B. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ boshqaruv о 'zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus tu ’lint vazirligi tomonidan 5Л342211 — «Korporativ hoshqaruv»


Kommunikatsiya, qaror qabul qilish va



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/103
tarix20.10.2023
ölçüsü4,47 Mb.
#128551
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

13.4. Kommunikatsiya, qaror qabul qilish va
samaradorlik
Korporatsiyalarda axborot hajmi va u bilan bog‘liq kishilar soni 
muntazam ortib bormoqda. Axborot hajmining ortishi unumdorlikni 
oshirishda aloqa jarayonini boshqarish ahamiyatining ortib borishiga 
sabab bo'lmoqda. Axborotni qayta ishlash jarayonida texnika taraqqiyoti 
(kompyuterlardan foydalanish, xalqaro telefon va televideniye tarmog‘i) 
uzatiluvchi axborot hajmi ortishi va uni uzatish vaqti qisqarishiga olib 
keldi. Axborot uzatish vaqti bu uni berishdan qabul qilib olishgacha 
o‘tgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Masalan, baliq ovlovchi flot kemalari 
belgilangan joyga yetib borganligi haqida axborot olishi uchun oylab 
vaqt kerak edi.
132


Hozirgi paytda flot shtabi bir necha daqiqada bunday axborotga 
ega bo‘ladi.
Axborot uzatish vaqti qisqarganligi sababli uni qayta ishlash va 
foydalanishga jadaUik bilan uzatilishi jismoniy va huquqiy shaxslar 
faoliyatini koordinatsiya qilishga yordam beradi. Axborotdan sama- 
raliroq foydalanish korporatsiya faoliyatini oshirish uchun imkon 
yaratadi. Bunda texnika, kishilar. tashkilot tarkibi, tashqi muhitning 
o'zaro ta’siri hisobga olinishi kerak.
Axborotni qayta ishlash sohasiga yangi texnika va texnologiya joriy 
etiUshi bilan boshqaruvning barcha darajasida unumdorlik ortishiga 
olib keladi.
Kompyuter texnikasi barcha ijodiy jarayonlami tezlatish imkonini 
beradi. Aloqa texnikasi zarur axborotni o‘z vaqtida olishga imkon 
yaratadi. Kishilami texnika bilan uning organlaridan foydalanishga 
o‘rgatish lozim.
.Axborot texnikasi rahbarga katta hajmda axborotdan foydalanishga 
imkon berish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p mehnatni 
talab etuvchi operatsiyalami qisqartirish yoii bilan qaror qabul qilish 
jarayonini yaxshilashga yordam beradi.
Hisob va qiyoslash uchun EHMdan foydalanuvchi menejer qog‘oz- 
da hisob-kitob qiluvchi menejerga nisbatan rejaning bir necha marta 
ko‘p variantlarini tahlil qila olish imkoniyatiga egadir.
EHMni qo'llash tashkilot tarkibi o‘zgarishiga ham ohb keladi. 
Hozirda mutaxassislar hal etishi zarur bo'lgan ko‘plab qarorlarni quyi 
bo‘g‘in boshqaruvchilari bajarishi 
mumkin.
Agar rahbar sifatliroq qaror qabul qilish va kattaroq hajmda 
axborotni qayta ishlash qobiliyatiga ega bo‘lsa, u nazorat qiluvchi 
masalalar hajmi, javobgar soha doirasini kengaytirishi mumkin.

Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə