Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Ijodiy faoliyat
Amaliy faoliyat
Mulohaza uchun


II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
44
@edurtm_uz
Matnni o‘qing va sifatlarni, fazilatlarni sanang, muhimligiga ko‘ra tartib-
 
lang. Ularning inson hayotida tutgan o‘rni haqida mulohaza qiling.
KITOBGA OSHNOLIKNING MUKOFOTI
Muhammad Sodiq yoshligidan juda ko‘p kitob o‘qib, vaqtdan 
unumli foydalangan. U bo‘sh qoldi deguncha qo‘liga kitob olar, kechasi
uxlab qolguncha mutolaa qilardi. 
Bo‘lajak olim talabalik yillarida ham qat’iy kun tartibi va kundalik
vazifalarni tayinlab olgan bo‘lib, bu nizom «temir qonun» sanalardi. 
Ular orasida mustaqil mutolaa uchun alohida vaqt ajratilgan. Unga ko‘ra
har kuni darsdan tashqari turli mavzudagi kitoblardan 100 sahifa o‘qish
vazifa qilib olingan. Universitetda kutubxona mudiri bo‘lib ishlagan 
Tohir Nous shunday degan edi: «Muhammad Sodiqqa kitob tashib
charchaganman».
Olim umri mobaynida qilgan yuzlab safarlardan son-sanoqsiz 
kitoblar bilan qaytgan. Ularni o‘zbek tiliga o‘girib, o‘rganganlarini 
ma’rifat tarqatishga, xalqning ma’naviyatini oshirishga sarf qildi. 
Kitobga mehr Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni zamonamiz- 
ning allomalaridan biriga aylantirdi. Uning hayotiga va erishgan yutuqlariga 
diqqat qilsak, xalqimizning quyida aytgan hikmati yodga tushadi: 
Ilmsiz bir yashar,
Ilmli ming yashar.
Mustaqil faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
Tarbiyali va odobli inson har qanday holatda ham gunoh va
beodob likni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Iymon va axloqi qayerda, qachon va
qanday holatda bo‘lsa ham, uni faqat yaxshilikka chorlaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf



Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə