Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Mulohaza uchun
Savol va topshiriqlar


41
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
AL-XORAZMIY – JAHON ILM-FANIDA BURILISH YASAGAN OLIM
«…u faqatgina o‘z davrining buyuk matematigi emas,
 
balki butun insoniyat tarixidagi buyuk matematikdir»
Jorj Sarton, tarixchi olim
Xorazmiyni algebra fanining asoschisi sifatida hurmat bilan tilga olishadi.
«Algebra» so‘zining o‘zi esa uning «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va
al-muqobala» nomli risolasidan olingan. Uning «Arifmetika» nomli risolasi
hind raqamlariga asoslangan bo‘lib, hozirgi kunda foydalaniladigan o‘nlik
tizimi va undagi amallarning Y
evropada tarqalishiga sabab bo‘ldi. Olimning
«Xorazmiy» nomi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy muhirlanib qoldi.
Xorazmiyning arifmetik risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima
qilingan. Tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan yagona qo‘lyozmasi Kembrij
universiteti kutubxonasida saqlanadi. Risola «Diksit Algorizmi», ya’ni
«Xorazmiy shunday deydi» iborasi bilan boshlanadi.
ALGORITM NIMA?
Algoritm
– muammoni hal qilish yoki vazifani bajarish bo‘yicha
ko‘rsatmalar to‘plamidir. Hayotga boqsangiz, yon-atrof algoritmlarga to‘la
ekanligiga amin bo‘lasiz – kompyuterlar ular yordamida ishlaydi, siz har
kuni ularga murojaat qilasiz, do‘stlaringiz ulardan foydalanadilar. Siz
hozirgacha minglab yoki yuz minglab algoritmlardan foydalangansiz.
Algoritmning eng yaqqol namunalaridan biri – retseptdir. Uning
yordamida biror nima tayyorlash, qaysidir ishni amalga oshirish mumkin.
Misol uchun, biror nima xarid qilsangiz, uning qadog‘ida foydalanish
yo‘riqnomasi ham bor. U yerda nima qilish kerakligi tartib bilan tushun- 
tirilgan.
Algoritm – maqsadga yetish yoki masalani hal qilishda maqbul amallar
ketma-ketligidir.
Har gal qo‘lingga mobil telefoningni olganda, unutma! Har bir
 
qo‘l telefoni ichida o‘zbek bor. Bu allomaning ismi esa – Muhammad ibn
 
Musо al-Xorazmiy. Barchamiz xayolan undan minnatdor bo‘lishimiz shart.
Endryu Marr, ingliz jurnalisti
1. Endryu Marr «Har bir qo‘l telefoni ichida o‘zbek bor» deganda nimani
nazarda tutmoqda?
2. Jurnalist nega Muso al-Xorazmiydan barchamiz minnatdor bo‘lishimiz
zarurligini ta’kidlamoqda?

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə