B. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ boshqaruv о 'zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus tu ’lint vazirligi tomonidan 5Л342211 — «Korporativ hoshqaruv»



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/103
tarix20.10.2023
ölçüsü4,47 Mb.
#128551
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

13.2. Biznes-reja va unumdorlik
Biznes-rejasiz yuqori va barqaror unumdorlikka erishib bo‘lmaydi. 
Unumdorlikni oshirish bo‘yicha aniq maqsadga ega bo'lmay erishilgan 
unumdorlik yuqori yoki past ekanligini aniqlab bo'lmaydi. Maqsadlar 
qaysi tadbir umumiy unumdorlikni oshirayotgani, qaysisi uning o‘sishiga 
to‘sqinlik qilishini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Amerikalik olimlar Ragts va Felik unumdorlikni miqdor va sifat 
vositasida ifodalangan maqsadlarga o‘z vaqtida erishish uchun aniq 
resurslardan qanday foydalanish ko‘rsatkichidir deb hisoblaganlar.
К
0
ф
0
га
1
в
1
уа u ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan mahsulotning 
qaysisi iste’molchi uchun zarur ekanligini aniqlamagan holda unumdor 
bo‘lmaydi. Ya’ni strategik rejalashtirish doimo bozor raqobatni, 
k ^ o ra ts iy a imkoniyatlarini muntazam tahlil etishni qamrab olishi 
kerak.
Masalan, Yaponiya tadbirkorlari doimo istiqbol uchun maqsadni 
belgilaydilar. Ular besh-o‘n yildan keyin natija beruvchi ilmiy-tadqiqot 
ishlari va mehnat unumdorligi dasturlarini mablag‘ ЬДап ta’minlaydilar. 
Shu sababli, unumdorlik barqaror o‘sishida istiqbolli rejalashtirish 
muhim ahamiyatga ega. Yirik korporatsiyalar ko‘p yillar davomida 
barqaror unumdorlikni ta’minlash uchun o‘z vazifalarini kelajakka 
asoslanib belgilashlari lozim. Ko‘pchilik кофога151уа!аг sinishining 
asosiy sababi ular ham ahamiyati, ham samaradorligi jihatidan eskirgan
130


texnikadan foydaianganliklaridir. Bunday korporatsiyalar kelajakka ega 
emas.
Hozirgi paytda ko‘pchilik tadbirkorlar darhol foyda olishga intilish 
noto‘g‘riligini va uzoq istiqbolni hisobga olish zarurligini tushunib 
yetdilar. Unumdorlikning istiqbolga mo'ljallangan kompleks rejalarini 
qisqa muddatli rejalar bilan mustahkamlash zarur.
Yuqori lavozimdagi rahbarlar o‘rta bo‘g‘in rahbarlarga hali o‘z 
imkoniyatlarini to‘liq namoyon etmagan uskuna sotib olishda qarshilik 
ko'rsatmasdan aksincha ularni qoMlab-quwatlashlari zarur. Rahbariyat 
unumdorlikni oshirish uchun o‘z mablag‘larini sarf qilish va istiqbol 
rejalariga unumdorlikni oshirish dasturlarini qo‘shish yo‘li bilan o‘z 
hamkorligini namoyon qilishi zarur.
Unumdorlikni rejalashtirish boshqaruvning barcha jarayonlarida 
kuzatilishi kerak. U kishilami mehnat unumdorligini oshirishga undaydi. 
Unumdorlikni oshirishning istiqbol va joriy rejalari bajarilishi doimo 
nazorat qilinishi lozim.

Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə