|
![](/i/favi32.png) Baholash ishiBaholash ishi
ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
8
xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi shartnoma munosabatlarini
rivojlantirish uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida:
xo‘jalik shartnomalarini tuzishda yordam ko‘rsatadi;
xo‘jalik shartnomalari hamda ularni bajarishning ahvoli to‘g‘risidagi
statistika ma’lumotlarini umumlashtiradi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik shartnomalarining
bajarilish jarayonini nazorat qilib turadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatlarining ishini tashkil etishga,
yuridik maslahatchilarning malakasini oshirishga ko‘maklashadi;
xo‘jalik shartnomasini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish
jarayonida qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi fakti aniqlangan
taqdirda, aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini
qo‘yadi.
Xo‘jalik shartnomasi shartnoma predmetini yetkazib beriladigan tovarning
(ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning
bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini,
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda
taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning
rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi
shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining
arizasiga ko‘ra o‘zaro kelishuvga erishish lozim bo‘lgan boshqa muhim shartlarni
nazarda tutishi kerak.
Xo‘jalik shartnomasida hisob-kitob qilish tartibi belgilanayotganda tovarlar
(ishlar, xizmatlar) haqini qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo‘lmagan
miqdorda oldindan to‘lab qo‘yish albatta nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik shartnomasini tuzishda taraflar tegishli turdagi shartnomalar uchun
ishlab chiqilgan hamda huquqiy ekspertizadan belgilangan tartibda o‘tkazilganidan
so‘ng e’lon qilingan o‘zlarining namunaviy yoki tipovoy shartlariga (shakllariga)
amal qilishlari mumkin.
Xo‘jalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda
tuziladi.
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan,
shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat
shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini
beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi
mumkin.
|
|
|