Bank-moliya xizmatlari


I BOB. Xalqaro munosabatlar zaruriyati



Yüklə 101,25 Kb.
səhifə2/9
tarix08.05.2023
ölçüsü101,25 Kb.
#109213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nasrullayev Abdulaziz.

I BOB. Xalqaro munosabatlar zaruriyati

    1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mohiyati va asosiy tushunchalari

Jahon xо‘jaligini XX asr ikkinchi yarmidagi faoliyatining о‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv ravishda rivojlanishidir. Davlatlar, davlatlar guruhlari, iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar kengaymoqda va chuqurlashmoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishida, xо‘jalik hayotining baynalmilallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligida va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bо‘lmoqda.
Shunisi xarakterliki ushbu barcha о‘zaro hamkorlik, yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xо‘jaliklarni mustahkamlashga intilishi oqibat natijada jahon xо‘jaligining yanada kо‘proq baynalminalashuviga, milliy iqtisodiyotlarning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi nimani о‘rganadi, uning predmeti nima?
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan iborat xalqaro iqtisodiy munosabatlarning о‘zi va uni amalga oshirish mexanizmi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar о‘z ichiga alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek, alohida korxonalarning (transmilliy, kо‘pmillatli korporatsiyalar) jahon xо‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotini emas balki, ular о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning о‘ziga xos tomonlari tadqiq qilinadi. Har qanday fan singari xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham, har qanday iqtisodiy munosabatlarni emas, balki eng kо‘p qaytariladigan, tipik, xarakterli, aniqlovchi munosabatlarni о‘rganadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi о‘z ichiga huquqiy normalarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», xartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga yо‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi:
1.Xalqaro mehnat taqsimoti.
2. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.
3. Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati.
4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi
5. Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning nazariya va amaliyotini о‘rganish paytida biz jahon xо‘jaligi degan tushunchaga duch kelamiz. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning obyektiv asosi bо‘lgan jahon xо‘jaligi XIM nazariya va amaliyoti tadqiqotining maxsus о‘rganish obyekti emas. Ammo u, XIM muammolarini kо‘rib chiqishda muhim komponent hisoblanadi.1
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) jahon xо‘jaligi vujudga kelmasdan oldin ham mavjud edi. Masalan-Yevropa davlatlari о‘rtasidagi XIM, mintaqalar (Yevropa-Shimoliy Afrika, Yevropa-Yaqin Sharq va h.k.) о‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega edi. Jahon xо‘jaligining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bо‘ldi. Alohida davlatlar iqtisodiyotiga yoki jahon xо‘jaligiga asoslangan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kо‘proq ularga qaramdir. Ammo xalqaro iqtisodiy munosabatlar amalga oshish jarayonida о‘z qonuniyatlariga buysunuvchi holatga, jahon iqtisodiyotining mavjudlik va rivojlanish shakliga, uning ichki mexanizmiga aylanib boradi.
Jahon xо‘jaligi nima? Zamonaviy jahon xо‘jaligi bu - bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga buysunuvchi, о‘zaro bog‘liq bо‘lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global iqtisodiy organizmdir.
Jahon xо‘jaligi rivojlanishinig bosqichlari. Vujudga kelish va rivojlanishda uzoq va qiyin yо‘l bosib о‘tdi. Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kelishini Rim imperiyasi davriga bog‘lashadi. Bunda ular Rim imperiyasini о‘sha vaqtdagi butunjahon xо‘jalik tizimi deb baholaydilar. Boshqa olimlar Jahon xо‘jaligi faoliyat kо‘rsata boshlagan vaqtni XV-XVI asrlar, ya’ni buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davri bilan bog‘laydilar. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaho toshlar, metallar, shirinliklar va kо‘llar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga sabab bо‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon xо‘jaligi cheklangan bо‘lib, faqat savdogarlar sarmoyalari ishlaydigan soha edi.
Zamonaviy jahon xо‘jaligi sanoat inqilobidan keyin, kapital monopol bosqichiga о‘tishi davomida vujudga keldi. XIX asr oxiri-XX asr boshidagi jahon xо‘jaligi XXasrning 60-90-yillaridagi jahon xо‘jaligidan sezilarli farq qiladi.
XX asrdagi jahon xо‘jaligi «kapital kuchiga» nisbatan kо‘p jihatdan oddiy kuchga, iqtisodiyotga yot bо‘lgan majburiyatlarga asoslangan edi. Bu davrdagi jahon xо‘jaligida о‘tkir qarama-qarshiliklar mavjud edi. Bu esa uni nobarqaror qilardi. Bu imperialistik mamlakatlar о‘rtasidagi qarama-qarshiliklar (ikkita jahon urushiga olib kelgan), shuningdek, sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar о‘rtasidagi qarama-qarshiliklardir. XX asr о‘rtalariga kelib jahon xо‘jaligi ikki qismga: jahon kapitalistik va jahon sotsialistik xо‘jaliklarga bо‘lingan edi. Jahon iqtisodiy aloqalari tizimida jahon kapitalistik xо‘jaligi ustunlik qilar edi. 90-yillar boshida xalqaro savdo tovar aylanmasining 10 dan 9 qismi jahon kapitalistik
xо‘jaligi doirasida ruy berardi; 80-yillar oxirida xalqaro iqtisodiy ayirboshlash kanallari orqali kapitalistik dunyo umumiy yalpi mahsulotining bor-yо‘g‘i 5dan 1 qismi sotilardi xolos.
Sobiq sotsialistik mamlakatlarda jahon milliy daromadining 3 dan 1 qismi, shu jumladan UIYOK davlatlarida – 4 dan 1 qismi ishlab chiqarilardi.
60-yillardan boshlab jahon xо‘jaligi tizimiga rivojlanayotgan davlatlar qо‘shildi. 70-yillarning о‘rtalarida ular orasida YAID-«yangi industrial davlatlar», ya’ni Janubi-Sharqiy Osiyo (1-oqim - 4 kichik «ajdaho»- Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur) va Lotin Amerikasi davlatlari Braziliya, Argentina, Meksika sezilarli darajada ajralishdi.
SSSR tarqalib ketganidan keyin va Sharqiy Yevropada inqilobiy о‘zgarishlardan keyin jahon xо‘jaligi yaxlit, butun organizm kо‘rinishni oldi. Shakllanayotgan global jahon xо‘jaligi bir tekis bо‘lmagan holda, о‘z ichiga sanoati rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan davlatlar va о‘tish shaklidagi iqtisodiy tizimli davlatlarning milliy iqtisodiyotlarini о‘z ichiga oladi.
Tashqi bozorga yuz tutgan kо‘plab qarama-qarshiliklar va turlicha tendensiyalarni saqlab qolgan holda XXI asr bо‘sag‘asidagi jahon xо‘jaligi XX asr о‘rtasidagi jahon xо‘jaligidan solishtirib bо‘lmaydigan darajada kо‘proq ajralmas, integratsiyalashgan va dinamikdir.
Zamonaviy Jahon xо‘jaligining xarakteri qanaqa, uning о‘ziga xosligi nimada, kо‘rsatkichlari va rivojlanish omillari qanaqa?
XXI asr bо‘sag‘asidagi Jahon xо‘jaligi - о‘z miqyosiga kо‘ra globaldir; u tо‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv
qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi.
Urushdan keyingi о‘n yillikda Jahon xо‘jaligi rivojining yetakchi tendensiyalaridan biri, bu kо‘plab davlatlarning birin-ketin yopik milliy xо‘jalikdan iqtisodiy ochiq tipdagi xо‘jalikga о‘tish hisoblanadi. Urushdan keyingi iqtisodiy tiklash davrida va keyingi yillardagi boshlab, G‘arb davlatlari hukumatlari yanada faol ravishda oldingi avtokratik qoldiqlardan kutilyaptilar.2
Aynan AQSH «Ochiq savdo», «Ochiq iqtisodiyot» degan tezislari bilan chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida о‘z hohishlarini о‘tkazish uchun edi. Ikkinchi jahon urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan jahonning eng ilg‘or savdo mamlakati sifatida yangi iqtisodiy tartib qо‘llanmalari taklif etildi. Bunday «erkin savdo» va «ochiq iqtisodiyot» hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi quroli, amerika korporatsiyalarining tutib bо‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi. Bunday «ochiq» iqtisodiyot haqida Fransiyalik iqtisodchi Mishel Pebro ochiq-oydin shunday degan «Ochiq, erkin savdo- ilg‘or iqtisodiyot uchun eng qulay о‘yin qoidalaridir».
Ammo urushdan keyingi dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatning о‘zgara borishi bilan ochiq iqtisodiyot haqida tezis bir tomonlamalik, amerika ekspansionizmining manfaatlariga yо‘naltirilganlikni yо‘qotdi va obyektiv, chuqur omillar faoliyatiga asoslangan, jahon xо‘jalik aloqalarining baynalmilallashuvi ma’nosini ola boshladi.
Jahon iqtisodiyoti (JX) baynalminallashuvi miqyosi va xarakteriga, uning ochiqligi darajasini oshishiga katta ta’sir kо‘rsatgan va kо‘rsatayotgan asosiy omillar qaysilar?
Ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlat katta rol о‘ynadi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag‘batlantirib, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga yordamlashib о‘ziga eksportga yо‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni rag‘batlantirish funksiyasini oldi. Chet eldan investitsiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi va axborot oqib kelishini yengillashtirgan mustahkam huquqiy asos yaratildi. Mamlakatlarning ochiqroq iqtisodiyotga о‘tishlaritransmilliykorporatsiyalar (TMK) faoliyati bilan tezlashdi. Yangi bozorlarni о‘zlashtirishga intilib, turli mamlakatlarda kо‘plab filiallar, shu’ba korxonalari tashkil etib, TMK chet davlatlarning proteksionistik tо‘siqlarni aylanib о‘tardilar va xalqaro iqtisodiy ayirboshlashni baynalminallashtirdilar.
XX asrning ikkinchi yarmida transport, axborot-aloqa vositalarining sezilarli rivojlanishi ham milliy iqtisodiyotlar ochiqligi rivojlanishida, aholi harakatchanligining oshishida katta rag‘batlantiruvchi rol о‘ynadi.
Asta-sekin, uzoq vaqt mobaynida davlatlarning bir-biridan ajratib turgan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy tо‘siqlar olib tashlandi. Xalqaro ayirboshlashning erkinlashtirilishi milliy xо‘jaliklarning tashqi sharoit va ta’sirlarga moslashishini yengillashtirdi, ularning xalqaro mehnat taqsimotiga yanada faol qо‘shilishiga imkon yaratdi.
60-yillardan boshlab ochiqlik jarayonlari qator rivojlanayotgan mamlakatlarga tarqala boshladi. 80-yillar boshidan Xitoy ham ochiqlik siyosatiga tarafdorligini e’lon qildi. «Ochiqlik termini» dunyoning kо‘plab mamlakatlari lug‘atiga kirdi. Masalan arabcha-«infitax», xitoycha-«kayfan».
Shunday qilib «ochiq iqtisodiyot» tushunchasiga nimalar kiradi?
«Erkin savdo» va «ochiq iqtisodiyot» tushunchalarini farqlash lozim. «Erkin savdo» haqidagi tezis A.Smit siyosiy iqtisodiyotidan boshlanadi va zamonaviy amerika iqtisodchilarining kashfiyoti emas. «Ochiq iqtisodiyot» tushunchasi ishlab chiqarish omillari, axborot, milliy valyutalarning о‘zaro almashuvining erkin harakatini о‘z ichiga olgan tovarlar savdosi sifatida «erkin savdo» tezisidan kengroq tushunchadir.
Ochiq iqtisodiyotni avtarkiya, о‘z-о‘zini ta’minlash iqtisodiyoti, haddan tashqari о‘z kuchiga suyanishning antipodi sifatida tushunish lozim. Ochiq iqtisodiyotning vujudga kelishi - bu jahon rivojlanishining obyektiv tendensiyasidir. Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda harakat qilish bu jahon bozori standartlarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat qilishdir.
Ochiq iqtisodiyot iqtisodiyotning yaxlitligini, jahon xо‘jaligiga, jahon bozoriga integratsiyalashgan yagona iqtisodiy majmuani nazarda tutadi. Ochiq iqtisodiyot bu turli hamkorlikdagi tadbirkorlik shakllaridan faol foydalanish, erkin tadbirkorlik zonalar tashkil qilish, tashqi savdoda davlat yakka hokimligini yо‘qotish (kо‘p sohalar bо‘yicha), xalqaro mehnat taqsimotida davlatning nisbiy ustunliklaridan samarali foydalanishdir.
Iqtisodiyotning eng muhim о‘lchovlaridan biri ma’lum iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va xalqaro raqobatbardoshlilik doirasida (soha va makroiqtisodiy darajada) kapital quyilmalar, texnologiyalar, axborot oqimini rag‘batlantiruvchi qulay investitsion muhitdir. Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga tо‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi.



Yüklə 101,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə