Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


MA’RIFATPARVAR MILLIARDER



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

MA’RIFATPARVAR MILLIARDER 
Bolaligida oilasi bilan Shotlandiyadan Amerikaga ko‘chib kelgan Endryu
kunduz kuni ko‘chada o‘tkinchilarning oyoq kiyimlarini artib pul topardi.
U topgan puliga yaxshi kitoblar xarid qilib, tuni bilan chiroq shu’lasida
o‘qir edi.
Oradan yillar o‘tib Endryu Karnegi «po‘lat sanoati otasi»ga va jahonning
eng boy kishisiga aylandi. Mol-dunyosi ko‘paygach, Endryu Karnegi
hayotining oxirigacha o‘z nomi bilan ataluvchi 2811 ta kutubxona qurdirgan.
U buning uchun 26 million AQSH dollari sarf qilgan. Bugun amerikaliklar- 
ning 40 foizi ushbu kutubxonalardan foydalanishmoqda. 
Mulohaza uchun
Jamoaviy mashg‘ulot
MILLIARDERNING SAXOVATI 
Alisher Usmonov saxovatpeshaligi
bilan ja 
honga tanilgan. U katta 
boylikka ega bo‘lsa ham, o‘zini oddiy
inson sanaydi. «Men uchun pullar,
bu – vosita, ular yordamida nari
borsa nimagadir erishish mumkin»,
deydi u.
Unga ko‘ra, baxt boylikda emas,
balki baxtiyor yashay olish qobiliyatida,
baxtiyorlik pulning miqdori bilan
o‘lchanmaydi.
Alisher Usmonov 2008-yildan «San’at, fan va sport» xayr-saxovat
tash kilotini tuzib, xasta bolalar, teatr va san’at, muzey hamda sport
muassasalariga beminnat yordam berib keladi. 
2014-yilda taniqli olim Jeyms Uotsonga yangi tadqiqotlar uchun pul
kerak bo‘ladi. U o‘ziga tegishli Nobel medalini auksionga qo‘yganida,
saxovatpesha o‘zbek medalni 4,1 mln. dollarga sotib olib, uni yana
olimning o‘ziga qaytaradi. 
Alisher Usmonov fondi yurtimizdagi xayr-saxovat tadbirlariga ham
hissa qo‘shib kelmoqda.


125
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
1. Nima deb o‘ylaysiz, Endryu Karnegi nima sababdan pullarini kutubxona
qurishga sarflagan?
2. Boy-badavlat insonlar pullarini yana qanday xayrli ishlarga sarflashlari
mumkin? 
Quyidagi mavzuda matn tayyorlab keling. Unda mol-davlatga ega
bo‘lsangiz, undan qanday ezgu maqsadlarda foydalanishingizni 
tasvirlang. 

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə