Badiiy san’atlar



Yüklə 287 Kb.
səhifə11/19
tarix27.02.2023
ölçüsü287 Kb.
#101602
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
3a9c082f56c4e23e0966d765346406fa адабиёт назарияси

Sifatlash
She’r misralarida otga mansub so’zlar oladigan sifatlovchi aniqlovchi gap bo’lagini mohirlik bilan keltishi. Shuningdek fe’lning oldidan ish-harakatni qay holatda bajarishning ifodalovchi hol gap bo’lagining kelishi sifatlovchi deyiladi.
Suvsiz gulda mard Hasan.
Yoqqa tutib boradi.

O’zbek she’riyatida vazn masalasi.


Bizning o’zbek she’riyatida 3ta vazn sistemsi mavjud:

    1. Barmoq – qadimiy vazn bo’lib, turk xalqlarining xalq og’zaki ijodida shakllangan.

    2. Sarbast vazni (Erkin) – rus va jahon adabiyotiga XX asrning yangi she’riyatiga kirib kelgan.

    3. Aruzarablardan kirib kelgan, aruz vazning asoschisi arab musiqashunosi – Xamil ibn Ahmaddir. Xomil ibn Ahmad ushbu vazni arab sayl o’tkazadigan badiiy aruz nomi bilan aytiladi. Xamid ibn Ahmaddan so’zng fors-tojik aruzshunoslari ham qator ishlarni qilishdiki, ular aruz bahrini 19 taga yetkazishdi. Turkiy tilda turk she’riyati haqida (aruzi albatta) A.Navoiy birinchi bo’lib, asar yaratdi. Uning asari “Mezon ul avzon”(Vazn o’lchovi) deb nomlanadi.

Ikkinchi bo’lib, turkiy tilda aruz vaznini juda chuqur tadqiq qilgan Boburdir. Uning asari “Muxtasar” deb nomlalanadi. Bobur aruzning 19 bahriga 2 bahr ariz, amiq ni qo’shibm 21 ta yetkazadi va aruzning 537 vaznini keltirib, isbotlab beradi.
Uchinchi A.Fitrat “Aruz haqida” risolasini yozdi.
Eslatma! Furqat ham o’zbek tilida aruz risola yozgan lekin u hozil nashr qilinmagan. Astraumov fondida saqlanadi.


ARUZDA HIJO TUSHUNCHASI.
Biz dastlab aruzni o’rganishimiz uchun hijo degan narsani bilishimiz zarur. Hijo arabcha so‘z bo’lib, shartli ravishda bo’g’inga o’xshaydi. Aruz vaznida 3 ta hijo bir-biridan farqalanadi:

  1. qisqa hijo “V”

yodda tuting! Ochiq bo’g’inlar qisqa hijo bo’ladi: dala (V V), dada (V V), kira (V V)…
Shuni unutmangki, o(o’)unlili ochiq bo’g’in qisqa hijo bo’lmaydi. Bazan vazn talabiga ko’ra qisqa hijo qisqa hijo bo’ladi. Bola (--, V), lola (--. V )

  1. cho’ziq hijo: “—”

yopiq bo’g’inlar, o unlili ochiq bo’g’inlar, shuningdek urg’uli ochiq bo’g’inlar vazn talabiga ko’ra cho’ziq bo’lib keladi.
Maktab, tolib,

  1. o’ta cho’ziq hijo: “ ~ ”

misra oxiridagi qo’sh undosh bilan tugadigan bo’g’inlar, o (o’) unlili yopiq bo’g’inlar o’ta cho’ziq bo’g’inli sanaladi. Daraxt, sabr, baland.
Unutmangki, hijo bo’g’in bir-biridan farq qiladi. Aruzda yozilgan har qanday she’rlarning misrasidagi bo’g’inlar soni teng bo’lishi kerak. Chunki, aruz vaznida misralarda bo’g’inlar soni va sifati 1-o’rinda. Boburning “Qoldimu” radifli matlasida baytning 1- misrasida 14 ta bo’g’in, 2-misrasida 15 ta bo’g’in bor.

Charx(i)-ning men ko’r-ma-gan jab-ru ja-fo-si qol-di-mu!?


— V — — — V — — — V — — — V —
Xas-ta ko’ng-lim chek-ma-gan dar-du ba-lo-si qol-di-mu.
— V — — — V — — — V — — — V —
Fo - i - lo - tun, fo - i - lo - tun, fo i - lo-tun, foi-lun.
Ramali musammani mahzuf.


Juvz. 3 ta aruz vaznida 3 juvzni yuzaga keltiradi: 1) sabab 2) vatad 3) fosila

Sabab. Ushbu juzv 2 ga bo’linadi.



  1. sababi hafif (—) – “yengil sabab” ushbu juzv bir cho’ziq hijodan iborat: bosh, bel, qosh.

  2. sababi saqiyl (V,V) - 2 qisqa hijodan iborat. Da-da, cha-la, ta-na.

  3. vatad. – qoziqcha degani. 2 ga bo’linadi:

vatadi majmu’ (qo’shiluvchivatad) (V —). Ushbu juzv 1 qisqa va 1 cho’ziq hijodan iborat. Ku-tob, sa-bob, va-raq.

  1. vatadi mafruq. (— V) 1-cho’ziq, keyin qisqa hijoning kelishi. Lo-la, o-na,

  1. Fosila. Ushbu juzv ham 2 ga bo’linadi:

  1. fosilayn sug’ro (kichik fosila) (VV—). Avval 2 qisqa keyin cho’ziq hijoning kelishi. Da-la-lar, ka-ma-lak.

  2. Fosilayn kubro. (katta fosila.) (VVV—) avval 3 qisqa va 1 cho’ziq hujoning kelishi. Ada-bi-yot, ta-la-ba-lar.



Rukn
Arabcha ustun degani. Hijodan juzv, juzvlardan esa rukn kelib chiqadi. Aruz vaznida 8 ta asliy rukn mavjud. Barmoq vaznida turoq degan tushuncha bor. Turoq va rukn misraning bir bo’lagidir. Lekin rukn va turoq quyidagi xususiyatlarga ko’ra bir-biridan farq qiladi.

    1. Barmoqda so’z tugagan joyda turoq ham tugaydi.

Vodiylarni4 / yayov5 kezganda = 9
Bir his / bor edi menda = 9
Ruknda esa aksincha so’z tugashi shart emas.

Nedur ahvo/ling ey zori / g’aribim


V — — — V — — — V — —
Visolim dav/latidin be/nasibim
V – – – V – – – V – –
Mafoiy lun mafoiy lun fa u lun
Hazzaji musaddasi mahzuf



    1. Barmoqda bo’g’inalr soni teng bo’lsa bo’ldi. Aruzda esa elarning tengligi bilan birga (cho’ziq-qisqalik) sifati ham ahamiyatlidir.

    2. Turoq hech qanday nomlanmagan, rukn esa shartli nomga ega.

Demak, aruz vaznida 8 ta asliy rukn mavjud.



Afoyl
Rukn nomi

Taqte’
(paradigramma)

O’qilishi

Bahrlar

1

Foilotun

– V – –

Sab hafning vat majning sab haf

Ramal

2

Mafoiylun

V – – –

Vat majning sab hafning sab haf

Hazaj

3

Mustaf’ilun

– – V –

Sab hafning sab hafning vat maj

Rajaz

4

Fau(v)lun

V – –

Vat majning sab haf

Mutaqorib

5

Foilun

– V –

Sab hafning vat maj

Mutadorik

6

Mutafoilun

V V – V –

Vasila sug’roning vat maj

Komil

7

Mafoulatun

V – V V –

Vat majning fasila sug’ro

Vofir

8

Maf’u(v)lotu

– – – V

Sab hafning sab hafning vat mafuq

–––––––––

Rukn baytda 4 tadan 36 gacha bo’lishi mumkin. Agar nbaytda 4 ta rukn bo’lsa, u murabba deb yuritiladi.


Ulturmaga /qildim yurush
– – V – – – V –
Yo’ldosh edi bir chitshuruf (Muqimiy “Sayohatnoma”)
– – V– – – V –
Mustaf’ilun mustaf’ilun
Tajazi murabbai solim.

Baytda 6 ta rukn bo’lsa, musaddas deb atalardi.



    1. Navoiyning “Farhod va Shirin” dosronidan Farhodning Shiringa maktubi.

Ki chek-may tig’/-u, ur-gay ish/-qi lo-fin


V – – – V – – – V – –
Mu-sal-lam kim/ tu-rar mun-doq/ ga-zo-fin
V – – – V – – – V – –
Mafoiy lun mafoiylun faulun
Hazaji musaddasi mahzuf.

Agar baytda 8 ta rukn bo’lsa, musammandir.


Kecha kelgum/dur, debon, ul/ sarvi gulro’/ kelmadi,


– V – – – V – – – V – – – V –
Ko’zlarimga/ kecha tong ot/guncha uyqu/ kelmadi.
– V – – – V – – – V – – – V –
Foilotun foilotun foilotun foilun
Ramali musammani mahzuf.

Baytda 10 tadan 46 tagacha rukn bo’lsa, mutatavval (ko’p ruknli) deb yuritiladi.


Ruknlar baytda joylashish o’rniga ko’ra ham nomlanadi. Baytning birinchi misrasining birinchi rukni sadr (rais), oxirgi rukni aruz deb yuritiladi. Ikkinchi misraning birinchi rukni zarb (ajuz) deb yuritiladi.
Shuningdek, baytdagi sadr va aruz ibtido’ va zarb orasida keladigan ruknlar esa hashv deb yuritiladi.



Yüklə 287 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə