Barhayot qadriyatlar


Javohir: O’tib ketdi qishning sovuq Ham bo’ronli kunlari. Ortda qoldi oy’ yulduzsiz’ Tim qorong’i kunlari. Ibrohim



Yüklə 8,54 Mb.
səhifə2/3
tarix04.06.2023
ölçüsü8,54 Mb.
#115409
1   2   3
Barhayot qadriyatlar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Ustoz
Javohir: O’tib ketdi qishning sovuq
Ham bo’ronli kunlari.
Ortda qoldi oy’ yulduzsiz’
Tim qorong’i kunlari.


Ibrohim: Endi quyosh ko’proq boqar
Dalalarga, bog’larga.
Quchoq-quchoq yog’du sochar,
Adirlarga, tog’larga.


Elyor: Quyoshga taft berib, zaminga mehr,
Soylarni to’ldirib tog’larda bahor.
Gullarga jon berar soniya sehr,
Tabiat jonlanar, bog’larda bahor.


Dilshod: Quyoshga taft berib, zaminga mehr,
Soylarni to’ldirib tog’larda bahor.
Gullarga jon berar soniya sehr,
Tabiat jonlanar, bog’larda bahor.


Ustoz: Chindan ham bahor fasllarning kelinchagi, inson umridagi eng gullagan davri bo`lgan yoshlikni ham umr bahori deb atashadi. Shunday ekan deyarli har bir shoir bahordan ilhom oladi va uni tarannum etuvchi she’rlar yozadi. Shu she’r va qo’shiqlardan ilhom olgan go’zal va lobar qizlarimiz ishtirokida “ Nahori nashta” raqsiga navbatni beramiz.

Sinf qizlari ishtirokida “ Nahori nashta” raqsi ijro etiladi.







Ustoz: Barakalla qizlar. Bo’lmasa keyingi navbatni, qalblarni quvontiruvchi, bahorni taranum etadigan she’rlarga beramiz. Marhamat ! (4-“V” sinf o’quvchilari)


Odina: Qish qorini supurdi,
Quyosh nurin ufurdi.
Yalpiz hidi gupurdi,
Bahor fasli kelgach.


Sadoqat: Chaqmoq ko’kda yong’oq chaqdi,
Qizg’oldoqlar selda oqdi.
Mayin shomol bizga yoqdi,
Bahor fasli kelgach.




Shoxdiyor: Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
Yelkasida bayram libosi,
Qo’llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag’ishlab chiroy,
Yurtga keldi yana ko’klamoy.


Mansur: Bobomning bayti bor yaproqlaringda
Momomning tafti bor chorbog’laringda.
Onamni eslatar rayhoning, yurtim
Dadamning hidi bor tuproqlaringda.


Umrjon: Qizg’aldoqzoringda ko’milib yotdim,
Billur shabnamlarda cho’milib yotdim
Dunyoni unutdim, o’zni yo’qotdim
Men ham vatan bo’ldim quchoqlaringda.


Ruslan: Qaldirg`och: – Qizlar sochi jamalak,
Pazandasi zo’r malak.
Kafgirni aylantirar,
Doshqozonda sumalak.
O’tin yiqqandi bobom,
Bug`doy undirdi momom.
Sumalak sayli bugun,
Shodu xurrammiz tamom!


Ustoz: Dedilar dunyoda asli kim aziz?
Aytdilar ustozdir ustoz begumon
Tag’in aytdilarki aziz shubhasiz
Ustozin qadriga yetolgan inson.

Hozirgi navbatimizni aziz o’quvchilarimiz ijrosidagi “Ustoz yaxshida” xor qo’shig’iga beramiz.



Yüklə 8,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə