Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


VAQTNI TO‘G‘RI TAQSIMLASH



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

VAQTNI TO‘G‘RI TAQSIMLASH
O‘qituvchi stol ustidagi idishga bir necha dona qayroqtoshlarni soldi.
«Nima deb o‘ylaysizlar, idish to‘ldimi?» – so‘radi u o‘quvchilardan. Idishda
ko‘rinib turgan qayroqtoshlarni ko‘rib, sinf uning to‘lganini tasdiqladi.
So‘ng o‘qituvchi dars avvalida stol ustiga yoygan qog‘ozdan yarim
hovuch mayda shag‘al toshchalarni olib, idishga soldi va yana o‘quvchi-
lardan idishning to‘lgan-to‘lmaganligini so‘radi. Qayroqtoshlar orasidan
sirg‘anib, bo‘sh joylarni to‘ldirgan shag‘alni ko‘rgan o‘quvchilar yana bir
ovozdan idishning to‘lganini tasdiqlashdi.
Shundan keyin o‘qituvchi kaftini qog‘oz ustidagi qumga to‘ldirib,
uni qayroq va shag‘alga to‘lgan idish ustiga to‘kdi. To‘lganligi bir necha
marotaba tasdiqlangan idishga bir kaft qum zarralari ham singib ketdi.
O‘quvchilar bu gal ham bu tajribaning nima bilan tugashiga qiziqib,
«To‘ldi!» deb javob qaytarishdi.
«Bu idish sizning umringiz timsoli: qayroqtoshlar – sizning oilangiz,
yaqin do‘stlaringiz, salomatligingizdir. Mayda shag‘al donalari – sizning
ishingiz, qiziqish va boshqa istaklaringiz. Qum esa – hayotingizdagi
boshqa mayda-chuydalardir», deya so‘zini tugatdi o‘qituvchi.
1. Idishga birinchi bo‘lib qumni solsak, nima bo‘ladi?
2. Hayotda avval mayda-chuydalarga navbat berish qanday oqibatlarga
olib keladi?
3. Hayotingizdagi «qayroqtosh», «mayda shag‘al», «qum»ga misol keltiring.
Mulohaza uchun
Savol va topshiriqlar
Faollashtiruvchi savollar


I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
24
@edurtm_uz
Daqiqani his qilasizmi?
Vaqtni qanchalik his qila olasiz? Keling, sinab ko‘ramiz. O‘rningizdan
turing va ko‘zingizni yuming. Bir daqiqa vaqt o‘tdi deb o‘ylashingiz bilan
o‘tiring. Vaqtga qaramang, soniyalarni his qilishga intiling.
Guvohi bo‘lganingizdek, vaqtni har kim har xil tushunadi va his qiladi.
Ay rimlar 30 soniyani qisqa vaqtda, boshqalar uzoqroq vaqt boshdan
o‘tkazadilar.
1. Har kuni tongda bizga 86 400 miq-
dorida nima beriladi? Biz ulardan
qanday foyda lanishimiz kerak?
2. Berilgan rasmlarni qanday nomla gan
bo‘lardingiz?
3. O‘z vaqtingizni samarasiz o‘tkazgan-
misiz? Javobingizni 2-rasm bilan bog‘-
lab ko‘ring.
4. Qaysi holatda vaqt to‘xtab qolgandek
tuyuladi? 4-rasmni qanday izohlaysiz?
5. Siz vaqt yetishmovchiligidan shikoyat
qilganmisiz? Javobingizni 3-rasm bilan
bog‘lab ko‘ring. Bunday holatlarga
qanday tushib qolish mumkin?
6. Inson vaqt ustidan hukmron bo‘lishi
mumkinmi? Javobingizni 1- va 5-rasm-
lar bilan bog‘lab tushuntiring.
1
2
3
4
5

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə