Bank-moliya xizmatlari


Universal Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga quyidagilar kiradi



Yüklə 101,25 Kb.
səhifə7/9
tarix08.05.2023
ölçüsü101,25 Kb.
#109213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nasrullayev Abdulaziz.

Universal Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga quyidagilar kiradi:

  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)

  • Jahon savdo tashkiloti (JST)

  • Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)

  • Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC)

  • Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN)

  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi

  • Xalqaro savdo palatasi

  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO)

  • Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, Yevropaning bir qator davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YEXHT, SHHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, madaniyat va shu kabi sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi, davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhimshakllaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi. Bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi, koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi. Qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi va ular odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo xalqaro tashkilotlar va nohukumat xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.2 Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va va boshqa nomlar bilan ataladi. Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag’larining davlatlararo maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi. Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar
ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend tulaydilar hamda turli maqsadlar uchun zaxira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro Investitsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Xamkorlik Xalqaro bankini (IXXB), YTTB, XVFni kiritish mumkin. Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini ko’rish mumkin. Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag’lari, xalqaro ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va
byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi xisoblanadi. YeI da ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, YeI ning byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va boshqalar. Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga
byudjetlari tashkil etiladi. Bunday tashkilotlarga ma’lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini
muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo’yicha xalqaro Agentlik, Dengiz yo’ldosh aloqasi bo’yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning
umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Uchinchi tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bo’lgan ilmiy
dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi
ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi
(1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971-1980 yy.),


Yüklə 101,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə