Badiiy san’atlar


Tardu aks Tardu aks san’atiga qaralsi. Takrir



Yüklə 287 Kb.
səhifə8/19
tarix27.02.2023
ölçüsü287 Kb.
#101602
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
3a9c082f56c4e23e0966d765346406fa адабиёт назарияси

Tardu aks
Tardu aks san’atiga qaralsi.


Takrir
Bir so’zning o’zini mahorat bilan takrorlash. Agar misralar boshida bir yoki bir necha so’z takror kelsa, yevropada anaphora deb yuritiladi. Lekin sharq adabiyotida anaphora takrirning ichki kop’rinishlaridir. Chunki mumtoz adabiyotda misralarda so’zlarni takror keltirish takrir san’atini yuzaga keltiradi.
Nega buncha go’zal ko’rinar olam,
Nega qarab to’ymas ko’zlarim.
Unutmang! Hojib va takrir boshqa-boshqa hodisadir. Hojib – qofiyadan oldin takror kelgan so’z.
Men bo’libmen do’stlar hijronida,
Dilfigoru, dilfigoru, dilfigor. (Feruz)

Moziyu musrahbal ahvolim takallum aylamang,


Ne uchunkim dam bu damdi, dam bu damdir, dam bu damdir.


Mukarrar
Ustma-ust, qaytama-qayta degan ma’nolarni anglatadi, ya’ni she’r misralarida takroriy so’zlardan mohirlik bilan foydalanish muayyan so’zning bir o’rinda takrorlanishi.
Damba-dam ko’nglim berib jon naqdi istar vaslini,
Olloh-olloh telba ko’nglimning ajab savdosi bor.


Kitobat
Harfiy san’at. Mumtoz adabiyotda she’r misralarida arab alifbosidagi harflardan foydalanib go’zal obrazlar yaratishdir. “alif” tik qaddi-qomatga o’xshatilgan. “dol” g’amdan bukilgan qaddi-qomatga, “nun” qoshga o’xshatilgan.
Ul “alif”dek qomatining xasrati
“Dol” yanglig’ ayladi qaddim duto.

“Jon”imdagi “jim” ikki dolingga fido


Andin so’ng “alif” toza niholinga fido
“Nun”i dog’i anbarin holatinga fido,
Qolgan ikki nuqta ikki xolinga fido.
Jim – ikki zulf
Alif – yorning qaddi-domati
Nun – qop-qora qosh.


Ittifoq
Taxallusni ham o’z ma’nosida ham takallus sifarida ishlatilishi.
Vaysiy beriyozat deb sahl tutma ey orif
Ishq aro nuhon dardu bedavo Uvaysiyman.
Ham taxallus, ham o’z lug’aviy ma’nosini – mashaqqat chekmay pirdan g’olibona saboq olish ma’nosida ham ishlatiliyapti.
Furqatda bu Ssadullo hayronaga o’xshabdur.
Ham ayriliq ma’nosida, ham taxallus.


Tajnis
Omonim so’zlarni she’r mislarida mahorat bilan ishlarish san’ati. Unutmaslik lozimki tuyuq janri ham shu san’at asosida yoziladi. Tajnis quyidagi ichki turlarga bo’linadi:

  1. Tajnisi toim

  2. Tajnisi murakkab

  3. Tajnisi zohid

  4. Tajnisi xatti

  5. Tajnisi muzori’

  6. Tajnisi aks

  7. Tajnisi mukarrar

Tajnisi toim. To’liq tajnis degan ma’nosni afodalaydi. Bir o’zakli – shakldosh – omonim so’zlarni qo’llash
Vasldin so’z derga yo’q yoro manga (kuch-quvvat)
Hajr aro rahm aylagil, yoro manga (ey, yor)
O’qing etti ko’p yamon yoro manga (yara, jarohat )
Marhami lutfing bila yoro manga (yordam ber)
Tajnisi toim 2ga bo’linadi:

  1. Majnisi tajnisi tom – misralardagi 2 va undan ortiq shakldosh so’zlar – omonimlar bitta so’z turkumiga mansub bo’lishi.

Tig’i ishqing yarasidur bitmagan (fe’l)
Dardini har kimga aytib butmagan (fe’l)

  1. Mustafiyi tajnisi toim – misralarda 2 va undan ortiq so’z turkumiga mansub omonimlarning keltirilishidan hosil bo’ladi.

Manga begim sensiz kunduz kechadur. (ravish)
Dareg’o sensizim umrim kechadur. (fe’l)

Tajnisi murakkab. Tajnisi toimning bir ko’rinishi. Shakloshlik hodisadi mavjud. Farqi undakim misralardagi shakldosh so’zlarning biri bir o’zakli, ikkinchisi 2 o’zakli bo’ladi.


Yo rab, ul shahdu-shakar yo labdurur
Yo magar shaxdu shaker yolabdurur.

Firoh o’tinda bag’rim bo’ldi bir yon (kabob)


Qachon bo’lg’ay firoqing ishi bir yon (hal bo’lmoq)


Tajnisi zohid. Ortirilgan tajnis degan ma’noni ifodalaydi. She’r misralaridagi shaklan bir-biriga yaqin, ohakdosh so’zlarning biri ikkinchisidan bi yoki 2 tovush ortiq bo’ladi.
Topib bul nuqtadun ozor yig’lab,
O’zim tufroqqa solib zor yig’lar.
Tajnisi xatti. She’r misralaridagi ohangdosh so’zlar arab yozuvida bir nuqta bilan farqlashi hodisasidir.
Ikki-uch yoshdin o’n bir o’n ikki yosh يش
O’qimoq fikrida soldi quyi bosh. ېش
Barcha xublarning qadru-ruxsorum xattu holi bor.
Lek ul kim bizni behold aylar o’zga holi bor.
Tajnisi muzoza’. Najnisning bu ko’rinishi she’r misralaridagi shaklan ohangdosh so’zlarning bir-ikki harflar bilan bir-biridan farqlanishi:
Manga juft ul-ulusning fardi erdi.
Ki, ko’nglum quti oning dardi erdi.
Tajnisi aks. She’r misralarida shakldosh so’zlarning teskarisida keltirish.
Yodda tuting! Ba’zi so’zlar to’liq teskari holda keltiriladi, ayrimlarida bir qismi teskarisida keltiriladi. Ba’zan so’z tarkibidagi harflardan yangi so’z tuziladi.
Qaddi alifu qoshing erur yo
Desam ne ajab seni agar oy
Roz aytib zor qilmas aylamas yor e’tibor
Iltimos qilsam visol estab etar ul intizor.

Gul qoshingda xo’p emas garchi jamoli bordurur


Shah qoshinda xorkashning ne majon bordurur
Tajnisi mukarrar. Bu takrorlanuvchi tajnis degani. She’r misralarida keltirilgan so’zning bir qismini go’yoki takror keltirish. Aslida bu so’zlar mutlaqo boshqa-boshqadir.
Halqa-halqa bo’ynima solmish tanobu zulfini
Jurmi ishqimga magar ayladi dildor der.


Tashbeh
Ushbu badiiy san’at o’xshatishga asoslangan san’atdir. Bizga ma’lumki she’riyatda xuddi hayotdagidek, bir-biriga o’xshatish bo’lishi mumkin: haqiqiy la’li labing – lab qizil la’liga o’xshatayapti;
Ikki tushuncha, narsa yoki hadisa majoziy – ramziy o’xshatishga asoslangan.
Zohid, senga hur manga jonona kerak,
Jannat sanga bo’lsin manga maxona kerak
Mayxona aro soqiyu paymona kerak
Paymona necha bo’lsa to’la yona kerak.
Bu ruboiydagi o’xshatishlar majoziy tashbeh – ramziy o’xshatish.
Isbot: jonona – olloh
Mayxona – xonaqoh, madrasa
Soqiy - pir, murshid, yo’lboshchi/
Paymona (qadah) – ilm
Demak, o’xshatishning 2 xil ko’rinishi bor:

  1. haqiqiy tashbeh. 2) majoziy tashbeh.

Tashbeh – o’xshatish 4 ta unsur asosida qo’llaniladi.


  1. Yüklə 287 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə