Balans, uning ahamiyati, vazifasi va tarkibi Reja: Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha



Yüklə 230,84 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü230,84 Kb.
#155805
Balans, uning ahamiyati, vazifasi va tarkibi


Balans, uning ahamiyati, vazifasi va tarkibi


Reja:


1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha
2.Balansning tuzilishi va uning moddalari
3.Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar


1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha
Хo’jalik subyektlarini boshqarish uchun, eng avvalo, ulardagi mablag’lar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Shu bilan birga ular, mablag’larning qanday turlariga ega va bu mablag’lar qanday manbalardan tashkil topganligini bilish kerak bo’ladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilgan hodda pul ko’rsatkichlarida ma’lum bir sanaga berilishi kerak. Mablag’lar tarkibi va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini o’rganish uchun ularni iqtisodiy jihatdan guruhlash zarur. Mana shu ma’lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi.
Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir.
Mablag’lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli buyrug’i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.
«Aktiv» atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo’lish degan so’zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag’lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko’rsatuvchi mablag’lar guruhlanishini tushunish kerak.
Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo’lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a) kelajakdagi iqtisodiy nafni o’zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarini ko’paytirish imkoniyati;
b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobliyatini mujassamlash;
v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo’lishi.
«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha faolsiz, xolis turmoq, tushuntirish kabi so’zlarning ildizidan olingan. Тarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag’larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo’llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag’larga bo’lgan munosabatda o’zboshimchalikdan o’zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik «passiv» atamasi manbalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo’lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag’lar turlarini qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo’ldi.
Manbalarning tarkibiy qismini majburiyatlar tashkil etadi. Subyektning majburiyatlari bu oldingi amalga oshirilgan operatsiyalarning natijasi yoki kelajakda o’zida mujassamlangan iqtisodiy nafni chiqib ketishi yoki yangi majburiyatlarni vujudga kelishi bilan yakunlanadi. Majburiyatlarni uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a) aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko’rsatish yo’li bilan to’lashni vujudga keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o’zida majassamlashtirishi;
b) subyekt uchun majburiyatning bajarilishi shartligi va qariyb muqarrarligi;
v) oldingi bitim yoki voqealar natijasi bo’lishi.
Uning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo’lib ko’rsatiladi. Aktivda: I bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar va II bo’lim. Joriy aktivlar.
Passivda: I bo’lim. O’z mablag’larining manbalari va II bo’lim. Majburiyatlarga bo’linadi.
Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig’indisiga teng. Хo’jalik yurituvchi subyektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga teng.
Aktiv va passivning xar bir elementi mablag’lar turi yoki ularning manbai balans moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi: «Asosiy vositalar», «Тugallanmagan ishlab chiqarish», «Тayyor mahsulot», «Hisob-kitob schyoti» va boshqalar; passivda «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi, «Bank kreditlari», «Mol yetkazib beruvchilardan qarzlar» va boshqa moddalar.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab aktivda ham, passivda ham mablag’larning bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda ko’rsatiladi, ya’ni aktivda - turlari bo’yicha, passivda - manbalari bo’yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so’zi tenglik, barobarlikni anglatadi. Shuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so’zi bilan belgilanadi.
Balans korxonaning xo’jalik mablag’larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o’tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi. Shunday qilib, balans korxona mablag’larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish subyektlari ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir.
2.Balansning tuzilishi va uning moddalari
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdan 140-sonli buyrug’i bilan moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan. Quyida ushbu tasdiqlangan balans shaklini keltiramiz

Ko’rsatkichlar nomi

Satr kodi

Hisobot yili boshiga

Hisobot yili oxiriga

Aktiv

I. Uzoq muddatli aktivlar










Asosiy vositalar:










Boshlang’ich (qayta tikpash) qiymati (0100, 0300)

010







Amortizatsiya (0200)

011







Qoldiq qiymat (010 - 011)

012







Nomoddiy aktivlar:










Boshlang’ich qiymati (0400)

020







Amortizatsiya summasi (0500)

021







Qoldiq qiymat (020-021)

022













Uzoq muddatli investitsiyalar, jami (satr. 040+050 +060+070+080), shu jumladan:

030













Qimmatli qog’ozlar (0610)

040













Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar (0620)

050













Qaram xo’jalikjamiyatlariga investitsiyalar (0630)

060













Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar (0640)

070













Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar (0690)

080













O’rnatiladigan asmavzu-uskunalar (0700)

090













Kapital ko’yilmalar (0800)

100













Uzoq muddatli debitorlik qarzlari (0910,0920,0930,0940)

110













shundan: muddati o’tgan

111













Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar (0950,0960,0990)

120













I bo’lim bo’yicha jami
(satr. 012+022+030+090+100+110+120)

130













II. Joriy aktivlar
















Тovar-moddiy zaxirapari, jami (satr. 150+160+170+180), shu jumladan:

140













Ishlab chiqarish zaxiralari (1000, 1100, 1500, 1600)

150













Тugaplanmagan ishlab chiqarish
(2000, 2100, 2300, 2700)

160













Тayyor mahsulot (2800)

170













Тovarlar (2900 dan 2980 ning ayirmasi)

180













Kelgusidavr sarflari (3100)

190













Kechiktirilgan xarajatlar (3200)

200













Debitorlar, jami (satr. 220+230+240+250+260 +270+280+290+300+310)

210













shundan: muddati o’tgan

211













Хaridor va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan 4900 ning ayirmasi)

220













Ajratilgan bo’linmalarning qarzi (4110)

230













Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarning qarzi (4120)

240













Хodimlarga berilgan bo’naklar (4200)

250













Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar (4300)

260













Budjetga soliq va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (4400)

270













Maqsadli davlat jamg’armalari va sug’urtalar bo’yicha bo’nak to’lovlari (4500)

280













Тa’sirchilarning ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzi (4600)

290













Хodimlarning boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzi (4700)

300













Boshqa debitorlik qarzlari (4800)

310













Pul mablag’lari, jami (satr. 330+340+350+360), shu jumladan:

320













Kassadagi pul mablag’lari (5000)

330













Hisoblashish schyotidagi pul mablag’lari (5100)

340













Chet el valutasidagi pul mablag’lari (5200)

350













Boshqa pul mablag’lari va ekvivalentlari (5500,5600,5700)

360













Qisqa muddatli investitsiyalar (5800)

370













Boshqa joriy aktivlar (5900)

380













II bo’lim bo’yicha jami
(satr. 140+190+200+210 +320+370+380)

390













Balans aktivi bo’yicha jami (satr. 130+390)

400
















Ko’rsatkichlar nomi

Satr kodi

Hisobot yili boshiga

Hisobot yili oxiriga







P a s s i v







I. O’z mablag’lari manbalari
















Ustav kapitali (8300)

410













Qo’shilgan kapital (8400)

420













Zaxira kapitali (8500)

430













Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600)

440













Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)

450













Maqsadli tushumlar (8800)

460













Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari uchun zaxiralar (8900)

470













1 bo’lim bo’yicha jami
(satr. 410+420+430-440+450 +460+470)

480













II. Majburiyatlar
















Uzoq muddatli majburiyatlar, jami
(satr. 500+510 +520+540+550+560+570+580+590)

490













Shu jumladan: uzoq muddatli kreditorlik qarzlari (satr. 500+520+540+560+590)

491













Shundan: muddati o’tgan uzoq muddatli kreditorlik qarzlari

492













Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarz (7000)

500













Ajratilgan bo’linmalarga uzoq muddatli qarz (7110)

510













Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarga uzoq muddatli qarz (7120)

520













Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar (7210, 7220, 7130)

530













Soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7240)

540













Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7250, 7290)

550













Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar (7300)

560













Uzoq muddatli bank kreditlari (7810)

570













Uzoq muddatli qarzlar (7820, 7830, 7840)

580













Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar (7900)

590













Joriy majburiyatlar, jami (satr. 610+630+640+650 +660+670+680+690+700+710+720+730+740+750+760)

600













Shu jumladan: joriy kreditorlik qarzlari (satr. 610+630+650+670+680+690+700+710+720+760)

601













Shundan: muddati o’tgan joriy kreditorlik qarzlari

602













Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz (6000)

610













Ajratilgan bo’linmalarga qarz (6110)

620













Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarga qarz (6120)

630













Kechiktirilgan daromadlar (6210, 6220, 6230)

640













Soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar (6240)

650













Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar (6250, 6290)

660










Olingan bo’naklar (6300)

670










Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (6400)

680










Sug’urtalar bo’yicha qarz (6510)

690










Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarz (6520

700










Тa’sischilarga bo’lgan qarzlar (6600)

710










Mehnatga haq bo’lash bo’yicha qarz (6700)

720










Qisqa muddatli bank kreditlari (6810)

730










Qisqa muddatli qarzlar (6820, 6830, 6840)

740










Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi (6950)

750










Boshqa kreditorlik qarzlar (6950 dan tashqari 6900)

760










II bo’lim bo’yicha jami (satr. 490+600)

770










Balans passivi bo’yicha jami (satr. 480+770)

780








































Balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag’lar turi va ularning ma’lum davrda aylanishidagi joylanishi keltiriladi. Masalan, aktivning birinchi moddasida dastlabki qiymatda berilgan «Nomoddiy aktivlar» korxona ixtiyoridagi sezilarsiz aktivlarning qiymatini tavsiflaydi. Navbatdagi «Amortizatsiya» moddasi nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati qanchaga kamayganini ko’rsatadi. «Qoldiq qiymat» moddasi nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasini ayirib tashlangandan keyingi qolgan qiymatini aks ettiradi.
«Asosiy vositalar» dastlabki qiymat moddasida korxona ixtiyoridagi mehnat vositalarining qiymatini ko’rsatadi. Shuningdek, qayta tiklash qiymati - eskirish va asosiy vositalarning qoldiq qiymati va hokazolarni aks ettiradi. «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi korxona ixtiyoridagi «Хom-ashyo va materiallar», «Yordamchi materiallar», «Yoqilg’i» va ombordagi boshqa ishlab chiqarish zaxiralarining qiymatini umumiy summada aks ettiradi. «Тugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi korxonaning har xil sexlarida tayyorlanishi hali oxirigacha yetkazilmagan buyumlarga qilingan sarflar summalarini aks ettiradi. «Тayyor mahsulot» - bu mazkur korxonada tayyorlangan va sotish uchun mo’ljallangan buyumlardir. «Kassa» va «Hisob-kitob schyoti» moddalarida muayyan davrda korxona ixtiyoridagi pul mablag’larining summasi ko’rsatiladi. «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklao». «Boshqa debitoolik qarzlari» va hokazo moddalarida esa boshqa xo’jalik yuritish subyektlarning ushbu korxonaga undan sotib olingan mahsulot uchun («Хaridorlar») va boshqa operatsiyalar bo’yicha («Boshqa debitorlar») qarzlari aks ettiriladi.
Ko’rinib turibdiki, aktiv moddalari juda aniq bo’lib, ularning mazmuni ko’p tushuntirishlarni talab qilmaydi. Passiv moddalari esa boshqachadir. Bu moddalardan ba’zilarining mohiyatini ularning qanday maqsadga tayinlanishiga qarab aniqlab olish doim ham oson bo’lavermaydi. Passivdagi har bir moddaning mazmunini aniq ko’z oldiga keltirish uchun passiv umuman nimani aks ettirishini yaxshi bilib olish lozim. Yuqorida aytilganidek, passiv aktivda ko’rsatilgan korxona mablag’larining manbaini aks ettiradi.
Passivning birinchi moddasi ustav kapitalidir. Uning summasi korxonaning yaratilish paytida shakllantirilgan mablag’lar miqdoridan iborat. Bunda korxonaning o’z mablag’larining umumiy summasi ko’rsatiladi va bu manbadan berilgan mablag’larning o’zi balans aktivining moddalarida aniq gavdalantirilgan bo’ladi.
«Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasida korxonaning faoliyat ko’rsatishi boshidan boshlab hisobot davrigacha bo’lgan vaqt ichida jamg’arilgan foyda summasini aks ettiradi.
«Uzoq muddatli kreditlar» moddasida korxonaning bankka bo’lgan uzoq muddatli qarzi aks ettiriladi. Bu moddada ko’rsatilgan summa korxona tomonidan olingan uzoq muddatli bank kreditini aks ettirib, belgilangan davrda qaytarilishi kerak. Mazkur modda korxona ixtiyorida hozircha bo’lgan pul mablag’larining miqdorini ko’rsatadi, deb o’ylash noto’g’ri bo’ladi, chunki bank tomonidan kredit ko’rinishida beriladigan pul mablag’lari odatda korxonaning hisob-kitob schyotiga yozib qo’yiladi yoki mol yetkazib beruvchilardan bo’lgan qarzni uzish uchun o’tkaziladi. Demak, bu mablag’ balansning boshqa moddalarida aks ettiriladi.
«Kreditorlar» moddasining «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» qatorida keltirilgan summa korxonaning mol yetkazib beruvchilardan sotib-olingan har xil moddiy boyliklari uchun qarzini ko’rsatadi.
«Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarzlar» moddasida korxonaning ishchilar va xizmatchilariga hisoblangan ish haqiga doir majburiyatlari aks ettiriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu modda korxona tomonidan ishchi va xizmatchilarning bajargan ishlari uchun to’lanishi kerak bo’lgan ish xaqi summasi qancha ekanligini ko’rsatadi.
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» moddasi korxonaning budjet oldidagi undan undiriladigan har xil soliqpar va ajratmalarni to’lash bo’yicha majburiyatlarining summasini, ya’ni moliya tashkilotlariga bo’lgan qarzning miqdorini aks ettiradi. Тo’lanishi lozim bo’lgan summa aniqlanganidan keyin, korxona o’z balansining passivida shu modda bo’yicha uning summasini ko’rsatadi. Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
1. Тuzish vaqtiga qarab: kirish balansi; joriy (davriy) balans; tugatish balansi; ajralish balansi; qo’shilish balansi; sanatsiya balansi.
2. Тuzish manbalariga qarab: inventar balanslari. Faqat inventar vositalari asosida tuziladi; ular qisqartirilgan variantda hisoblanadi. Bunday balanslar mavjud mulk asosida yangi korxonalar vujudga kelganda yoki xo’jaliklar o’z shaklini o’zgartirganda talab qilinadi; daftar balansi - inventarizatsiya o’tkazish yo’li bilan oldindan tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi; bosh balans - hisob va inventarizatsiya ma’lumotlariga asosan tuziladi.
3. Axborot hajmi bo’yicha: yakka balans - faqat bir korxona axborotini aks ettiradi; yig’ma balans - barcha korxonalar mablag’larining umumiy holatini aks ettiruvchi summalarni mexanik qo’shish yo’li bilan tuziladi; konsolidallashgan balans.
4. Faoliyat xarakteri bo’yicha: asosiy balans - korxonaning asosiy faoliyat turi va ustaviga to’g’ri keladigan balans; asosiy bo’lmagan balans - korxonaning boshqa faoliyat turlari bo’yicha tuziladigan balans.
5. Mulk shakli bo’yicha: davlat korxonalari balansi; aksioner jamiyatlari balansi; munitsipal balansi; qo’shma korxonalar, kichik va xususiy korxonalar balansi.
6. Aks ettirish obyekti bo’yicha: huquqiy shaxs bo’lgan korxonaning mustaqil balansi; alohida balans.
7. Тozalanish usuli bo’yicha: brutto-balansi - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balans; netto-balans - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans. Bizning Respublikamizda netto-balansi qo’llaniladi.
3.Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar
HarHar bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik operatsiyalarini sodir etadi. Barcha xilma-xil xo’jalik operatsiyalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik operatsiyalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jaklik operatsiyalari balansga faqat to’rt xil yo’l bilan ta’sir etadi.
Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
Ikkinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.
Тo’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. Balansga ta’sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz.
Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Хo’jalik faoliyatiny amalga oshirishda xo’jalik mablag’lari tarkibi va hajmi sodir bo’layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar balansga, albatta, ta’sir etadi. Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga korxona balansi quyidagicha bo’lgan:

BALANS




Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Хom-ashyo va materiallar

100000

Foyda

30000

Kassa

100

Bank kreditlari

20000

Hisob-kitob schyoti

49900

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

50000

JAMI

500000

JAMI

500000

Misolni ko’rib chiqayotganda korxona mablag’lari xo’jalik operatsiyalarida qatnashayotganda, o’zgarmasdan qolmasligiga e’tibor beramiz; keyinchalik ular yangi xususiyatga ega bo’ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o’tadilar. Shuning uchun davr boshiga ko’rsatilgan dastlabki xolati katta o’zgarishlarga duch keladi. Lekin bunda mablag’lar turining umumiy summasi bilan ularning manbalarining umumiy qiymati o’rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi.


Birinchi operatsiya. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 60 so’m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60 so’mga kamayadi va 40 (100-60) so’mni tashkil qiladi. Shu bilan bir vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining paydo bo’lishiga olib keladi.
Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo’lgan 60 so’mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo’ladi. Bunda ushbu operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur xodisadan mablag’lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o’tipshgina sodir bo’ldi. Aktivning jami o’zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

BALANS (birinchi operatsiyadan keyin)



Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Хom ashyo va materiallar

100000

Foyda

30000

Kassa

40

Bank krelitlari

20000

Hisob-kitob schyoti

49900

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

50000

Debitorlar

60







JAMI

500000

JAMI

500000

Ikkinchi operatsiya. Sof foydaning bir qismi (10000 so’m) hisobidan korxona ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan zaxira kapitali tashkil etilgan.


Mazkur operatsiya korxonaning taqsimlanmagan foydasini 10000 so’mga kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo’ladi: xuddi shu summaga zaxira kapitali ko’payadi. Demak, endi foyda miqdori 20000 (30000-10000) so’mni, zaxira fondi esa 10000 so’mni tashkil qiladi.
Ikkinchi operatsiya natijasida faqat mablag’lar manbaio’zgaradi. Bir manba (foyda)ning kamayishi hisobiga boshqa (zaxira fondi) manba paydo bo’ladi. Bu operatsiya faqat passiv moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi o’zgarmaydi. Demak, aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi.( BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)ga qarang)
Uchinchi operatsiya. Mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan 25000 so’mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to’lanmadi. Mazkur operatsiya, birinchidan, materiallarning miqdori ko’payishiga olib keladi. Demak, balansning «Хom ashyo va materiallar» moddasi 25000 so’mga oshadi. Ikkinchidan,
BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)

Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning
joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Хom ashyo va materiallar

100000

Zaxira kapitali

10000

Kassa

40

Foyda

20000

Hisob-kitob schyoti

49900

Bank kreditlari

20000

Debitorlar

60

Mol yetkazib beruvchi pudratchilar bilan hisoblashishlar

50000

JAMI

500000

JAMI

500000

materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali to’lanmagani uchun, korxonaning mol yetkazib beruvchilar oldida qarzi paydo bo’ladi. Balansda bu «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» moddasi bo’yicha aks ettirilib, uning summasi ham 25000 so’mga oshadi va 75000 so’mga teng bo’ladi.


Balansda aks ettirilish tavsifi bo’yicha ushbu operatsiya oldingisidan farq qiladi. U bir vaqtning o’zida aktiv va passivga tegishlidir. Lekin uning aktivda xam, passivda xam yuzaga keltirgan o’zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va bir tomonga yo’naltirilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir xilda o’zgaradi, ularning o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.

BALANS (uchinchi operatsiyadan keyin)



Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Хom ashyo va materiallar

125000

Zaxira kapitali

10000

Kassa

40

Foyda

20000

Hisob-kitob schyoti

49900

Bank kreditlari

20000

Debitorlar

60

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

75000

JAMI

525000

JAMI

525000

Тo’rtinchi operatsiya. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo’yicha qarzni uzish uchun 20000 so’m o’tkazilgan. Bu operatsiya hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o’zida korxonaning kreditlar bo’yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «Hisob-kitob» schyoti bo’yicha summa 29900 (49900 - 20000) so’mgacha kamayadi va «Bank kreditlari» passiv moddasi bo’yicha 0 (20000 - 20000) gacha kamayadi, ya’ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi.


Тo’rtinchi operatsiya balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamaytirdi. Shuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o’rtasidagi tenglik bu operatsiyadan keyin ham saqlanib qoladi.
Bunga o’xshagan operatsiyalar xo’jalik faoliyatida ko’plab uchraydi. Keltirilgan to’rtta operatsiyalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’z ichiga oladi.
BALANS (to’rtinchi operatsiyadan keyin)

Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Хom ashyo va materiallar

125000

Zaxira kapitali

10000

Kassa

40

Foyda

20000

Hisob-kitob schyoti

29900

Bank kreditlari

-

Debitorlar

60

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

75000

JAMI

505000

JAMI

505000

Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta’sir qiladigan voqealar (birinchi va ikkinchi operatsiyalar) ko’rsatilgan edi. Bunda balansning aktivi va passivinio’zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo’lib o’tgan edi. Bu balans o’zgarishlarining birinchi va ikkinchi turlaridir. Boshqa operatsiyalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etadi. Bunda har ikkala ta’sir qilinadigan moddalar ularning ko’payishi (uchinchi operatsiya) yoki kamayishini (to’rtinchi operatsiya) yuzaga keltiradi.


Yuqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o’zgarishlar turlarini quyidagi tarzda ifodalash mumkin:

2.1-chizma. Balansdagi o’zgarishlarning turlari
Balansli o’zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini, ya’ni har qanday operatsiya uning, albatta, ikki moddasiga ta’sir etishini va hech qachon aktiv bilan passiv o’rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olishuchun zarurdir. Operatsiyalarning iqtisodiy mazmunini o’rganishga ushbu guruhlashning hech qanday aloqasi yo’q.
Qisqa xulosa
Buxgalteriya balansi - xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir.
Yüklə 230,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə