Bajara olish va



Yüklə 54,76 Kb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü54,76 Kb.
#134086
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi Bajara olish va individuallashtirish tamoyili 1 (2)
















Ko„rsatmalilikning ko’rish shakli (mo’ljallar, ko’rgazmali qurollar, o’quv videofilьmlari va h.k. yordamida harakatlarni yaxlit va qismlarga bo’lib namoyish qilish) asosan harakatlarning fazoviy hamda fazo-vaqt tavsiflarini aniqlab olishga yordam beradi. Yangi harakatlarni o’rganishning dastlabki bosqichida ko„rgazmalilikning ko„rish shakli katta ahamiyatga ega. Shuningdek, harakatlarni juda aniq tabaqalashtirish sport-texnik mahoratni takomillashtirishda ham juda qimmatlidir.
Ko’rsatmalilikning eshitish shakli (turli xil tovushli signallar ko’rinishida) harakat aktlarining vaqt va ritmik tavsiflarini aniqlashda ustuvor ahamiyatga ega. U ko’rish orqali ko’satmalilikni ancha to’ldiradi, harakatlarni o’rgatishning yakuniy bosqichida u bilan birgalikda еtakchi ahamiyatga ega bo’ladi.
E‟tirof etish lozimki, ko„rish tizimi orqali idrok etish uchta darajada kechadi: sezish, idrok etish va tasavvur qilish; eshitish tizimi orqali esa – faqat tasavvur qilish darajasida kechadi. (B.G.Akanaev, 1957). Inson nutq shaklida olinadigan axborotning 15% ni, ko’rish orqali esa 25 % ni eslab qoladi. Agar axborot uzatishning bu ikkala usulidan bir vaqtning o’zida foydalanilsa, u bu axborotning 65% gacha mazmunini idrok etishi mumkin (N.V.Krasnov, 1977).
Harakat shaklidagi ko„rsatmalilik jismoniy tarbiyaga xos bo„lgan shakl hisoblanadi. Uning ahamiyati juda katta, ayniqsa, eng murakkab harakatlarni o„zlashtirishda. Bunda yo„naltirib turuvchi yordam va ‘harakat bo’ylab olib o’tish” eng еtakchi metod sanaladi. Harakat shaklidagi ko’rsatmalilikning xususiyati shundan iboratki, u harakatlarni fazo va vaqtda aniqlab olishdan tashqari, ichki va tashqi ta‟sir kuchlari, ayniqsa, inertsiya va reaktiv kuchlar dinamikasida mo„ljal ola bilish imkoniyatini ta‟minlaydi.

Jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi tamoyili

Jismoniy tarbiya inson hayotining barcha davrlarida uzluksiz davom etadigan jarayondir.


Organizmni rivojlantirishning ajralmas omili bo’lgan faoliyatning umumiy ahamiyatini J.Lamark ham ko„rsatib o„tgan edi. “Biror-bir organni tez-tez va uzluksiz harakat qildirish o’sha organni oz-ozdan mustahkamlaydi, uni o’stiradi va harakatning qanchalik uzoq bo’lganiga qarab unga kuch-quvvat baxsh etadi, doimiy harakatda bo„lmagan organ esa asta-sekin bo’shashib, salohiyati so’nib boradi deb yozgan edi u.
Jismoniy tarbiyada uzluksizlik tamoyilining mohiyati quyidagi asosiy qoidalarda ochib beriladi:
Uzluksizlik tamoyilining birinchi qoidasi shuni nazarda tutadiki, jismoniy tarbiya jarayoni yaxlit tizim bo’lib, unda jismoniy mashqlar bilan shug„ullanishdagi ketma-ketlik ko’zda tutiladi. Ketma-ketlik harakatlarga o’rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonining eng muhim sharti hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida bu qoidaning amalga oshirilishi didaktik
qoidalar bilan aniqlanadi, ya’ni “engildan - qiyinga”, “oddiydan -murakkabga”, “o’zlashtirilgandan – o’zlashtirilmaganga”, “bilimlardan –ko’nikmalarga”. Ularning to’g’ri bajarilishi jismoniy tarbiyaning ta‟lim vazifalarini hal etishdagi muvaffaqiyatini ta‟minlaydi.
Kuch, tezkorlik, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarni tarbiyalash qonuniyatlari jismoniy mashqlar yordamida ta‟sir qilishda qat’iy ketma-ketlikni taqozo etadi. Har bir jismoniy sifatning rivojlanishi organizmdagi moslashuvchan funktsional va morfologik o’zgarishlar natijasida sodir bo’ladi. Bu uning vazifalariga yuqori talablar qo’yishda qat’iy ketma-ketlikni nazarda tutadi. Buning uchun organizmga o’rganib bo’lingan jismoniy yuklamalardan ham yuqoriroq yuklamalar qo’llaniladi.
O„quv jarayonini tuzishda harakatlarga o’rgatish hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash ketma-ketligini aniqlash malakalar hamda jismoniy sifatlarning ijobiy va salbiy “ko’chishini bilishga hamda e’tiborga olishga asoslanishi kerak.
Yoshga xoslik va ko’p yillilik nuqtai nazaridan jismoniy tarbiya jarayonini tuzishdagi ketma-ketlik: jismoniy tayyorgarlikning umumiy poydevoridan ancha chuqur va tor (maxsuslashgan) tayyorgarlik tendentsiyasidan iborat. Mashg„ulotlar (dars) miqyosida jismoniy tarbiya vazifalarining ketma-ket hal etilishi jismoniy mashq turlari bajarilganidan so’ng qoladirgan “iz” bilan aniqlanadi (masalan, tezlik mashqlarini mashg’ulotning boshiga, chidamlilikka qaratilgan mashqlarni uning oxiriga kiritish maqsadga muvofiq).
Uzluksizlik tamoyilining ikkinchi qoidasi shuki, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari mashg’ulotlar tizimini tashkil etishda mashg„ulotlar samarasining muntazam izchilligini ta‟minlashlari, jismoniy mashqlar bilan shug„ullanish jarayonida avval egallangan ko’nikma va malakalar yo’qotilishining oldini olish maqsadida mashg„ulotlar orasida katta tanaffuslar yo’q qilinishi lozim.
Harakatlarga o’rgatishda va jismoniy sifatlarni tarbiyalashda o’tkazilgan mashg’ulot samarasi avvalgi mashg’ulotlar samarasi ustiga tushishi kerak, bu oxir- oqibat samaralarning kumulyatsiyasiga, ya’ni to’planishiga olib keladi (kumulyativ samara). Samaraning kumulyatsiya darajasi har bir alohida mashg’ulotni ajratib turuvchi vaqt oralig’i davomiyligiga bog’liq bo’ladi. Demak, mashg’ulotlar orasidagi tanaffuslar optimal bo’lishi kerak. Amaliyotda mashg„ulotlar orasidagi tanaffuslar uzoq bo’lganda harakatlarga o„rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash samaradorligi kam bo’ladi. Chaqqonlik bog’liqliklar barqaror bo’lmasa va ular mustahkamlanmasa, shakllangan harakat tez so’nadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida yuklamalar va dam olishni tizimli uyg’unlashtirish juda muhim qoida bo’lib, mashg’ulotlarning umumiy samarasi oxir-oqibat unga bog’liq bo’ladi. Mashg’ulotlar orasida turli xil dam olish variantlarini (to„liq, qattiq va supertiklanish), shuningdek, yuklamalarning kattaliklari hamda yo„nalishlarini boshqara turib, mashg’ulotlarni еtarlicha tez-tez, nisbatan katta shiddat bilan o„tkazgan holda maksimal samaraga erishish mumkin. Buning ustiga, tezkor ish qobiliyati har xil tomonlarining tiklanishi geteroxron tarzda (har xil vaqtda) sodir bo’lishini e’tiborga olib, haftalik tsikl yoki bir kunlik mashg’ulotlar tizimini shunday tuzish kerakki, unda hech qanday salbiy oqibatlar
bo„lmasligi hamda ijobiy samaraga erishilishi zarur.
Organizm har xil tizimlarining yuqori darajada ishlashini saqlab turishi uchun qat’iy belgilangan muddatli dam olish tanaffuslaridan so’ng yuklamalarni takroran bajarish kerak.
Yuklamalar orasida dam olish oralig’i uzoq vaqtni tashkil qilganda, qayta moslashish sodir bo’ladi – organizm avvalgi darajasiga qaytishi mumkin. Dam olish oraliqlari qisqa bo’lganda, organizmning ish qobiliyati tiklanib ulgurmaydi.
To„liq tiklanmaslik sharoitida yuklamalarni muntazam takrorlab borish zahiraning kamayib ketishi natijasida organizm ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Avval bu fiziologik doirada sodir bo’ladi va o’ta mashqlanganlikka va chuqur patologik holatlarga olib kelishi mumkin. Supertiklanish (superqoplanish) fazasi paydo bo’lishi uchun talab qilinadigan vaqt oralig„i optimal hisoblanadi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda hamma hollarda faqat optimal dam olish tanaffuslaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Qator vaziyatlarga qarab, ma‟lum bir paytlarda ham to„liq, ham qisqartirilgan “qattiq” tanaffuslar foydali bo„lishi mumkin.
Shunday qilib, jismoniy tarbiyada aniq tizimni va iz qoldirish qoidasini e’tiborga olgan holda ta‟sirlar ketma-ketligini tuzish yuklama va dam olishni tizimli uyg„unlashtirish tamoyilini amalga oshirish uchun xosdir. Tamoyilni amalga oshirishning quyidagi metodik yo’llari shu bilan tushuntiriladi:

  • topshiriqlarning oqilona takrorlanishi;

  • yuklamalar va dam olishning oqilona uyg„unlashuvi;

  • topshiriqlar va yuklamalarning takrorlanishi hamda variantliligi.

Ushbu tamoyil shug’ullanuvchilarda vazifalarni mukammallashtirish hamda yuklamalarni oshirish hisobiga harakat va u bilan bog’liq bo’lgan psixik faoliyatlarni namoyon qilishga bo’lgan talablarni muntazam ravishda oshirib borish zaruriyatini belgilab beradi.


Inson organizmining funktsional faoliyatiga qo’yiladigan talablar muntazam ravishda oshirib borilsagina, jismoniy sifatlar yuqoriga o’sib boradi. Kuch, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarning rivojlanishi mexanizmlari asosida organizmning jismoniy yuklamalarga javoban funktsional moslashishga xos o„zgarishlari yotadi. Optimal yuklamani tanlab olish juda muhimdir, ya‟ni organizmning moslashish reaktsiyalarini keltirib chiqaruvchi minimal yuklama shiddatini bilish lozim. Bundan shiddatliroq ta’sir o’ta zo’riqishga yoki, talablar keskinlashsa, organizmning me’yordagi faoliyatining tuzilishiga olib keladi. Aniqlanishicha, masalan, endi shug„ullanayotgan sportchilarda o’rtacha katta va kattaga yaqin og„irliklar bilan mashq bajarganda ham kuch o’sadi. Ushbu holda katta yuklama ko’tarishga tayyor bo’lmagan tizimlar va organlarning (yurak-tomir tizimi, tayanch-bo’g’im apparati) o’ta zo’riqishi oldini olish maqsadida kattaga yaqin va katta yuklamalarni qo’llashdan ma’no yo’q. Aytish lozimki, yuqori yuklama turli organlar tizimlariga turlicha ta‟sir ko’rsatadi. Ulardan ba’zi birlari yuqori yuklamaga nisbatan oson va tez bardosh bera oladi, boshqalari – aksincha. Bunda funktsional o’zgarishlar tezroq, morfologik o’zgarishlar sekinroq kechadi.
Jismoniy yuklamalarni oshirish dinamikasi organizmdagi ayrim tizimlarning geteroxron tarzda moslashish darajasi va xususiyatiga mos bo„lishi kerak.
Harakatlarni takomillashtirish uchun o’qitish jarayonida nafaqat texnik usullarning detallarini muntazam takomillashtirib borish, balki shug’ullanuvchilarning jismoniy (kuch, tezkorlik, egiluvchanlik va h.k.) imkoniyatlarining o„sib borishi sababli harakat texnikasini ham asta-sekin o’zgartirib borish xosdir.
Harakat malakalarini takomillashtirish asosida malakalarni amalga oshirish shartlari, har safar o’zgarib turadigan talablarga mos turli xil funktsional tizimlarni hosil qilish jarayoni yotadi. Demak, bu tizimlarni hosil qilishning asosiy sharti – o’rganilgan harakatlarni oshirish bo’yicha talablar va vazifalarni muntazam o’zgartirib borish hamda murakkablashtirishdir. Ko’rsatib o’tilgan yo’l bilan harakat malakalarini muvaffaqiyatli va uzoq vaqt takomillashtirish ularning asosini mustahkamlab borish orqali amalga oshiriladi. Bu еrda biz takomillashtirish maqsadlarining o’zgaruvchanligi, harakat malakasidan foydalanishda uning ishonchliligini ta’minlash uchun erishilgan darajaning barqarorligi kabi dialektik qarama-qarshiliklar birligi bilan to’qnashamiz. O’qituvchining bunday mahorati qarama-qarshilikni to’g’ri hal eta olishidadir.
Shunday qilib, rivojlantiruvchi-mashqlantiruvchi ta‟sirlarni asta-sekin oshirib borish tamoyili topshiriqlarni qiyinlashtirib borish bilan ularni ko„paytirishni hamda rejali yangilab borishni, organizmning funktsional imkoniyatlari o„sib borgani sayin yuklamalar hajmi va shiddatini oshirishni nazarda tutadi.
Bu tamoyildan uchta asosiy qoida kelib chiqadiki, ularga muvofiq jismoniy tarbiya bosqichlari doirasida umumiy yuklama dinamikasining tipik shakllari aniqlangan.
Jismoniy tarbiya jarayonida foydalaniladigan umumiy yuklama miqdori shunday bo’lishi kerakki, uning qo’llanilishi sog’liqda salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqarmasligi lozim. Ushbu qoida yuklamalarning kumulyativ samarasini muntazam nazorat qilishni ko’zda tutadi.
Qo’llaniladigan yuklamaga moslashib borgan sari, ya’ni moslashishli o’zgarishlar barqaror holat bosqichiga o’tgan sayin umumiy yuklama o’lchamlarining navbatdagi oshirilishi bajarilishi kerak.
Erishilgan tayyorgarlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, yuklama parametrlari shuncha katta oshiriladi.
Jismoniy tarbiyada umumiy yuklamalar miqdoridan foydalanish mashg„ulotlar tizimining ayrim bosqichlarida uning vaqtinchalik kamayishi, yoki barqarorlashishi, yohud vaqtinchalik oshishini nazarda tutadi.


Yüklə 54,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə