Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Amaliy mashg‘ulot
Mulohaza uchun
Bilasizmi?


I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
26
@edurtm_uz
Ijtimoiy tarmoqda qimmatga tushgan xatti-harakatlar
A. 2012-yil. Gollandiyaning Haren shaharchasida istiqomat qiluvchi
16 yoshli qiz tug‘ilgan kunini nishonlash uchun do‘stlarini uyiga
taklif qildi. U «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida taklifnoma tayyorlab,
jamoatchilikka tarqatdi. Virtual taklifnoma tarmoqda ommalashib, 100 yoki
1000 kishi emas, naq 30 ming kishiga yetib bordi.
Garchi tug‘ilgan kun tadbiriga tayyorlangan taklifnoma bekor qilinsa-
da, tug‘ilgan kunni nishonlash uchun Harenga 3 ming nafar kishi jam
bo‘lgan. Aldanganini sezgan «Facebook» foydalanuvchilari norozilik keltirib
chiqardilar. Politsiya aralashuvi bilan tartibsizliklar bartaraf etildi.
B. Nodira ta’til davrida restoranda ofitsiant bo‘lib ishlaydi. Bir
kuni ovqatlanishga kelgan ikki mijoz restoranda kechgacha qolib
ketdi. Natijada Nodiraning me’yoridan 3 soat ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri
keldi. Mijozlar chiqib ketish mahali unga 15 ming so‘m choychaqa puli
berishdi. Bundan g‘azablangan Nodira «Facebook» tarmog‘ida fikr yozib,
restoran nomini qoldirgan holda, o‘sha mijozlarni «pastkash» deb atadi.
Mijozlarni haqorat qilish – restoran ichki tartibiga zid edi. Shu bois Nodira
ishdan bo‘shatildi.
D. Soxta nom bilan sahifa ochib olgan Internet foydalanuvchisi o‘zganing
shaxsiy hayotiga doir videoni qo‘lga kiritdi. U video evaziga katta miqdorda
pul talab qilib, pulni olmasa, videoni «Telegram» orqali tarqatishini aytdi.
Tezkor qidiruv ishlari natijasida tovlamachi fosh qilinib, unga nisbatan
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan
jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
1. Tug‘ilgan kunini nishonlamoqchi bo‘lgan qizning xatosi nimada edi?
2. Nima sababdan bilgan ham, bilmagan ham qizning tug‘ilgan kunini
nishonlash uchun shaharchaga to‘plandi?
3. Politsiya tartibsizlikni bartaraf qilmaganida, voqealar rivoji Haren shahri
uchun qanday yakunlanishi mumkin edi?
4. Nodira qanday yo‘l tutishi kerak edi?
5. Restoran ichki tartibini qo‘llab-quvvatlaysizmi? Nega?
6. Internet tarmog‘ida fikr qoldirishdan avval nimalarni hisobga olish
kerak? Xato va noo‘rin fikrlar yana qanday oqibatlarga olib kelishi
mumkin?
7. Tovlamachi nimadan bexabar bo‘lgan?
8. Shaxsiy hayotimizga oid videolarni qanday himoya qilish mumkin?
9. Internet tarmog‘ida qanday himoyalanish mumkin?

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə