Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

BAXTLI BO‘LAY DESANGIZ
Zohidjon qiyin vaziyatga tushib qolgan odamlarga
yordam berganida o‘zini dunyodagi eng baxtiyor inson
sifatida his qiladi. U yaxshilik qilishni, avvalo, oilasidan
boshlaydi: ota-onasiga xizmat qilib, bobo-buvisining
duosini oladi.


37
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Baxtni sa’y-harakatda, baxtsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda,
baloni tilda, halovatni sukutda ko‘rdim.
Najmiddin Kubro
Birgina qandil orqali minglab qandillarga charog‘onlik ulashish mumkin.
Bu bilan o‘sha qandilning umri qisqarib qolmaydi.
Budda
1. Maktubda milliarder yashagan umridan rozimi? Javobingizni matndagi
fikrlar bilan izohlang.
2. Milliarderning fikricha, hayotning mazmuni nima?
3. Maktubni o‘qib qanday xulosaga keldingiz?
MILLIARDERNING SO‘NGGI MAKTUBI
Men bugun bir haqiqatni angladim – behisob mol-davlatga ega inson
o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urmasdan, hayotini boylikdan yuqorida turgan maq-
sadlarga sarf qilmog‘i lozim ekan. Baxt uchun fayzli xonadon, hayot zavqi
va ozgina mablag‘ning borligi kifoya.
Yoshlik chog‘larida hadeb boylik ortidan beto‘xtov quvish kun kelib
insonning qaddini xuddi meniki kabi bukchaytirib qo‘yadi.
Yaratgan ko‘nglimizga hislar, tuyg‘ularni mehr-muhabbatning jozibasini
his qilishimiz uchun soladi. Hayotning so‘nggi daqiqalarida boylik
ilinjidagi puch maqsadlar ahamiyatini yo‘qotadi.
Men umr bo‘yi to‘plagan davlatimni o‘zim bilan olib ketolmayman.
O‘zim bilan olib ketishim mumkin bo‘lgan yagona narsa, bu – muhabbat
menga hadya qilgan go‘zal xotiralardir. Baxt, bu – senga ergashishi, hamroh
va do‘st bo‘lishi, senga chinakam kuch-qudrat berishi hamda yo‘llaringni
yoritishi mumkin bo‘lgan xotiralar ekan.
Moddiy boyliklarni topsa bo‘ladi, yaratsa yoki tiklasa bo‘ladi. Ammo bu
dunyoda yo‘qolsa topilmaydigan moddiylik ham bor. Bu – inson va uning
hayoti. Insonlarni qadrlang.
Oilangizga muhabbat in’om qiling, yaqinlaringizni asrang, do‘stlaringizga
sadoqatli bo‘ling.
O‘z sog‘ligingizga e’tiborli bo‘ling va o‘zingizni asrang. Boshqalarni
mehr-muhabbat bilan himoya qiling.
«Mening baxtiyor kunim» mavzusida bayon yozing va nutq tayyorlab
keling.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə