Bajara olish va



Yüklə 54,76 Kb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü54,76 Kb.
#134086
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi Bajara olish va individuallashtirish tamoyili 1 (2)

Mundarija

Kirish 4

1.1. Bajara olish va individuallashtirish tamoyili 5

1.2. Tamoyillar tizimi 7

1.3. Onglilik va faollik tamoyili 8


1.4. Jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi tamoyili 10

Xulosa
Adabiyotlar


Хulosa

  1. Jismoniy tarbiya tizimi barcha davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalar, maktablar, oliy o’quv yurtlari, jismoniy tarbiya jamoalari va boshqalar uchun foydalanish majburiy bo’lgan yagona davlat dasturi va o’quv qurollari bilan ta'minlangan.


  2. Jismoniy madaniyatning maqsadi, jamiyat madaniyatining bir qismi sifatida, kishilarning jamiyat qurilishida faol ishtirok etishini unung talablarini qondiruvchi jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishni ob’ektiv zarurati bo’lib hisoblanadi.


  3. Inson organizmi va psixikasiga jismoniy mashqlar bilan muntazam ta'sir ko’rsatish jismoniy mashqlarning qo’llanish uslubiyatida bu ta'sirlar qonuniyatlarga mos kelgan hollardagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Ular asosiy va umumiy qoidalarni, shuningdek, jismoniy tarbiya jarayonining har xil tomonlarini o’rganuvchi qator fanlarning ma'lumotlarini taqqoslash orqali berilgan tavsiyalarni aks ettiradi.


  4. Harakat shaklidagi ko’rsatmalilik jismoniy tarbiyaga xos bo’lgan shakl hisoblanadi. Uning ahamiyati juda katta, ayniqsa, eng murakkab harakatlarni o’zlashtirishda. Bunda yo’naltirib turuvchi yordam va “harakat bo’ylab olib o’tish” eng yetakchi metod sanaladi. Harakat shaklidagi ko’rsatmalilikning xususiyati shundan iboratki, u harakatlarni fazo va vaqtda aniqlab olishdan tashqari, ichki va tashqi ta'sir kuchlari, ayniqsa, inersiya va reaktiv kuchlar dinamikasida mo’ljal ola bilish imkoniyatini ta'minlaydi.


  5. Bajara olish va individuallashtirish tamoyilini amalga oshirish vazifasi jismoniy tarbiya o’qituvchisini ko’pgina turli xil omillarning o’ta qiyin, o’zgaruvchan manzarasiga to’qnash keltiradi. Bu omillarni har vaqt muntazam e'tiborga olib turish zarur. Bunda ta'sirlarni istiqbolli dasturlash uchun barcha omillarning kelgusidagi o’zgarishlarini oldindan ko’zlab olish kerak.


  6. Jismoniy tarbiya jarayonida bu – sikllarni hosil qiluvchi mashg’ulotlar va bosqichlarning berk aylanishidir. Shunga muvofiq uchta turi ajaratiladi:


mikrotsikllar (haftalik), ular mashqlarning takroriy qo’llanilishi va bir vaqtning o’zida ularning har xil yo’nalganligi, yuklama va dam olishning uyg’unlashuvi bilan tavsiflanadi; mezotsikllar (oylik), ular ikkitadan oltitagacha mikrotsikllarni o’z ichiga oladi, ularda vositalarning miqdori, uyg’unlashish tartibi va nisbatlari o’zgarib turadi; makrotsikllarda (yillik) jismoniy tarbiya jarayoni uzoq vaqt davom etadigan bosqichlarda amalga oshiriladi


  1. Ko’rib chiqilgan tamoyillar yaxlit jismoniy tarbiya jarayonining turli xil qonuniyatlari va tomonlarini aks ettiradi. Ular bir-birini to’ldiruvchi va o’zaro bog’langan prinsipial metodik qoidalar yig’indisini emas, balki birligini tashkil etadi. Biron-bir tamoyildan chekinish jismoniy tarbiyaning butun murakkab jarayoni buzilishiga va o’qituvchi hamda o’quvchining katta mehnati deyarli samarasiz bo’lib qolishiga olib kelishi mumkin.





Yüklə 54,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə