
uchun korporatsiyalar qimmat uskunalar (masalan, tutun tutgichlar) 
sotib olishlari kerak, bu esa xarajatlar ko‘payishiga ohb keladi. Istiqbolda 
atrof-muhitni yaxshilash va mehnatni muhofoza qilish ish vaqti 
taqsimlashiga va natijada mehnat unumdorligi ortishiga ohb keladi.
Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi muhim omil — k ^o ratsiy an i 
boshqarish ilmiga ega bo'lishdir. Kx^oratsiya unumli ishlashi uchun 
boshqaruv tizimini takomillashtirishi zarur. 0 ‘sib borayotgan raqobat 
sharoitida rahbaryat nega maqbul bo‘lgan qarorlar bugungi kunga to‘g‘ri 
kelmasligini bilishi lozim.

Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə