Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Eng 
muhim 
shart
Eng 
muhim 
omil
Eng 
muhim 
qoida


@edurtm_uz
II B O B
ILM-MA’RIFAT. INNOVATSIYA

O‘zbekiston – ma’rifatparvar allomalar zamini
 
Ta’lim – sinovlarda ishonchli panoh
 
Bilimga asoslangan jamiyatda yaxshi ta’lim olganlar
muvaffaqiyat qozonadilar
 
Muvaffaqiyatli ish – to‘g‘ri qarorlar natijasi

Innovatsion fikrlash texnikasi –
 
ilg‘or g‘oyalar manbai
 
Innovatsiya – yangilikka intilish, tanqidiy fikrlash –
 
uning asosidir
 
Odamlarni boshqarish – salohiyatlarini na moyon etish
uchun ularga zarur sharoit yaratib berishdir
 
Ijodkorlik – tadbirkorlik va taraq qiyot g‘ildiragi


II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
40
@edurtm_uz
10-MAVZU: BUYUKLARNI AZIZ QILGAN – BILIM
MUTAFAKKIRLARNING UMRBOQIYLIK SIRI
«Hayot, bu – yashash degani. Yashayotgan kishi o‘zgarishlarga tayyor
turishi lozim», – deydi faylasuf Gyote. O‘zgarishga tayyor insonni zafarlar
kutadi. O‘zgarishni xohlamagan odam zaiflikka duchor bo‘ladi. Nomlari ming
yillardan beri barhayot olim-u allomalar doimo ilm-fanda yangi marralar
sari harakat qilishgan. Ularning yutuqlari insonlar hayotini yaxshilashga
xizmat qilgan. Bilim – o‘zgarishlar asosi, muvaffaqiyatning ibtidosidir.
«Ta’lim – muvaffaqiyat va omadning bezagi, nochorlikdagi ishonchli
panohdir», deydi Arastu. «Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan
bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, biroq ilmdan tashqarida bo‘lma»,
degan ajdodimiz Mahmud Zamaxshariy. Allomalar kitoblar orqali
hayotning, dunyoning sir-asrorlaridan voqif bo‘lganlar. Bilim ularga
umrboqiy qudrat bergan.
1. Matndagi «... o‘zgarishlarga tayyor turish» deganda nimani tushundingiz?
2. Arastuning matnda keltirilgan fikriga izoh bering.
3. Mahmud Zamaxshariy «... ilmdan tashqarida bo‘lma» deganda nimani
nazarda tutgan?
4. Bugun bilimli inson qanday muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin?
* * *
Markaziy Osiyo farzandlari islom ilmi va falsafasida ulkan iz qoldirganligi
va uning rivojiga katta hissa qo‘shganligiga ikkilanmay da’vo qilishga haqli.
Bugun zamonaviy kompyuter texnologiyalarining poydevori hisoblangan
«algoritm» tushunchasi ham aynan shu yurt olimi Xorazmiy tomonidan
ilgari surilgan va keyinchalik uning bu bebaho ilmiy kashfiyoti o‘z nomiga
qo‘yilgan. «Tib qonunlari» kitobi bilan Hindiston, O‘rta Sharq va Yevropada
tabobat ilmi rivojlanishida yuksak hissasini qo‘shgan, G‘arbda «Avitsenna»
nomi bilan dong‘i ketgan alloma ham aynan O‘zbekiston zaminining
farzandi hisoblanadi. Arastu asarlariga sharh yozgan, musiqa fani to‘g‘risida
ulkan ilmiy asarlar bitgan va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan yana
bir buyuk olim Abu Nasr Forobiy ham Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan.
Frederik Starr,
«Yo‘qotilgan ma’rifat» kitobi muallifi, jamoat arbobi.
Qaysi omillar Markaziy Osiyoni ilm-ma’rifat markaziga aylantirgan?
Jahon ilm-fanini rivojlantirgan ajdodlarimiz va ularning ilmiy merosini
 
sanang.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə