Bajara olish va



Yüklə 54,76 Kb.
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü54,76 Kb.
#134086
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi Bajara olish va individuallashtirish tamoyili 1 (2)





























Tamoyillar tizimi

Umumiy metodologik tamoyillar – jismoniy tarbiya jarayonining umumiy metodikasini belgilab beruvchi dastlabki qoidalardir.


Inson organizmi va psixikasiga jismoniy mashqlar bilan muntazam ta’sir ko’rsatish jismoniy mashqlarning qo’llanish metodikasi bu ta’sirlar qonuniyatlariga mos kelgan hollardagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Ular asosiy va umumiy qoidalarni, shuningdek, jismoniy tarbiya jarayonining har xil tomonlarini o„rganuvchi qator fanlarning ma’lumotlarini taqqoslash orqali berilgan tavsiyalarni aks ettiradi. Inson organizmining funksional faoliyatiga qo’yiladigan talablar muntazam ravishda oshirib borilsagina, jismoniy sifatlar yuqoriga o’sib boradi. Kuch, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarning rivojlanish mexanizmlari asosida organizmning jismoniy yuklamalarga javoban funksional moslashishga xos o’zgarishlari yotadi. Optimal yuklamani tanlab olish juda muhimdir, ya'ni organizmning moslashish reaksiyalarini keltirib chiqaruvchi minimal yuklama shiddatini bilish lozim. Bundan shiddatliroq ta'sir o’ta zo’riqishga yoki, talablar keskinlashsa, organizmning me'yordagi faoliyatining tuzilishiga olib keladi.
Aniqlanishicha, masalan, endi shug’ullanayotgan sportchilarda o’rtacha katta va kattaga yaqin og’irliklar bilan mashq bajarganda ham kuch o’sadi. Ushbu holda katta yuklama ko’tarishga tayyor bo’lmagan tizimlar va organlarning (yurak-tomir tizimi, tayanch-bo’g’im apparati) o’ta zo’riqishi oldini olish maqsadida kattaga yaqin va katta yuklamalarni qo’llashdan ma'no yo’q. Aytish lozimki, yuqori yuklama turli organlar tizimlariga turlicha ta'sir ko’rsatadi. Ulardan ba'zi birlari yuqori yuklamaga nisbatan oson va tez bardosh bera oladi, boshqalari – aksincha. Bunda funksional o’zgarishlar tezroq, morfologik o’zgarishlar sekinroq kechadi. Jismoniy yuklamalarni oshirish dinamikasi organizmdagi ayrim tizimlarning geteroxron tarzda moslashish darajasi va xususiyatiga mos bo’lishi kerak.
Harakatlarni takomillashtirish uchun o’qitish jarayonida nafaqat texnik usullarning detallarini muntazam takomillashtirib borish, balki shug’ullanuvchilarning jismoniy (kuch, tezkorlik, egiluvchanlik va h.k.) imkoniyatlarining o’sib borishi sababli harakat texnikasini ham asta-sekin o’zgartirib borish xosdir. Harakat malakalarini takomillashtirish asosida malakalarni amalga oshirish shartlari, har safar o’zgarib turadigan talablarga mos turli xil funksional tizimlarni hosil qilish jarayoni yotadi. Demak, bu tizimlarni hosil qilishning asosiy sharti – o’rganilgan harakatlarni oshirish bo’yicha talablar va vazifalarni muntazam o’zgartirib borish hamda murakkablashtirishdir. Ko’rsatib o’tilgan yo’l bilan harakat malakalarini muvaffaqiyatli va uzoq vaqt takomillashtirish ularning asosini mustahkamlab borish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda biz takomillashtirish maqsadlarining o’zgaruvchanligi, harakat malakasidan foydalanishda uning ishonchliligini ta'minlash uchun erishilgan darajaning barqarorligi kabi dialektik qarama-qarshiliklar birligi bilan to’qnashamiz. O’qituvchining bunday mahorati qarama-qarshilikni to’g’ri hal eta olishidadir.

Yüklə 54,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə