Bajardi: Mamatqobilova Jasmina


Ishlab chiqarish miqyosining o’sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara



Yüklə 23,07 Kb.
səhifə4/5
tarix29.03.2023
ölçüsü23,07 Kb.
#103586
1   2   3   4   5
Jasmina 22 (3)

Ishlab chiqarish miqyosining o’sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara. Ba’zi hollarda ijobiy miqyos samarasi ta’siri barham topuvchi ishlab chiqarish hajmi bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi tafovut juda ahamiyatli bo’lishi mumkin. Bu ikkala chеgara orasidagi maydonda barcha rеsurslarning 10%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining ham mutanosib ravishda 10%ga ko’payishiga olib kеladi.Ishlab chiqarish miqyosining kеngayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo’yicha mutaxassislar mеhnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini bеradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib kеladi.
3. Firma faoliyatining asosiy maqsadi bu-foyda olishlikdir.K.Marksning mehnat qiymati nazariyasiga ko’ra,foyda-bu qo’shimcha qiymatning o’zgartirilgan shakli hisoblanadi.Tovar qiymatining formulasi:
W=C+V+m. bu yerda,S-sarflangan doimiy kapital.V-sarflangan o’zgaruvchan kapital.m-qo’shimcha qiymat.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi:

  • birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi;

  • ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi.

F. massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. F. massasi qanchalik koʻp boʻlsa, F. shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar F. normasi goqori boʻlsa, oz kapital bilan ham koʻp F. olish mumkin, bordiyu F. normasi past boʻlsa, kapitalni koʻpaytirib F.ni koʻpaytirish mumkin. F. maksimumlashtirish uchun ham F. normasi, ham kapital summasi katta boʻlishi zarur. F. normasini pasayishi hisobidan F. massasi qisqargan chogʻda, bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun investitsiyapar hisobidan kapital koʻpaytiriladi. Olingan F.ning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital koʻpayadi. Natijada F. normasi pasaygan chogʻda ham olinadigan F. miqdori qisqarmaydi. Agar F. normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq koʻpaysa F. massasining ortishi yuz beradi. F. ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan soliklar toʻlanadi. Kapital qarzga olinganda F.ning bir qismi foiz qarzlarini toʻlashga ajratiladi. F.ning firmada qolgan qismidan ishchi va xizmatchilarga mukofot beriladi, agar firma aksiyadorlik jamiyati boʻlsa, F.dan dividend toʻlanadi, xayrehson ishlariga pul ajratiladi. Barcha chegirilishdan soʻng qolgan foyda taqsimlanmagan yoki tutib qolingan F. hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda qanchalik koʻp boʻlsa, firmaning oʻz mablagʻi hisobidan investitsiyalash imkoni shunchalik katta boʻladi. Firmaning oʻzida qolgan foyda investitsiya orqali kapitallashadi, yaʼni asosiy va aylanma kapitalga kelib qoʻshiladi. Bu firmalarning iqtisodiy salohiyatini oshiradi.Foyda bozor mexanizmidagi muhim iktisodiy vosita hisoblanadi. Foydaga intilish resurslarni kerakli sohalar oʻrtasida taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab qisqargani uchun narx pasayib F. kam olinadigan soxalardan chiqib talab oshgan serfoyda sohalarga doimo koʻchib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va xizmatlar yaratiladi, iktisodiyot oʻsadi. Foydaning koʻp boʻlishi mamlakat iqtisodiy salohiyatini va farovoshshgini oshirishga xizmat qiladi.
4. Ish haqi — mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi.Ish kuchi qiymati va narxi bevosita ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnat bozorida kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, oʻz ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi boʻlib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga maʼlum vaqt mobaynida maʼlum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun toʻlaydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy daromadi manbai hisoblanadi.Ish haqi — yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish qobiliyatiga boʻlgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarish shakli. Shu bilan birga ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haq ishlab chiqarish harajatlarining unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid qiladi. Ish haqi miqdorining eng qadimiy vaqt birligidir.
Soat ixtiro qilinishi bilan ishni boʻlimlarga boʻlish keng tarqaldi. Ish miqdorini oʻlchashda ish soati eng koʻp qoʻllanila boshlandi.Qadimgi Misr Oʻrta Qirolligi, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim ish haqi toʻlangan eng qadimiy davlatlarga kiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnatning miqdori va sifatiga qarab mehnatga haq toʻlashning, asosan, vaqtbay va ishbay tizimlari qoʻllaniladi. Vaqtbay ish haqi shaklida xodim oladigan ish haqi miqdori ishlagan vaqt bilan bogʻliq boʻladi, yaʼni ish haqi miqdori mehnat unumdorligi va intensivlik darajasiga bogʻliq emas. Ishbay ish haqi xodimning maʼlum vaqt mobaynida tayyorlangan mahsuloti miqdori bilan oʻlchanadi. Ishbay ish haqining koʻrinishlaridan biri — akkord ish haqi. Bunda jamoa yoki ayrim xodimga ish hajmi oldindan belgilab beriladi, umumiy haq summasi kelishib olinadi. Ish butunlay yakunlanganidan keyin ish haqi oxirigacha toʻlanadi. Ish haqining bunday shaklidan koʻpincha qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari aksar mamlakatlarda ish haqidan tashqari mehnatda erishgan yutuqlari uchun mukofotlash ham mavjud. Bular vaqtbay mukofot, ishbay mukofot tizimlari hamda korxonada olingan foyda hisobidan ajratiladigan moddiy ragʻbatlantirish fondidan mukofotlash tizimidir. Ish haqi miqdori yollanma xodimlarning turmush darajasini ifodalovchi koʻrsatkichdir. Nominal va real ish haqi koʻrsatkichlari mavjud. Nominal ish haqi yollanma xodimning oʻz mehnati evaziga olgan pul daromadalari. Real ish haqi xodimning olgan ish haqiga qancha va qanday isteʼmol buyumlari sotib olishi va madaniy-maishiy xizmatlardan foydalanish mumkinligini koʻrsatadi. Boshqacha aytganda real ish haqi — bu nominal ish haqining „xarid etish“ qobiliyati. Real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil boʻlganda, nominal ish haqiga toʻgʻri mutanosibdir va isteʼmol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.
Savollar:


  1. Yüklə 23,07 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə